172
9-BOB. NARXNI TASHKIL ETISH BO‘YICHA
STRATEGIK QARORLAR
9.1. Marketing strategiyasidagi narxning roli
Har bir tovar o‘z narxiga ega, ammo hamma firmalar ham o‘z tovarini
sotmoqchi bo‘lgan narxni mustaqil belgilashga qodir bo‘lavermaydi. Agar tovarlar
differensiyalanmagan bo‘lib, raqobatchilari soni ko‘p bo‘lsa, firma bozorda
salohiyatga ega bo‘lmaydi va bozor belgilagan narxni qabul qilishga majbur bo‘ladi.
Agar firma strategik
marketingni rivojlantirib, shu tufayli bozorda ma’lum bir
salohiyatga erishgan bo‘lsa, narxni belgilash tanlangan strategiyaning muvaffaqiyati
uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. YAqin paytlargacha ham narx
to‘g‘risidagi qarorlar faqat moliyaviy yondashuv doirasida
qabul qilinib kelar edi,
ya’ni narxlar asosan xarajatlar va rentabellik nuqtai nazaridan belgilanar edi.
Iqtisodiy turbulentligi inqirozli yillarning ahvolni o‘zgartirib yubordi: yuqori
inflyasiya, xom ashyo narxlarining o‘sishi, foiz stavkalarining o‘sishi, narxlarning
nazorat
qilinishi,
raqobatning
kuchayishi,
xarid
qobiliyatining
pasayishi,
konsyumerizm omillarning barchasi narx shakllanishining strategik rolini kuchaytirib
yubordi. Narx belgilashning marketingdagi ahamiyatini qayd etib o‘tgan holda,
xarajatlar, raqobat va talabdan kelib chiqadigan narx strategiyalarini
izchillik bilan
tahlil qilib chiqamiz.
Firma miqyosida narx ikki xil rol o‘ynaydi: bir tomondan u reklamaga o‘xshab
talabni rag‘batlantirish vositasi bo‘lsa, shu bilan birga ayni paytda u uzoq muddatli
rentabellikning asosiy omili hamdir. SHuning uchun, narx
strategiyasini tanlashda
xarajatlar va rentabellik bilan bog‘liq ichki cheklashlarni ham, bozorning xarid
qobiliyati va raqobatchi tovarlarning narxlari bilan bog‘liq
tashqi cheklashlarni ham
hisobga olish lozim. Undan tashqari, narxlarga oid qarorlar tovarni pozitsiyalashga
oid qarorlar bilan va sotish strategiyasi bilan muvofiqlashtirilgan bo‘lishi kerak.
Tovarni xarid qilishning to‘la qiymati. Ilgari aytib o‘tilganidek, xaridorning asl
xarajatlari faqat to‘langan
narx emas, balki ayirboshlash shartlari bilan ham
173
belgilanadi. Bu xarajatlar egalik huquqining o‘tishidagi muayyan jarayonni: to‘lov
tartibi, etkazib berish shartlari va muddatlari, sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatish va
hokazolarni to‘lig’icha qamrab oladi.
Dostları ilə paylaş: