O`n ikki barmoqdi ichak faoliyati, uninig tutgan o`rni. Ingichka ichakda ovqat tarkibidagi ozuqa moddalar uzlarining eng kichik monomeralrigacha parchalanishga uchraydi. Oshqozon va og`iz bo`shlig`ida ovqat tarkibidagi polimer moddalar ichakda ro`y beradigan ana shu chinakam chuqur parchalanishiga tayyorlanadi. Oz-ozdan ichakka o`tayotgan ximus o`n ikki barmoq ichakka ajraladigan oshqozon osti shirasi va o`t safroga aralashadi. Pankreatik shira tarkibidagi va ichak shilliq pardasi sintezlaydigan fermentlar uglevodlardan, oqsillardan va yog`lardan so`rilishi oson bo`lgan moddalar xosil qiladi va ularning uzlashtirilishini ta'minlaydi. Bu jarayonning amalga oshishida o`t -safro oshqozon osti bezi va ichak bezlariga yog`dam beradi.
Oshqozon osti bezining sekretor faoliyati ichak hazmida muxum axamiyatga ega. Oshqozon osti bezining asinar hujayralardan tashkil topgan qismi bir kechayu kunduzda 1,5- 2,0 l shira ishlab chiqaradi. Bu shira tinik, rangsiz suyuqlik. Unda bikarbonatlar ko`p bo`lganidan muxti ishkoriy rN 7,8-8,4. Oshqozon osti bezi shirasidagi bikarbonatlar oshqozondan o`n ikki barmoq ichakka ximus tarkibida o`tgan xlorid kislotani neytrallab, bu erda gidroliz jarayonlari ruyobga chiqishi uchun zarur bo`lgan ishqoriy muxitni ta'minlashda muxum rol uynaydi. Pankreatik shirada asosiy oziq moddalarining xammasiga ta'sir qiladigan fermentlar bor. Bu fermentlarni ko`p qismi noaktiv proferment shaklida sintezlanib, shira tarkibida ajraladi va ular o`n ikki barmoq: ichakda faol shaklga o`tadi.
Shirada oqsillarni parchalaydigan asosiy profermentlardan tripsinogen va ximotripsnogen bo`ladi. O`n ikki barmoq ichakni shilliq pardasi tripsinogen faollaydigan maxsus ferment-yenterokinaz ishlab chiqaradi. enterokinaze tripsinogenni ta'sir qilib uni faol ferment tirpsinga aylantiradi. Ximotripsinogenning faollanishi tripsinga bog`liq. Tripsin va ximotripsin oqsillarni va pepsinlar ta'sirida oqsillardan xosil bo`lgan yirik peptidlarii aminokislotalarga va mayda peptidlarga (oligopeptidlarsa) parchalaydi. Shira tarkibidagi lipaza yoglarning aktiv xolda ajraladi va eg`larni parchalanishini ta'minlaydi. Fosfolipaza va esterazalarhamyor va yogsimon moddalarni gidrolizlashda katnashadi. Lekin pankreatik lipaza ta'sirida neytral yog`larning (uchglesirinlarning) parchalanishi tugamaydm, Ulardan ikki molekula yog kislata va bir molekula monogliserid xosil bo`ladi. Ichak lipazasi monogliseriddarni parchalab, yog` gidrolizini oxiriga etkazadi.
Oshqozon osti bezi shirasi tartibida ko`p miqdorda uchraydigan amiliza fermentgahamfaol ajraladi. Bu fermenti ta'sirida ovqatdagi polisaxaridlar ( kraxmal va glikogen ) asosan oligo-va disaxaridlarga parchalanadi xosil bo`ladigan monosaxaridlarning miqdori oz.
O`simlik va xayvon maxsulotlardan tayorlangan ovqat iss'mol qilinganda ularni xujayirlari yadrosida bo`ladigan nuklein kislotalarni nukleazlar parchalaydi. Shunday qilib ingichka ichakni yuqori qismida pankretik fermentlar ta'sirida asosiy moddalar-oqsillar, eg`lar va polisaxaridlar chuqur gidrolizga uchraydi, so`rilishi mumkin bo`lgan maxsulotlarga aylanadi.
Odatda, ba'zi taomlar oqsillarga, boshqalari uglevoddarga boy bo`ladi va x. k. yog`li ovqat eyilganda oshqozon osti bezidan lipaza, oqsillarga boy ovqat istemol qilinganda proteolitik fermentlari ko`p ajraladi, uglevodlarga boy ovqat qabul qilinganda yuqori amilolitik faolikka ega bo`lgan shira ajraladi,
Xaqiaqatdanhamoshqozon osti bezi ana shunday moslashish xususiyatiga ega. Demak ovqat eyiilgandan keyin shirada bor fermentlar faolligini ortish darajasi ovqatning tarkibi, sifatiga bog`liq bo`ladi.
Oshqozon osti bezidan shira ajrala boshlanishi ovqatlanish vaqti va sharoiti, taomning xidi xamda tashqi kurinishiga bog`liq bo`lgan shartli va ovqat eyilganda qo`zg`algan ta'm bilish va boshqa reseptorlardan paydo bo`lgan shartsiz reflekslar natijasi xisoblanadi. Shartli va shartsiz ta'sirlovchilar uzunchoq miyadagi ovqatlanish markazini qo`zg`atadi, markazdan efferent impulslar bezga adashgan nerv orqali etib kelib, shira ajralishiga sabab bo`ladi.
Simpatik tolalar oshqozon osti bezidan shira ajralishini tormozlaydi. Bunda simpatik tolalar ta'sirida bezning qon tomirlari torayadi, natijada shira ajralishi tormozlanadi. Simpatik tolalar kesilgandan keyin shira ajralishi ko`payadi. Me'da osti bezi sekresiyasini juda ko`p omillar, chunonchi og`riq, uyku, og`ir jismoniy va akliy mexnat va boshqalar tormozlashi mumkin. Tashqi haroratning juda yuqori bo`lishi me'da osti bezi sekresiyasini.
Oshqozon osti bezi sekresiyasini boshqarilishida gumoral omillar, xususan oshqozon-ichak gormonlari etakchi rol uynaydi Ilmiy adabiyotga goromon atamasining kiritilishi oshqozon osti bezi sekresiyasini o`rganishga bog`liq kelib. O`tgan asrnint oxirida I. P. Pavlov labaratoriyasida xlorid kislota eritmasi o`n ikki barmoq ichakka yuborilganda oshqozon osti bezidan shira ajrlishi ko`rsatilgan edi I. P. Pavlov bu sekresiyani kislota ta'sirida ichak reseptorlaridan yuzaga chiqqan refleks deb tushuntirgan . 1902 yilda ingliz olimlari Beylis va Starling o`n ikki barmoq ichak shilliq pardasidan xlorid kislota eritmasida tayyorlangan ajratmani venaga yuborilganda oshqozon osti bezidan shira ajralishini aniqlashdi. Achchik ichak yo`g`on ichak jigardan tayyorlagan ajratmalarning shira ajratish xususiyati yo`q edi. Olimlar o`n ikki barmoq ichak shilliq pardasida maxsus pankretik sekresiyani ko`zg`atuvchi modda bor degan xulosaga keldilar va bu moddani sekretin deb atadilar. Sekretin ingichka ichakdagi maxsus hujayralarda sintezlanib xlorid kislota ta'sirida qonga o`tadi va me'da osti bezidan ko`p miqdorda bikarbonatlarga boy shira ajralishiga olib keladi. Bu gormon fermentlarning sintezlanishi va shiraga o`tishi jarayoniga ta'sir kilmaydi. Shuning uchun sekretinga ajralgan shirada fermentlar faolligi sust bo`ladi. Ingichka ichak shilliq pardasidagi hujayralar yana bir garmon xolekistokinin pankreoziminni sintezlaydi. U oshqozon osti bezidan fermentlar ajralishini kuchaytiradi. Ichakda ovqat tarkibidagi oqsillar va yoglarning parchalanish maxslotlari peptidlar yog kilotalari ta'sir etib bu gormonni qonga o`tishini tezlashtiradi. qonda xolesistokinin-pakroizmining ko`payishi asinar hujayralarni faoliyatini oshirib fermentlarga boy shira ajralishiga olib keladi. Bulardan tashqari yana bir qator garmonlar va fiziologik faol peptidlar oshqozon osti bezidan shira ajralishiga ta'sir qiladi. Gastrin, serotonin, insulin, bombezin, R-modda, ut kislotalar tuzlari sekresiyani kuchaytirsa, somatostatin, gltokagon, tireokalsitonin va boshqalar shira ajralishini kamaytiradi. Bu moddalarning asinar hujayralarga ta'siri bevosita yokki oshqozondan xlorid kislota ajralishini o`zgartirish yo`li bilan yuzaga chiqishi mumkin. Organizmda ovqat hazm bo`lishida jigar juda muxim rol uynaydi.
Odamning bezlari orasida jigar eng kattasi xisoblanadi. Massasi 1500 g gacha to`g`ri keladi. Jigar moddalarning uzlashtirilishi va almashinuvida ishtirok etadi, o`ziga xos fermentativ va eksretor faoliyatga ega, qon aylanishigahamdaxldor. Poligonal gepatositlardan tuzilgan bulakchalar jigarning fuksional birligi xisoblanadi. Ular 500 mingga yaqin, ayniksa, jigarning bexisob vazifalari orasida eng asosiysi uning gomeostig, metabolik, hazm, eksretor, to`siq(bayer) va zaxira faoliyatidir. Jigar qondan ba'zi moddalarni yigib olish, ularni o`zgartirish, chiqarib tashlash, turli moddalarni xosil qilish yo`li bilan o`zining gomeostatik faoliyatini bajaradi. Jigarda qonning ivishida ishtirok ztuvchi va ivishning oldini oluvchi moddalarning ko`pgina qismi sintezlanadi. Jigar limfa xosil bo`lishida faol katnashadi, uning limfasi oqsilga boy bo`ladi. Oqsillar va aminokislotalar almashinuviga jigarning axamiyati juda katta. qondagi oqsillarning asosiy qismi jigarda sintezlanadi. U aminokislotalarning aminsizlantirishini vamik guruxini kuchirilishini ta'minlaydi va kreatin xosil bo`lishida ishtirok etadi. Oqsil almashinuvining asosiy qoldiq, moddasi siydikchilning deyarli xammasi jigarda xosil bo`ladi.
Jigarning yoglar almashinuvidagi ishtiroki uch gliseridlar fosfolipidlar, xolesterin, lipoproteinlar va ut kislotalarini sintezlashdan iborat. Yoglarining o`zlashtirilishihamjigarning ut ajratishiga bog`liq. Jigarda glyukozaning oksidlanishi, glikogen xosil bo`lishi va parchalanishi, glyukuron kislataning sentezlaniishi jarayenlarihamtez suratda boradi.
Jigarning ichki va tashqi biologik faol moddalar dori-darmonlar almashinuvida ishtirok etishi organizm uchun juda katta axamiyatga ega. U steroid gormonlarning, insulin, glyukagon, antidiuretik gormon, trioid gormonlar, katexolaminlar, gistamin, serotonin va boshqalarning fermentativ faolsizlanishini taminlaydi
Jigar zaxarli moddalar, mikroblar toksinlarning zararsizlantirib, o`zining ximoya va to`siq faoliyatini bajaradi. O`t xosil qilish va uni ichakka chiqarish esa uning hazm faoliyatidir.
Jigarda bir kechayu kunduzda 500-1500 ml o`t xosil bo`ladi. Bu jarayon uzliksiz kechadi. Oshkazonda va ingichka ichakda ovqat bo`lmasa, o`t-safroning 12 barmok ichakka chiqishi to`xtaydi va u ut pufagida yig`ila boshlaydi. Demak, ut ( safro ) bilan bog`liq ikki jarayon - o`t xosil bo`lishi va uning ichakka chiqish jarayonini tafovut qilish kerak
O`t pufagida saqlanib turgan yoki vaqti-vaqti bilan jigarda xosil bo`layotgan o`tning o`n ikki barmoq ichakka tushishi o`tninig ajralishi deyiladi. Bu jarayon ovqat eyilganidan keyin 5-10 minut o`tgach boshlanadi. Avvalo quyuq tuk rangli pufak o`ti ajraladi, keyin shira suyuqlashadi. Va rangi tiniklashadi, demak o`t bevosita jigardan chiqa boshlaydi. O`tning ichakka chiqishini o`t yo`llari, pufak va sfinkterlar silliq muskullarining uygun ishi ta'minlaydi.
O`t pufagi odamda noksimon shaklda bo`ladi: sig`imi 30-70 ml. Ut yo`llarining muskul qavati spiralsimon silliq muskul tolalaridan iborat. Ma'lum nuqtalarda bu tolalar guruxlarga yigilib , sfinkterlar xosil qiladi. Umumiy jigar yo`li xosil bo`lgan joydagi Mirissi sfinkteri pufak qisqarganda utni jigar tomon oqishiga yo`l qo`ymaydi. Pufak buynidagi Lyutkens sfinkteri hazmdan tashqari vaqtda utning pufakda yigilishini, ovqat eyilgandan keyin pufakdan chiqishini ta'minlaydi. Murakkab tuzilgan Oddiy sfinkteri umumiy o’t yo`li o`n ikki barmoq ichakka ochiladigan joyda bo`lib, o’t ajralishida muxim axamiyatga ega.
Ovqatni hazm qilishda va uzlashtirishda ingichka ichak aloxida axamiyatga ega. Hazm sistemasi bo`shlig`ini tashqi muxit deb xisoblash mumkin. Undagi oziq moddalar va hazm maxsulotlari qonga so`rilmaguncha, uzlashtirilmagan xisoblanmaydi, ba'zi sharoitda (qayt qilinganida) tashqariga chiqarib tashlanishihammumkin. Oqsillar, yoglar va uglevodlarning oxirigacha parchalanishini va xosil bo`lgan maxsulotlarning surilishini asosan ingichka ichak shilliq pardasi ta'minlaydi. Bu o`zaro bog`liq bo`lgan jarayonlarga ichak xarakatlari ko`maklashadi.
Ingichka ichak shirasining ajralishi boshqa shiralar ajralishidan farq qiladi. So`lak, me'da, me'da osti va boshqa bezlarning sekretor hujayralari shira ajralganida umuman emirilmaydi yoki faqat apikal qismi oddidan bu erga yigilgan sekretor granzlalar bilan birga shiraga o`zilib o`tadi, Shikastlanmagan yoki massaning oz miqdorini yo`qotgan hujayralar tiklaiib, sekretor jarayonda ko`p marotalab ishtirok etadi. Bunday sekretor jarayenlar marfostatik va marfokinetik deyiladi.
Ingichka ichakda boradigan sekretor faoliyatni morfonekrotik. deb atash mumkin. Ichak vorsinkalarini koplagan epitelial hujayralar juda tez almashinadi. Bu hujayralar vorsinkalarning asosi-kripta sohasida bo`linish yo`li bilan xosil bo`ladi va vorsinkaning uchi tomon siljib, sirg`alib ichak bo`shlig`iga tushadi. Shu tarzda ichak bo`shlig`iga bir kechayu-kunduzda 250 g epitelial hujayralar ajraladi. Bularni znterositlar dsb aytiladi, bular filtrlanish yo`li bilan ajralgan suyuqlikka qo`shilib ichak shirasini xosil qiladi.
Ichak shilliq pardasida va shirasida 20 ga yaqin gidrolitik fermentlar bor, Ular oqsillar va polisaxaridlarniig parchalanishi natijasida xosil bo`lgan oligomerlarni, yoglar parchalanishi maxsuloti monoglesiridlarni va ovqat tarkibidagi disaxaridlar va ba'zi boshqa moddalarning parchalanishini oxiriga etkazadi.
Ichakning proteolitik fermentlari orasida enterokinaza aloxida ajralib turadi. Bu ferment tripsinogen molekulasida lizin va izoleysin aminokislotalar o`rtasidagi aloqadorlikni o`zib, undan geksapeptid ajratadi. Natijada fermentning faol markazi ochilib, tripsinga aylanadi. enterokinaza o`n ikki barmoq ichak va ingichka ichakning yuqori kismida sintezlanadi.
Bir gurux peptidazalar ingichka ichakning xamma qismlarida bo`lishligi aniqlangan. Ular di-, tri- va oligopeptitlarning aminokislotalarga parchalanishini ta'minlaydi.
Ingichka ichakning gamma-amilazasi ovqat tarkibidagi polisaxaridlarni parchalashda muxim axamiyatga egadir. Bu fermentning pankreatik alfa-amilazadan farqi shuki, uning ta'sirida polisaxarid molekulasining uchidagi glyukoza yaxshi ajraladi, Shuning uchun gamma-amilaza ta'sirida poli saxaridlardan oligo-disaxaridlar bilan bir katorda, sezilarli miqdorda glyukozahamxosil bo`ladi.
Fermentlar ichida disaxaridlarni parchalovchilarihambir nechta bo`ladi. Maltaza va izomaltaza kraxmaldan amilazalar ta'sirida xosil bo`lgan dekstrinlar va oligosaxaridlarni alfa -1, b -glgokozid, alfa -1, 4-glyukozid bog`lamlarini uzadi, maltazani 2 glyukoza molekulasiga parchalaydi.
Ferment - saxaroza iste'mol qilinadigan lavlagi yoki shakar kamish kandini -saxarozani glyukoza va fruktozaga parchalaydi. Bu ferment maltozanihamparchalash kobilyatiga ega. Sut tarkibidagi laktozani laktaza fermenti glyukoza va galaktozaga ajratadi. Laktoza boshqa disaxaridazalar tomonidan parchalanmasligini e'tiborga olsak , laktazani sut bilan ovqatlanish davridagi axamiyati tushunarli bo`ladi.
Hazm bo`shliklaridagi hujayra ichidagi va membrana yuzasidagi hazm jarayonlari so`ngi yillarda o`rganildi. 1)Bo`shlikdagi hazm. Og`iz bo`shlig`i va oshqozonda oziq moddalarning kimyoviy jixatdan qayta ishlanishi qo`yidagicha izoxlanadi: iste'mol qilingan ovqatning parchalanishi zarur bo`lgan modddlari (substratlar) shu bo`shliklarga ajralgan shira tarkibidagi fermentlar bilan to`qnashadi, natijada tuzilishi soddaroq bo`lgan hazm maxsulotlari xosil bo`ladi. Xakikatdanhamog`iz bo`shlig`i va oshqozonda bushlik hazmi deyiladigan shu jarayonni uchratamiz. Fermentlarni sintezlaydigan hujayralar kutgancha hazm ro`yobga chiqadigan bo`shliklardan ancha narida joylashganidan bu hazmni distant hazmhamdeyiladi.
Og`iz bushiligi, oshqozon va ingichka ichakda kuzatiladitan bo`shlik, hazmi oziq moddalar parchalanishini dastlabki bosqichini ta'minlaydi. Bo`shlik suyuqligida erkin xolatda bo`lgan ferment va substrat molekulalarining to`knashishi extimolikka bog`liq.
2. Hujayralar ichidagi hazm. Xamma tirik mavjudotlarda hujayra hazmi uchraydi. Bu jarayon parchalanmagan yoki qisman parchalangan oziq moddalarning hujayra ichiga kirishi va bu erdagi fermentlar tomonidan parchalanishidan iborat. Hujayra hazmining ikki turga ajratiladi sitoplazmatik hujayra hazmi va vakuola hazmi:sitoplazmatik hujayra hazmi membrana orqali hujayraga kirgan kichik molekulalarni sitozol fermentloari yog`damida parchalanishini ta'minlaydi. Shu yo`l bilan ba'zi depiptidlar o`zlashtiriladi. Hujayra ichidagi vokuol hujayra hazmi fagositoz yoki pinositoz (yendositoz) natijasida xosil bo`ladigan maxsus bushliklardahamyuzaga chiqishi mumkin. Hujayra hazmining bu ikkinchi xilida lizosomalardagi turli gidrolitik fermentlar ishtirok etadi. Bu fermentlar endositoz natijasida xosil bo`lgan vakuollar ichiga utgan zarrachalar yoki eritmadagi oziq moddalarni parchalaydi.
Hujayra ichidagi hazmni membranalarning o`zgaruvchanligi va endositozning tezligi chegaralaydi. Odamning hazm sistemasida bu jarayonning sust bo`lishini e'tiborga olsak hujayra hazmining ovqatni o`zlashtirishdagi amaliy axamiyati kam ekanini tushunib olamiz. Faqat emizikli bolalarda hazmning bu turi sut tarkibidagi moddalar o`zlashtirilishida muxim axamiyat kasb etadi.
3. Membrana hazmi. Hazmning bu turi A. M. Ugolev tomonidan kashf etilgan. Membrana hazmi ichak hujayralariiing apikal uchida, glikokaliks bilan koplangan mikro vorsinkalar yuzasida sodir bo`ladi. Msmbranadagi gidrolizni bu yuzada ximusdai adsorbsiyalangan pankreatik fsrmentlar va enterositlarda sintezlanib, apikal membranaga birikkan ichak fermentlari yuzaga chiqaradi. Hazmning uchinchi turi, ya'ni membrana gidrolizi bo`shlikdagi va hujayra hazmlari oraligidagi fazoni egallab turadi.
Hazm nuli bushliklaridagi hazm ovqat biopolimerlarning parchalanishini boshlab bersa, shilliq parda tuzilmalarida (glikokaliksda) adsorbsiyalangan fermentlar gidrolizining oraliq bosqichlarini ta'minlaydi, membranaga birikkan ichak fermentlari esa oqsil, uglevodlar va yoglar parchalanishini oxiriga etkazadi.
Tekshirishlar shuni ko`rsatadiki, biopolimerlar molekulasidagi kimyoviy bog`lanishlarning 20%ni bo`shlikdagi gidrolizlansa, 80%i membrana gidroliziga to`g`ri keladi.
Ingichka ichakdagi membrana gidrolizda ichak fermentlarining deyarli xammasi ishtirok etadi. Uglevodlar parchalanishini gamma-amilaza, maltaza va izomaltaza, saxaroza, invertaza, laktaza va oxiriga etkazsa, oqsillar parchalanishining esa amino va dipeptitazalar tugatadi. Monogliserid lipaza va ishkoriy fosfatazalar yoglarining va fosfat kislotasi efirlarining parchalanishini yakunlaydi.
Ichakdagi so`rilish jarayonlari.
Ingichka ichakda so`rilish jarayoni sust tashilish mexanizmlari tufayli (osmon, diffo`ziya va filrlanish yo`li bilan) va faol energiyaga muxtoj mexanizmlar asosida sodir bo`ladi. Bulardan sust tashilish mexanizmlari suyuqG'shk va moddalarni ikki tomonlama ichakdan qonga va qondan ichakka o`tish imkonini beradi. Faol (aktiv) tashilishda esa moddalar faqat bir tomonga tashiladi. Bu mexanizm asosida moddalar konsentrasion va elektro kimyoviy gradiyentga qarshi xarakat qiladi. Faol tashilishning yana bir nechta xususiyatlari bor: U energiyaga muxtoj, kislorod etishmovchiligi , past harorat almashinuvni ingibirlovchi moddalar faol tashilishini sekinlashtiradi. Faol tashilish yuqori tezlikka ega, faol tashiladigan moddlar o`rtasida ularning so`rilish jarayonlarida raqiblik (konkurent) tormizlanishi kuzatiladi.
Maxsus oqsil molekulalari-tashuvchilar sifatida aktiv (faol) tashilishni yuzaga chiqaradi.
Tashuvchilar moddani membrananing bir yuzasiga terib turgan suyuqlikdan moddani (modda miqdori oz bo`lgan eritmadan) o`ziga biriktirib, modda-tashuvchi kompleksni majmuasini xosil qiladi. U membraning ikkinchi tomoniga o`tib, moddani o`zidan ajratadi va membrananing ikkinchi tomonidagi suyuqlikka chiqaradi. Faol tashilish uchun energiya manbai vazifasini ATF o`taydi.