O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə75/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

5.3. Raqobatli holatlar tahlili 

Tovar bozorida to‘g‘ri raqobatchilar o‘rtasida raqobatchilik kurashining


jadalligi va aniq shakli raqobat holatining xarakteriga bog‘liq holda o‘zgaradi. Bu
raqobatchilar harakati natijasida yuzaga keladigan o‘zaro bog‘liqligi darajasini
tavsiflaydi.
“Raqobat to‘g‘risida”gi qonunda raqobat xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning
musobaqalashuvi bo‘lib, bunda ularning mustaqil harakatlari ulardan har birining
tovar yoki moliya bozoridagi tovar muammolarining umumiy shart-sharoitlariga bir
tomonlasha tartibga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini istisno etadi yoki cheklaydi-deb
ta’riflangan. Mazkur qonunning maqsadi raqobat sohasidagi munosabatlarni tartibga




109

solishdan iborat bo‘lib, hozirgi vaqtda mulk turi har-xil bo‘lgan, lekin ishlab
chiqarayotgan mahsuloti bir xil bo‘lgan korxonalar (firmalar) o‘rtasidagi musobaqani
qonuniylashtirish va insofsiz raqobatni cheklanidan iborat.
Aniq bozordagi tahlilni o‘tkazishda iqtisodchilar tomonidan taklif etilgan turli
raqobatli tuzilishlarga tayanish muhimdir. Odatda bunday tuzilishni to‘rt guruhga
bo‘lish mumkin: sof raqobat, oligopoliya, monopolistik raqobat va monopoliya.
Sof raqobat modeli bozorda sotuvchilarning guruhi xaridorlarning katta
guruhiga qarama-qarshi turishining mavjudligi bilan tavsiflanadi va bu guruhlarning
hech biri baholarga ta’sir etishi uchun etarlicha kuchga ega emas. Tovarlar aniq
belgilangan tavsifga ega. O‘zaro o‘rinbosar va faqatgina talab va taklif o‘rtasidagi
nisbat bilan belgilanadigan baholarda sotiladi. Bunday bozordagi sotuvchilar hech
qanday bozor kuchiga ega emas va ularning harakati boshqa sotuvchilar harakatiga
bog‘liq emas. Bunday bozorning asosiy xususiyatlari quyidagilardir:
• sotuvchi va xaridorning katta miqdori;
• differensiallanmagan, to‘la o‘zaro o‘rinbosuvchi tovarlar;
• bozor kuchlarining to‘laligicha mavjud bo‘lmasligi.
Raqobatchilar tahlili quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
1) bozorning tuzilishi va tavsiflanishini aniqlash;
2) tayanch raqobatchilar tavsifnomasini tasvirlash va aniqlash;
3) tayanch raqobatchilarni baholash;
4) raqobatchilar xarakterini oldindan ko‘ra bilish;
5) potensial raqobatchilarni aniqlash.
Sof raqobatda determinant bo‘lib talab va taklif o‘yini hisoblanadi. Firma
uchun narx va taklif etilayotgan son muhim o‘zgaruvchilar hisoblanadi. Bunda talab
funksiyasi quyidagicha teskari bog‘liqlik yordamida ta’riflanadi:


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin