O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə84/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

Nazorat va muhokama uchun savollar 
1. “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunda raqobatga qanday ta’rif berilgan?
2. Raqobatning qanday turlarini bilasiz va ularni izohlab bering.
3. Raqobatli ustunlikni qanday ko‘rinishlarini bilasiz?
4. Oligopoliya bilan monopolistik raqobat o‘rtasidagi farq nimadan iborat?
5. Sof raqobat bilan monopoliya o‘rtasidagi farqni tushuntirib bering.
6. Kengaytirilgan raqobat konsepsiyasining mazmuni nimadan iborat?
7. Muvaffaqiyatli differensiasiya shartlari deganda nimani tushunasiz?
8. Raqobatni yuzaga keltiruvchi omillarga nimalar kiradi?
9. Tovarning raqobatbardoshligini oshirish yo‘llari nimadan iborat?
10. O‘z tovari bilan raqobatchi tovari qanday taqqoslanadi?



121


6-BOB. MARKETING STRATEGIYASINI TANLASH 

6.1. Faoliyat yo‘nalishi portfel tahlili 

Portfel
tahlili


strategik
marketing
jarayonlarini
aniqlashtirish
va
yakunlanishidir hamda bugungi kunda eng ko‘p qo‘llaniladigan tahlil bo‘lib
hisoblanadi. Portfel tahlilda asosiy kompaniyaning yo‘nalishlari aniqlanadi.
SHuningdek, kompaniya rahbariyati turli strategik biznes birlik jozibadorligini
aniqlaydi va har biriga investitsiyalash hajmini aniqlash bo‘yicha qaror qabul qiladi.
Qaysi usul qo‘llanishidan qat’iy nazar tahlil quyidagilarga asoslanadi:
• tovar bozori yoki segmentlar bo‘yicha faoliyat yo‘nalishini aniq
taqsimlanishi;
• turli yo‘nalishdagi strategik qadriyatni solishtirishga olib keluvchi jalb
etuvchanlik va raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlari;
• strategik holat bilan iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi
aloqalar (ayniqsa BKG uslubida).
O‘z portfelini tahlil qilish ko‘p yo‘nalishli firmaga cheklangan resurslarni o‘zi
faoliyat olib borayotgan turli bozorlar o‘rtasida taqsimlashda yordam beradi.
Umuman olganda, vazifa har bir ko‘rib chiqilayotgan tovar bozorini ikki mustaqil
mezon bo‘yicha: asosiy bozorning jalb qiluvchanligi va firmaning raqobatchilik kuchi
bo‘yicha tasniflashdan iboratdir.
Bu maqsad uchun tahlilning matritsalar qo‘llaniladigan, jalb qiluvchanlik va
raqobatbardoshlikning turli xil ko‘rsatkichlaridan foydalaniladigan bir necha usullari
ishlab chiqilgan. Bular I.Ansoffning “tovar-bozor” matritsasi, Boston konsalting
guruhining (BKG) «o‘sish-bozor ulushi matritsasi» deb ataluvchi usuli, Artur D.Littl
matritsasi, «Djeneral elektrik» va «MakKinzi» firmalarining «jalb qiluvchanlik-
raqobatbardoshlik matritsasi» usulidir. Bu usullar o‘xshash bo‘lsa ham, ular turli
sabablarga asoslangan va u yoki bu usulning tanlanishi olinadigan natijalarga
bog‘liqdir.




122

I.Ansoff tomonidan 1966 yilda “tova-bozor” matritsasi ishlab chiqilgan. Unda
tovar bilan bozordagi o‘zgarishlar hisobga olingan.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin