113
-xaridorga maqbul bo‘lgan narxning ko‘tarilishi firma differensiasiya
elementini ishlab chiqarishga sarflagan xarajatlarning ortishidan ko‘proq bo‘lishi
kerak;
-nihoyat, agar differensiasiya elementi sezilarsiz bo‘lsa va bozor uni tan
olmagan bo‘lsa, firma uni ommalashtirish uchun signallarni vujudga keltirishi kerak.
Xaridorlarni doimiy mijozlarga aylantiruvchi va ularning narxga sezgirligini
kamaytiruvchi differensiasiya firmaning bozordagi mavqeini ma’lum darajada
kuchaytiradi. Ayni paytda mijozning savdolashish imkoniyati ham qisman bartaraf
qilinadi. Shuningdek, differensiasiya firmani raqiblarning hujumlaridan ham
himoyalaydi, chunki differensiasiya elementining mavjudligi tovarlarning
almashuvchanligini kamaytiradi. Monopolist firma raqiblarning xatti-harakatlariga
bog‘liq bo‘lmaydi, balki mustaqil ish tutadi. Bundan tashqari, differensiasiya
firmaning etkazib beruvchilar va o‘rinbosar tovarlarga nisbatan mavqeini
mustahkamlaydi. Strategik marketing aynan mana shunday raqobatli vaziyatlarni
vujudga keltirishga intiladi.
Monopoliya. Monopoliyada bozorda bittagina ishlab chiqaruvchi ustunlik
qiladi va u xaridorlarning katta qismiga xizmat ko‘rsatadi. Natijada uning tovari qisqa
muddat davomida bevosita raqobatchilarga ega bo‘lmaydi. Bu - novatorning
Dostları ilə paylaş: