O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019


-rasm. «O‘sish-bozor ulushi» matritsasi



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə86/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

6.2-rasm. «O‘sish-bozor ulushi» matritsasi 

Birinchidan, o‘sish sur’atlari yuqori va past bo‘lgan bozorlarni ajratib turuvchi
asosiy chiziq «bozorning o‘sishi» o‘qiga nisbatan yalpi milliy mahsulotning natural
ko‘rsatkichlardagi o‘sish sur’atiga yoki firma faoliyat ko‘rsatayotgan turli
segmentlardagi o‘sish sur’atlarining o‘rtacha qiymatiga to‘g‘ri keladi.
Ikkinchidan esa, «bozor ulushi» o‘qi uchun ajratish chizig‘i odatda 1 yoki 1,5
nuqtalari orqali o‘tkaziladi. Bozor ulushi bu ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lsa, katta, aks
holda esa kichik hisoblanadi.
Matritsa shu tarzda avval kiritilgan bozorning nisbiy ulushi tushunchasidan
kelib chiqadi, bu tushuncha eng xavfli raqobatchi egallab turgan bozor ulushiga
nisbatan aniqlanadi.
Agar A markaga bozorning 10 % qismi tegishli bo‘lsa va unda eng yirik
raqobatchi (B marka) 20 %lik ulushga ega bo‘lsa, A markaning nisbiy ulushi 0,5 ga




124

(10% 20%) teng bo‘ladi. Bu kichik bozor ulushidir, chunki u 1 dan kichikdir. B
marka uchun esa tegishli ulush 2 ga teng (20% 10%).
Nisbiy bozor ulushi tushunchasiga murojaat qilinishi bozor ulushi bilan tajriba
o‘rtasida va, demakki, rentabellik o‘rtasida musbat korrelyasiyaning mavjudligi
haqidagi gipotezaga asoslangan. Bu nuqtai nazardan qaraganda, bozordagi eng yaqin
raqobatchi 40 yoki 5 %lik ulushga bo‘lganda 20 %lik ulushga ega bo‘lish mutlaqo
turli xil raqobatli vaziyatlarga to‘g‘ri keladi.
Demak, to‘rtta kvadratning har biri bir-biridan tubdan farq qiluvchi vaziyatni
anglatib, bu vaziyatlarning har biri moliya bilan ta’minlash va marketing
strategiyasini ishlab chiqish nuqtai nazaridan alohida yondashuvni talab qiladi.
Tovar bozorlarining tipologiyasi. Ikkala gipoteza ham to‘g‘ri bo‘lgan
hollarda tovar bozorlarining turli ustuvor strategik maqsadlar va moliyaviy
ehtiyojlarga mos keluvchi to‘rt guruhini ajratish mumkin.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin