O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə118/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

Talab omillari: 
-talabga yo’naltirilgan
narx;
-xaridorlarning didi va
talablari;
-bozorda o’xshash
tovarlarning mavjudligi
va ularga bo’lgan narx;
-bozorga kirish.

Xarajat omillari: 
-ishlab chiqarish
xarajatlari;
-marktеing xarajatlari;
-foyda.

Raqobat omillari: 
-tarmoqdagi firmalar
soni;
-aynan o’xshash import
tovarlar;
-raqobatchilar
tovarlariga bo’lgan
narxni bilish

Bozorda yoki sotuvchi (ishlab


chiqaruvchi) tomonidan narxni
shaklantirish

9.1-rasm. Narxni shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar. 

Ba’zi hollarda, masalan, agar sotuvchi boshqa mintaqada bo‘lsa, xaridor


narxlarni taqqoslash, muzokaralar olib borish va bitimni imzolash jarayonida katta
mablag‘larni sarflaydi. Xuddi shunga o‘xshab, agar xaridorning texnik talablari
muayyan ishlab chiqaruvchiga mo‘ljallangan bo‘lsa va u shu paytda etkazib
beruvchilarni almashtirsa, o‘tish xarajatlari uning uchun katta bo‘lishi mumkin.
O‘tish xarajatlarining asosiy manbalari quyidagilardir:
- ishlab chiqarilayotgan tovarlarni yangi etkazib beruvchining mahsulotiga
moslashtirish maqsadida yangilash xarajatlari;
- tovarni iste’mol qilish yoki undan foydalanish odatlaridagi o‘zgarishlar;
- foydalanuvchilarni o‘qitish yoki qayta tayyorlash xarajatlari;
- yangi tovarlardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan yangi asbob-uskunalarga
ajratilgan investitsiyalar;
- qayta tashkil qilish va o‘zgarishlar bilan bog‘liq ruhiy muammolarga
ketadigan xarajatlar.




174

O‘tish xarajatlari mavjud bo‘lganda xaridor uchun real qiymat tovarning sotuv
narxidan bir necha baravar yuqori bo‘ladi.
Shunday qilib, xaridorning nuqtai nazaridan qaraganda, narx tushunchasi
nominal baho doirasidan chetga chiqib, xaridor oladigan barcha foydalarni va uning
barcha xarajatlarini o‘z ichiga oladi. SHuning uchun xaridorning narxga sezgirlik
darajasida monetar narx bilan bir qatorda barcha ko‘rsatib o‘tilgan foyda va xarajatlar
hisobga olinishi lozim.
Narx bo‘yicha strategik qarorlarning muhimligi quyidagilardan iborat:
• o‘rnatilgan narx - talabning darajasi va sotuvning hajmini aniqlaydi. Juda
yuqori yoki past narx tovarning muvaffaqiyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin;
• sotuv narxi butun ish faoliyatining rentabelligini aniqlaydi, faqatgina
foydaning darajasini emas, balki uning sotuv hajmi orqali aniqlaydi. Narxning
ma’lum bir darajada o‘zgarishi rentabellikka katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin;
• sotuv narxi umumiy qabul qilinishiga yoki markasiga ta’sir etadi va
potensial sotib oluvchilarning ko‘z oldida markaning imidjini tashkil etuvchilardan
biri hisoblanadi;
Narx markaning boshqa komponentlariga qaraganda bu raqobatli tovarlar va
markalarni taqqoslash uchun qulay asos hisoblanadi. Narxning ozgina o‘zgarishi
bozor orqali tezgina seziladi va bu holat bozorning muvozanatini buzishi mumkin.
Narx bu raqobat sirlarining o‘zaro bog’lanishida asosiy nuqta hisoblanadi. Narx
strategiyasi marketing strategiyasi tashkil etuvchilari bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lishi
kerak. Narxning ichida tovar pozitsiyasini mustahkamlaydigan tovarni qadoqlash,
rivojlanishi va reklama xarajatlari bo‘lishi shart.
Har bir firmaning maqsadi shundan iboratki, u o‘zining rentabelligini
ta’minlash va foydaning katta hajmda kelishiga qaratiladi. Bu keng maqsadlar turli
yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin