O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi


Oldingi va orqa ildizlar tolalarining periferiyada taqsimlanishi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə93/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Oldingi va orqa ildizlar tolalarining periferiyada taqsimlanishi. Ch.Sherrington ildizlarni kesib qo’yib o’tkazgan tajribalarida ko’rsatib berilganidek, orqa miyaning har bir segmentidan har tomonda bittadan orqa ildiz boshlanadi, shu segment gavdaning uchta ko’ndalang bo’lagi – metamerini innervatsiyalaydi (bir metamer orqa miyaning segmentiga mos keladi, ikkinchisi uning ustida uchinchisi ostida yotadi). Har bir metamer orqa miyaning ustma-ust o’tuvchi uchta ildizidan sezuvchi tolalar oladi. Shu sababli bir ildiz qirqib qo’yilganda hayvonning tegishli metameridagi sezuvchanlik to’la yo’qolmaydi. Bordi-yu, barcha orqa ildizlarining bittasidan boshqa hammasi orqa miya bo’ylab qirqib qo’yilsa, sezuvchanlik bir metamerda emas, uchta metamerda saqlanadi, shu bilan birga o’rta metamerdagi sezuvchanlik deyarli o’zgarmay turaveradi, qo’shni metamerdagi sezuvchanlik esa birmuncha pasayadi. Bu ma’lumotlar shundan guvoxlik beradiki, periferiyada afferent nerv tolalarining tarqalish zonalari bir-birini yopib o’tadi. Bu, so’ngi vaqtda elektrofiziologik tadqiqotlarda isbot etildi. Gavdaning yonma-yon uchta metameridagi teriga ta’sir etilgan hadeb bir orqa ildizda afferent impulslar oqimi kuzatilishi o’sha tadqiqotlarda ko’rsatib berildi.
Odam terisidagi segmentar sezuvchanlik innervatsiyasining taqsimlanish sxemasi ko’rsatilgan.
Harakat sistemasiga kelganda, segmentar innervatsiya faqat qovurg’a aro muskullar uchun isbot etilgan. Qolgan muskullar bir necha metamerga mansub bo’lib bir necha ildizdan o’tuvchi toladan innervatsiyalanadi.
Spinal shok. Hayvonlar ustidagi tajribalarda orqa miyani turli bosqichlarda to’la yoki qisman qirqib qo’yib, uning reflektor funktsiyasi o’rganiladi.
Sutemizuvchi hayvonlarda orqa miyani mumkin qadar yuqoridan qirqib qo’yib (4-5 bo’yin segmentining ro’parasidan qirqib qo’yish mumkin), hayvonning uzoq vaqt omon qolishiga erishsa bo’ladi. Orqa miyani bu segmentlarining yuqorisidan qirqib qo’yish natijasida nafas olishi to’xtab, hayvon o’lib qoladi, chunki bu holda diafragma nervlarining orqa miyadagi (spinal) yadrolariga nafas markazidan impulslar kelmay qoladi. Orqa miya 4 – bo’yin segmentining pastrog’idan qirqib qo’yilsa, diafragmal tipdagi nafas olish saqlanib qoladi (diafragma nervi 3 - 4 bo’yin segmentidan boshlanadi), shu sababli o’pka ventilyatsiyasi yetarli hajmda ro’y berishi mumkin. Orqa miya yuqoriroqdan qirqib qo’yilganda faqat sun’iy nafas oldirish yo’li bilan hayvonni o’limdan saqlab turish mumkin.
Orqa miya ko’ndalangiga to’la qirqib qo’yilgach spinal shok kelib chiqadi. Spinal shok shundan iboratki, orqa miyaning qirqib qo’yilgan joyidan pastroqdagi barcha nerv markazlarining qo’zg’aluvchanligi juda ham pasayadi va reflektor funktsiyalari susayadi. Orqa miyaning qirqib qo’yilgan joyidan yuqoriroqdagi nerv markazlari esa ishlayveradi. Masalan, orqa miya diafragma nervining chiqqan joyidan salgina pastroqdan qirqib qo’yilsa, shu joydan pastdagi nerv markazlari yuzaga chiqaradigan spinal reflekslar (orqa miya reflekslari) susayadi. Shu bilan birga diafragmaning nafas harakatlari davom etaveradi. Aftidan, shuning uchun davom etadiki, uzunchoq miyadagi nafas markazi diafragmani innervatsiyalovchi motoneyronlarga ritmik impulslar yuborishni davom ettiradi. It orqa miyasi bo’yin segmentlarining ro’parasidan qirqib qo’yilgach, tana va qo’l-oyoqning ta’sirlanishiga javoban ro’y beruvchi barcha harakat reflekslari yo’qoladi, shuningdek, siydik chiqarish va defekatsiya kabi biror reflektorlar ham yuzaga chiqmaydi, tomirlarning kengayishi sababli arterial bosim pasayib ketadi, bu, orqa miyadagi tomir harakatlantiruvchi markazlarning shok bo’lish natijasidir. Operatsiya qilingan itda skelet muskullarining reflektor qisqarishlari bir necha soatdan keyin tiklana boshlaydi: arterial bosim bir necha kundan keyin normal darajaga keladi: siydik chiqarish va defekatsiya reflekslari bir necha haftadan keyin tiklanadi: og’rituvchi ta’sirotga javoban arterial bosimning ko’tarilishidan iborat tomir toraytiruvchi reflekslar paydo bo’ladi. Xuddi shuningdek, odamning pichoqlanishi yoki o’q tegishi natijasida (tekkan o’q yoki metall parchalari va suyak bo’laklari orqa miya kanaliga kirib ketadi) orqa miyasi uzilib qolganda yoki ko’ndalangiga kesilganda ham, bir necha xafta va oylarda keyin orqa miyaning ba’zi reflekslari tiklanadi.
Shok xodisalarining og’irligi va reflektor funktsiyalarning qanchalik buzilishi, ularni qancha davom etishi turli hayvonlarda turlicha bo’ladi. Shok hodisalari odam va maymunlarda yaqqolroq ko’rinadi. Masalan, maymun orqa miyasi ko’krak umrtqalari ro’parasidan qirqib qo’yilgach, tizza refleksi bir sutka va undan ko’proq vaqt mobaynida yuzaga chiqmaydi, xolbuki, quyonda bu refleks atigi 15 minut yuzaga chiqmay turadi. Demak, hayvonning markaziy nerv sistemasi qancha yuqori bosqichda tursa, orqa miyaning reflektor faoliyatini markazdan kontrol qilish mexanizmi o’shancha ko’proq rivojlangan bo’ladi.
Spinal shok fenomenining mohiyatini tushunmoq uchun ikkita faktning printsipial ahamiyati bor: birinchidan, orqa miyaning qirqilgan joyidan pastroqdagi nerv markazlaridagi shok kelib chiqadi, ikkinchidan, orqa miya birinchi marta qirqib qo’yilgan joyining pastrog’idan orqa miya funktsiyalarining tiklanish davrida ikkinchi marta qirqilsa, odatda spinal shok hodisalari takror vujudga kelmaydi. A.Shvarts bilan Ch.Sherrington shularga asoslanib, spinal shok fenomenini markaziy nerv sistemasining yuqoriroqdagi bo’limlaridan orqa miyaga impulslar kelmay qolishi bilan izohlashdi. Miya o’zanining retikulyar formatsiyasidagi neyronlardan orqa miyaga kelib, uni faollashtiruvchi impulslarning yo’qolishi spinal shokning kelib chiqishida katta ahamiyatga egadir.
Spinal shok hodisalari yo’qolgach, uzoq vaqtdan keyin giperrefleksiya kuzatiladi, ya’ni reflektor faoliyat keskin darajada kuchayib qoladi. Masalan, orqa miyasi shikastlangan kishida ommaviy reflekslar degan reflekslar qayd qilingan: bir oyoq panjasiga ta’sir etilganda kishi ikkala oyog’ini tortib olgan, unda terlash, siydik chiqarish va defekatsiya reflekslari yuzaga chiqqan. Orqa miya qirqib qo’yilgach bosh miyadan tormozlovchi ta’sirlar kelmay qolishi, jumladan retikulyar formatsiyadan orqa miyani tormozlovchi impulsar kelmay qo’yishi oqibatida giperrefleksiya kelib chiqadi. Tormozlovchi ta’sirlarning kelmay qolishiga aloqador effektlar spinal shok hodisalari sekin asta yo’qolgandan keyingina yuzaga chiqishi mumkin.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin