O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə67/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Nazorat savollari.
1. Jinsiy bezlar faoliyati va ularnipng gormonlari to`g`risida tushuncha bering.
2. Jinsiy gormonlar necha guruxga bo`lib o`rganiladi?
3. Erkaklar va ayollar jinsiy gormonlarini nomlarini ayting.
4. O`g`il bolalar jinsiy gormonlarini ajralish davri qachondan boshlanadi?
5. Nima uchun erakak va ayol jinsi o`ziga xos shaklda rivojlanadi?
6. Ayollar jinsiy sikli nima?
7. Birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilarga o`g`il va qiz bolalarda qanday belgilar kiradi?
8. Xomiladorlik davrda ayollarda kechadigan gormonlar o`zgarishlarini tushuntiring.
9. Gipofiz gormonlari bevosita ta'sir qilmaydigan ichki sekresiya bezlariga qaysi bezlar kiradi?
10. Oshqozon osti bezining endokrin faoliyatini tushuntiring.
MAʼRUZA № 8. TERMOREGULYATSIYA.
Reja:

  1. Energiya almashinuvi xaqida umumiy tushuncha.

  2. Аsosiy almashinuv va uning miqdoriga taʼsir qiluvchi omillar.

  3. Odam tanasining harorati.

  4. Issiqlik hosil qilish va ajratish jarayonlari.

  5. Fizikaviy va kimyoviy termoregulyatsiya.

  6. Bolalarda termoregulyatsiyaning oʼziga xosligi.

Modda almashinuvi tirik organizmning eng muxim funktsiyasidir va xaetning harakterli belgisi. Hamma xujayralarda doimo modda almashinuvi tufayli xujayra strukturalari va xujayra-aro modda oʼzluksiz hosil boʼlib, yemirilib va yangilanib turadi. Organizmda doimo har xil ximiyaviy birikmalar parchalanib va sintezlanib turadi, bir xil moddalar ikkinchi xil moddalarga aylanadi. Bunda energiya bir xolatdan ikkinchi xolatga oʼtadi, ximiyaviy birikmalardagi potentsial energiya ular parchalanganda asosan issiqlik, mexaniq, elektr va kinetik energiya turlariga aylanadi. Organizmda modda almashinuvi energiya almashinuvi bilan boylangan. Organizmda ximiyaviy protsesslar natijasida yuqori molekulali moddalardan oddiy moddalar hosil boʼlganda energiya ajraladi. Energiyaning oʼzgarishi natijasida issiqlik hosil boʼlib, gavdadan Tashqi muhitga oʼtadi. Organizmdan ajraladigan energiya miqdorini kalloriyalarda yoki djoul’ bilan oʼlchanadi. Djoul jaxonaro birlik sistemasi hisoblanadi 1 Dj = 4,187 kal. teng.
Organizmning energiya sarfini tekshirish (kalorimetriya)
Dissimilyatsiya protsesslarida energiya ajralib chiqadi, yaʼni potentsial ximiyaviy energiya kinetik energiyada aylanadi. Bu energiyaning koʼpchilik qismi issiqlik energiyasiga aylanadi; ajralib chiqqan energiyaning 20-25 protsenti mexaniq energiyaga aylanishi mumkin. Elektr energiyasi juda oz chiqadi.
Energiyaning oʼzgarishi natijasida issiqlik hosil boʼlib, gavdadan tashqi muhitga oʼtadi. Masalan, yurak qisqarganda yuzaga chikuvchi va qonni harakatga keltiruvchi mexaniq energiya qarshilikni yengishga sarflanib, issiqlik energiyasiga aylanadi. Skelet muskullari ishlaganda xam xuddi shunday xodisa roʼy beradi: bunda mexaniq energiya organizmdan tashqarida issiqlik energiyasiga aylanadi.
Organizmda yuzaga chiqadigan jami energiyani aniqlash va issiqlik birliklari – kaloriyalarda ifodalash mumkin. Organizmda hosil boʼladigan energiyani vositasiz va vositali kalorimetriya usullarida aniqlash mumkin.
Vositasiz (bevosita) kalorimetriyada organizmdan ajralib chiqadigan issiqlikni sezuvchi maxsus murakkab apparatlar – kalorimetrik kameralardan foydalaniladi. Odam va yirik xayvonlar uchun shunday kameralarni Rossiyada V.V. Pashoʼtin bilan А.А. Lixachev (1893), keyinchalik esa АKSh da U. Etuoter (1899) bilan F. Benedikt yasashgan.
Kalorimetrda tekshirish juda aniq natija berishi mumkin. M. Rubner tajribalari shuni koʼrsatadi, organizm sarflaydigan energiya miqdorini kalorimetrik kamerada va yalpi almashinuvni tekshirish yoʼli bilan aniqlash natijalarini M. Rubner taqqoslab koʼrgan. Organizmda hosil boʼladigan issiqlik miqdori yalpi almashinuvni tekshirish yoʼli bilan aniqlanganda va kalorimetrik kamerada organizmdan chiqqan issiqlik bevosita aniqlanganda hisoblash natajalari koʼpi bilan 0,5% farq qildi.
Masalan, tajribalardan birida it kalorimetrik kamerada 8 koʼn turganda organizmdan 2494 kkal issiqlik ajraldi. Shu it organizmida hosil boʼlgan issiqlik miqdori yalpi almashinuvni tekshirish yoʼli bilan hisoblab chiqilganda esa 2488 kkal ajralganligi aniqlandi. Bu raqamlar orasidagi farq xamisha oʼlchashda yoʼl qoʼyiladigan xato chegarasida boʼladi.
Organizmning energiya sarfini bevosita kalorimetriya yordamida aniqlash yoki yalpi moddalar almashinuvni tadkik qilish gʼoyat murakkab. Gazlar almashinuvini oʼrganish, yaʼni vositali kalorimetriya yoʼli bilan energiya sarfini hisoblash soddaroq va amalda kulayroq.
Gazlar almashinuvi – organizm energetikasining koʼrsatkichi (vositali kalorimetriya)
Organizmda oqsidlanish protsesslari energiya manbai hisoblanadi, bu protsesslarda kislorod sarflanadi va karbonat angidrid hosil boʼladi. Shuning uchun gazlar almashinuvini tekshirish asosida, yaʼni yutilgan kislorod va ajralib chiqqan karbonat angidrid miqdoriga qarab, organizmning qancha energiya sarflaganini aniqlash mumkin. Bu usul vositali kalorimetriya deb ataladi.
Gazlar almashinuvini oʼzoq tekshirish uchun maxsus respiratsion kameralar ishlatiladi. Ularning kulay modellarini V.V. Pashoʼtin (1886), keyin M.N. Shaternikov koʼrgan va tasvir etgan.
Respiratsion kamera odam yoki xayvondagi gazlar almashinuvini bir sutka va undan koʼproq vaqt davomida tekshirishga imkon beradi. Qisqa vaqtda gazlar almashinuvi maktablarda, kasalxonalarda, korxonalarda va boshqa joylarda oddiy usullar bilan aniqlanadi.
Duglas-Xolden usuli juda keng tarkalgan, bu usulda tekshiriluvchi kishining yuziga gaz almashtiruvchi niqob toʼtiladi, bu niqob tekshiriluvchi kishining orqasiga osilgan va xavoni oʼtqazmaydigan toʼqimadan yasalgan qopga (Duglas qopiga) toʼtashtirilgan. Niqobning klapanlari bor, ular shunday tuzilganki, tekshiriluvchi kishi atmosfera xavosidan bemalol nafas oladi, nafasidan chiqqan xavo esa Duglas qopiga kiradi.
Maʼlum vaqt (10-15 minoʼt) da nafasdan chiqqan xavo yigiladi va uning hajmi aniqlanadi (qopdagi xavo hajmi gaz soati bilan oʼlchanadi), shu xavodagi kislorod va karbonat angidridning protsent miqdori xam aniqlanadi.
Xavoning gazlar tarkibi kislorod va karbonat angidridni Xolden apparatida ximiyaviy bogʼlab olish yoʼli bilan yoki keyingi yillarda elektron apparatlar yordamida fizikaviy metodlar bilan (gazlarning baʼzi fizikaviy xossalari: kislorodning paramagnit xossalari, karbonat angidridning issiqlik oʼtqazish xossasi va boshqalar asosida) aniqlanadi.
Organizmga 1l kislorod sarflanganda yuzaga chiqadigan issiqlik miqdori kislorodning kalorik ekvivalenti deb ataladi. Kislorod kaysi moddalarni oqsidlashiga qarab bu ekvivalent miqdori turlicha boʼlishi yuqorida keltirilgan raqamlardan koʼrinib turibdi.
Shunday qilib, organizmda kaysi moddalar – oqsil, yogʼ va uglevodlar oqsidlangani maʼlum boʼlsa, isteʼmol qilingan jami kislorod miqdoriga qarab qancha energiya sarflanganini hisoblab chiqish mumkin. Gazlar almashinuvini tekshirish tajribalarida nafas koeffitsienti gavdasi kaysi oziq moddalar oqsidlanganini koʼrsatib bera oladi.
Nafas koeffitsienti va uning ahamiyati. Organizmdan ajralib chiqqan karbonat angidrid hajmining yutilgan kislorod hajmiga nisbati nafas koeffitsienti deb ataladi. Oqsillar, yogʼlar va uglevodlar oqsidlanganda nafas koeffitsienti turlicha boʼladi.
Organizmda oqsidlanuvchi moddalarni turi nafas koeffitsientini (NK) hisoblash bilan aniqlanadi
- oqsillar oqsidlanganida NK =0.8
- yogʼlar oqsidlanganida NK =0.7
- uglevodlar oqsidlanganida NK =1.0
- aralash ovqatda NK =0.82 - 0.9
- ochlikda NK =0.6
Аsosiy almashinuv. Modda va energiya almashinuvining intensivligi umuman organizmning individual xususiyatlariga va holatiga (jinsi, yoshi, gavda vazni va buyi, ovqatlanish sharoiti, ovqat turi, muskul ishi, endoqrin bezlar, nerv sistemasi va ichki organlar – jigar, buyraklar, hazm yoʼlining holati va boshqalarga), shuningdek tashqi muhit sharoitiga (temperatura, barometrik bosim, xavoning namlik darajasi va tarkibi, nur energiyasining taʼsiri va shoʼnga uxshashlarga) bogʼliq.
Muayyan sharoitda tiyrak organizmda moddalar minimal miqdorda almashinib va energiya minimal miqdorga sarf boʼlib turadi. Аsosiy almashinuv deb shuni aytishadi.
Аsosiy almashinuvni aniqlash uchun tekshiriladigan odam: 1) muskullari tinch turadigan xolatda boʼlishi (muskullarini boʼsh qoʼyib yotishi), xayajonlantiruvchi omillar taʼsir etmasligi; 2) och boʼlishi, yaʼni ovqat yegandan 12-16 soat keyin tekshirilishi; 3) “komfort” temperatura – 20-220, yaʼni sovuq sezilmaydigan, titratmaydigan va organizmni qizitib yubormaydigan sharoitda boʼlishi kerak; 4) ertalab; 5) tiyraklik davrida; 6) yotgan xolatda.
Аsosiy almashinuv energiyasining koʼp qismi nafas muskullari, yurak, jigar, buyraklarning ishlashiga ketadi. Аsosiy almashinuvga yarasha energiya sarflanishi tufayli gavda temperaturasi doimiy bir darajada saqlanib turadi.
Odamdagi asosiy almashinuvning normal miqdorlari. Аsosiy almashinuv miqdori odatda 1 soatda yoki 1 sutkada gavdaning 1 m2 yuzasidan yoki 1 kg vaznidan ajralib chiqadigan issiqlik miqdori bilan ifodalanadi, bu miqdor katta kaloriyalar bilan koʼrsatiladi. Oʼrta yoshlardagi ( taxminan 35 yoshdagi), oʼrta buyli (taxminan 165 sm), oʼrta vaznli (taxminan 70 kg) kishining asosiy almashinuvi 1 soatda 1 kg ga 1 kkal. Vazni 70 kg boʼlgan odamning bir sutkadagi asosiy almashinuvi 1700 kkal, shu vazndagi ayolning asosiy almashinuvi esa taxminan 10% kamroq.
Gavdaning 1 kg vazniga hisob qilingan asosiy almashinuv intensivligi bolalarda katta yoshli kishilardagiga nisbatan ancha yuqori. 20-40 yoshdagi organizm holatida keskin oʼzgarishlar roʼy bermasa (vazn aytarlik oʼzgarmasa va qandaydir kasalliklar boʼlmasa), asosiy almashinuv miqdori ancha doimiy boʼladi.
Formula va tablitsalar statistik yoʼl bilan tuzilgan, yaʼni jinsi, yoshi, buyi har xil kishilarning asosiy almashinuvini qayta-qayta aniqlab chiqarilgan oʼrtacha raqamlardir.
Gavda tuzilishi normal boʼlgan sogʼlom odamlarning asosiy almashinuvini shu tablitsalarga qarab hisoblash energiya sarfi haqida taxminan toʼgʼri maʼlumot beradi (xatosi ≈ 5-8%). Kalqon simon bez ortiqcha ishlaganda va boshqa baʼzi kasalliklarda asosiy almashinuvni aniqlash shu vazn, buy, yosh va gavda yuzasiga mos kelmaydigan darajada gʼoyat yuksak maʼlumotlarni beradi. Kalqon simon bez yetarli ishlamaganda (miksedema), gipofiz, jinsiy bezlar fukntsiyasi susayganda asosiy almashinuv kamayadi.
Uyqu vaqtida energiya almashinuv intensivligi tiyraklik davriga nisbatan 8-10% kamayadi, choʼnki uyku vaqtida muskullar maksimal darajada boʼshashadi. Gavda temperaturasining koʼtarilishi energiya almashinuviga ancha katta taʼsir koʼrsatadi. Masalan, odamning gavda temperaturasini 10 koʼtarilsa, energiya sarfi oʼrta hisob bilan 10-11% ortadi.
Iqlimiy sharoit taʼsirida xam asosiy almashinuv miqdori oʼzgaradi: tropiklarda oʼrta geografik kengliklardagiga nisbatan 10-20% kam va shimolda sovuq vaqtda ortiq boʼladi.
Organizm muskullari bilan qancha zur berib ishlasa, energiya sarfi shoʼnchalik ortiq boʼladi. Bu quyidagi dalillardan koʼrinib turibdi: asosiy almashinuv sharoitida energiya sarfi gavdaning 1 kg vazniga 1 soatda 1 kkal boʼlsa, odam tinch oʼtirganda energiya sarfi 1 kg vaznga oʼrta hisob bilan 1,4 kkal boʼladi: ish bajarmay tik turilganda 1,5 kkal, yengil ish bajarilayotganda (idora xizmatchilari, tikuvchilar, noziq ish bajaruvchi mexaniqalar, ukituvchilar) – 1,8 – 2,5 kkal; yurish bilan bogʼlangan ozgina muskul ishida (vrachlar, laborantlar, xat tashuvchilar, mukovachilar) – 2,8 – 3,2 kkal: oʼrtacha ogʼirlikdagi muskul ishi bilan bogʼliq boʼlgan mexnatda (metalchilar, buyokchilar, duradgorlar) – 3,2 – 4 kkal; ogʼir jismoniy mexnatda (binoqor ishchilar, oʼtni uchiruvchilar, yer xaydovchilar, temirchilar va boshqalar) – 5 – 7,5 kkal energiya sarflanadi.
Energiya sarfiga qarab turli kasb egalarini bir necha gruppaga boʼlish mumkin. Bu gruppalarning sutkadagi energiya sarfi quyidagicha.
Аqliy mexnat vaqtida energiya almashinuvi. Аkliy mexnat vaqtida energiya jismoniy mexnatdagiga nisbatan ancha kam sarflanadi.
Ovqatning spetsifik dinamik taʼsiri. Ovqat yeyish va xujayralarning ozuk moddalarini oʼzlashtirishi modda almashinuvi intensivligini kuchaytirib, energiya sarfini oshiradi. Modda va energiya almashinuvining shu tarika kuchayishi ovqatning spetsifik dinamik taʼsiri deb atalgan.
Oqsilli ovqatning spetsifik-dinamik taʼsiri ayniqsa katta: u modda almashinuvini oʼrta hisobda 30% oshiradi. Uglevod va yogʼlarning spetsifik dinamik taʼsiri oqsillarnikiga qaraganda kamroq. Odam uglevod va yogʼlarni isteʼmol qilganda modda almashinuvi 4-15% ortadi (turli olimlarning maʼlumotlari har xil).

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin