O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə77/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

Narxlar “urushi” mexanizmi. Differensiallanmagan oligopoliyada hamma
tovarlar asosiy deb qabul qilinadi va xaridor tanlovi asosan narx va ko‘rsatiladigan
xizmatlarga asoslanadi. Agar lider-firma tartib o‘rnatish kuchiga ega bo‘lmasa va
bozorni qat’iy narx o‘rnatishga majbur qilsa, bunday shartlar narx bo‘yicha keskin
raqobatga yo‘l ochib beradi. Agar narx bo‘yicha raqobat yuzaga kelsa, ayniqsa global
talab kengaymaydigan bo‘lsa, hamma raqobatchilarning rentabelligi yomonlashadi.
Narxlar urushi ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:
• bitta firmani oldindan narxlarini pasaytirishi ko‘p sonli xaridorlarni jalb etadi
va bozor ulushining qayta taqsimlanishiga olib keladi;
• shu firmaga tegishli bozor ulushi ortadi va uning ulushi pasayganligini
raqobatchilar darhol his qiladilar va ular ham bunday qayta taqsimlashga qarshi




111

narxlarni pasaytiradilar;
• tovar bozorida global talab kengaymasligi sababli, narxlarning pasayishi
bozor umumiy hajmining o‘sishiga olib kelmaydi.
Oligopoliya bilan kengaymaydigan bozorda raqobat xulq-atvor muhim
ahamiyatga ega. Raqobat xulq-atvor tushunchasi ostida firma qaror qabul qilish
jarayonida o‘z raqobatchilariga nisbatan egallaydigan vaziyat tushuniladi. Ularni besh
atvor bo‘yicha guruhlash mumkin:
- mustaqil atvor;
- kooperativ atvor;
- moslashuvchanlik atvori;
- ilgarilovchi atvor;
- agressiv atvor.
Kurashuvchi marketing. Rivojlangan iqtisodiy davlatlarda oligopoliya ko‘p
uchraydi va sanoatning ko‘pgina sohalarida firmalar to‘yingan bozorlarda bir-biriga
qarshilik ko‘rsatadilar. Bunday vaziyatlarda muvaffaqiyatning muhim omili bo‘lib
raqobatchilar faolligini bostirish hisoblanadi. “Kurashuvchi” marketing raqobat
kuchlarining tahlilini tizimli tarzda o‘tkazishni va raqobatchilarga qarshilik ko‘rsatish
strategiyasini ishlab chiqishni nazarda tutadi.
Raqiblarga nisbatan munosabat har qanday strategiyaning markazini tashkil
qiladi. Bunday pozitsiya batafsil tahlilga asoslangan bo‘lishi kerak.
Maykl Porter raqobatni tahlil qilish vazifalarini quyidagicha tavsiflaydi:
«Raqiblarni tahlil qilishdan maqsad har bir raqobatchi olib borishi mumkin bo‘lgan
strategiyadagi o‘zgarishlarning xarakterini va muvaffaqiyat qozonish ehtimolini
bilishdan iboratdir...»
Raqobatni kuzatib borish tizimi quyidagi to‘rt asosiy savolga javob topishga
asoslanadi:
• Raqobatchining asosiy maqsadlari nimadan iborat?
• Ushbu maqsadlarga erishish uchun ayni paytdagi joriy strategiya qanday?
• Raqiblar o‘z strategiyasini amalga oshirish uchun qanday vositalarga egalar?
• Ular kelgusida qanday strategiyalarni ilgari surishlari mumkin?




112

Dastlabki uch savolning javobi kelgusi strategiyalarni avvaldan bashoratlashga
imkon beradi. To‘rtta savolning barchasi bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlarni tahlil
qilish natijasida raqiblarning faoliyati to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish
mumkin. Ko‘plab yirik firma va kompaniyalar raqobatni kuzatishga katta e’tibor
berib, kerakli ma’lumotlarni to‘plash uchun katta mablag‘larni sarflaydilar. Bunga bir
necha misollar keltirishimiz mumkin:
-IBM korporasiyasi tarkibida tijoriy tahlil bo‘linmasini tashkil etilgan bo‘lib, u
raqobatga oid ma’lumotlarni to‘plash va taqdim etish bilan shug‘ullanadi;
- “Texas Instruments” raqobatchilar bilan hukumat o‘rtasida tuzilgan
shartnomalarni muntazam ravishda o‘rganib borib, ularning texnologik ustunlik
darajasini baholab boradi;
- “Citicorp” kompaniyasida esa «raqobatli razvedka bo‘yicha menejer»
lavozimi kiritilgan;
- “McDonalds” o‘z restoran boshqaruvchilariga AQSHdagi eng kuchli
raqobatchilar – “Burger King” va “Wendy” firmlarining reklama materiallari va
takliflarini yuborib turadi.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin