O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə119/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

Talab nuqtai nazaridan narx. Bozor iqtisodiyotida qaysi tovarning sotilishi
bu oxirgi qaror qilish huquqiga ega bo‘lgan sotib oluvchiga bog‘liq bo‘ladi. SHuning
uchun bozorni boshqaruvchi firma o‘zining bozorga to‘g‘ri keladigan qarorlarida
narxdan kelib chiqishi lozim.




175



Egiluvchan narx strategiyasi. Ko‘p holda firmalar turli bozor sharoitlarida
yagona narxni qo‘llamasdan, balki bir qator narxlarni qo‘llashadi. Agar mahsulot har
xil sotib oluvchilarga turli narxlarda sotilsa, bu narxlar egiluvchan hisoblanadi. Bu
hol sotib oluvchilarning har xilligidan kelib chiqib, ularning narxga bo‘lgan
munosabatlariga
bog‘liq
bo‘ladi. Narxlarning egiluvchanligi mintaqalarga,
sotilayotgan vaqtiga (kuz, qish, bahor, yoz) yoki mahsulotning segment yoki
shakllariga bog‘liq bo‘ladi. Iqtisodiyot tili bilan aytganda, bu narxlar 
diskriminasiyasi deb ataladi.
Narxning bozorga qarab egiluvchanligi. Bu g‘oya foydali bo‘lishi uchun firma
qo‘shimcha ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo‘lishi va mahsulotni u uchun yangi
bo‘lgan segmentda xarajatlarni ko‘paytirmasdan sotish imkoniyati bo‘lishi kerak.
Firma imkoni boricha eng kichik narxni qo‘ysa ham, qilingan to‘g‘ri xarajatlar ham
qoplanishi kerak. Bunday qarashni ro‘yobga chiqarish, eksport qilish, sotuvchi
markasi ostida qo‘yiladigan tovarlar yoki mahsulotni ba’zi turdagi aholiga, ya’ni -
talabalar, bolalar, qariyalarga sotish bilan bog‘liqdir. Eng muhimi, bu holda past
narxda sotib oluvchilar mahsulotni yuqori narxda sotib olib asosiy bozorga halaqit
berishlarini ta’qiqlash kerak.
Mavsumiy egiluvchan narx. Mavsum boshi va oxiriga qarab qanday narx
qo‘yilishi kerak, qaysi vaqtda narx qabul qilinadi. Ba’zi sotib oluvchilar mahsulotni
mavsum boshida sotib olishga tayyor bo‘lib, uning narxiga ahamiyat bermaydilar;
boshqalar bo‘lsa, qachon bo‘lsa ham sotib olishga tayyor bo‘lib, mahsulotning
narxiga katta ahamiyat qaratadilar.
Bu holda firma mavsum boshida katta narx qo‘yib, mavsum oxiriga kelib
narxni pasaytiradi. Shu sababdan zamonaviy mahsulotlarga mavsumiy narx
pasaytirish, ertalabki spektakllarga narxni pasaytirish va hokazolar qo‘llaniladi.
Mavsumiy narx pasaytirishning asosiy qoidasi - ularning sotib oluvchilarning
raqamlariga bog‘lab, doimiy bo‘lishidir.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin