106
kamaytirishga urinishi, undan o‘zini himoya qilishi, kirish to‘siqlarini vujudga
keltirishi lozim.
Potensial
raqiblar
O`rinbosarlar
Ta'minotchilar
Mijozlar
Sektordagi rakiblar
Ishlayotgan firmalar
o`rtasidagi raqobat
Yetkazib be-
ruvchilarning
savdolashish
qobiliyati
Yangi raqiblarning kirib
kelish xavfi
Mijozlarning
savdolashish
qobiliyati
O`rinbosar tovarlar
xavfi
5.2-rasm. Kengaytirilgan raqobat konsepsiyasi.
Ushbu xavfning qay darajada jiddiyligi kirish to‘siqlarining balandligiga va
potensial raqobatchiga qaratilgan reaksiya kuchiga bog‘liqdir. Kirish to‘siqlari
quyidagicha bo‘lishi mumkin:
-miqyosdan tejash, ya’ni kirib kelayotgan firmani keng ko‘lamli ishlab
chiqarishni tashkil qilishga majbur qilish yoki unga xarajatlar bo‘yicha zarar ko‘rish
xavfini vujudga keltirish;
- patentlar beradigan
huquqiy himoya;
-xaridorlarni yangi firmaning tashviqotlariga e’tibor bermaslikka undaydigan
marka imijining kuchi;
-faqat ishlab chiqarishni o‘zlashtirish emas, balki reklama xarajatlarini qoplash
uchun zarur bo‘lgan
kapitalga bo‘lgan ehtiyojlar;
-xaridordan mashhur ishlab chiqaruvchining tovaridan yangi firmaning
tovariga o‘tishda talab qilinadigan haqqoniy yoki ruhiy qayta qurishga
sarflanadigan
o‘tish xarajatlari;
-
sotuv tarmoqlariga kirish: ulgurji sotuvchilar yangi tovarlarni olishda juda
ehtiyotkor bo‘lishlari kerak, shunda yangi firma yangi tovar uchun yangi sotish
107
kanalini tashkil qilishga majbur bo‘ladi;
-bozorda mustahkam mavqe egallagan firma ega bo‘lgan tajriba samarasi va
xarajatlar bo‘yicha ustunlik ayniqsa qo‘l mehnati ulushi katta bo‘lgan sohada muhim
ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: