117
roqobatlashtirish yoki kompyuter orqali boshqaruv xarajatlarini kamaytirishning
muhim manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin;
4) jihozlarni samarali ishlatish;
5) resurslardan foydalanishdagi o‘zgarishlar: ishlab chiqaruvchining tajribasi
ortib borgan sari, u arzonroq resurslarni topishi, malakasizroq ishchilarni yollashi
yoki ishlab chiqarishni avtomatlashtirishi mumkin;
6) tovarning yangi konsepsiyasi: iste’molchilarning tovardan qanday
xususiyatlarni kutayotganliklarini bilgan firma uni, aytaylik, kamroq resurs talab
qiladigan shaklda o‘zgartirishi mumkin.
Ushbu omillarning barchasi firmaning bevosita nazorati ostida bo‘ladi. Bu
ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga qaratilgan umumiy siyosatning tarkibiy
qismi bo‘lib, uning maqsadi ayni shu tovarni kamroq xarajatlar bilan ishlab chiqarish
yoki shu xarajatlar bilan yanada yaxshiroq tovarni ishlab chiqarishdan iboratdir.
Tajribaning faqat o‘zi xarajatlarni kamaytirmaydi, balki ularni kamaytirish uchun
imkoniyatlarni yaratadi.
Dostları ilə paylaş: