O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi


Miya po’stlog’ining hujayra strukturasi (arxiotektonika)



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə128/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Miya po’stlog’ining hujayra strukturasi (arxiotektonika).
Katta yarim sharlar po’stlog’ining struktura elementlari nerv hujayralar va ulardan chiqqan o’siqlar — aksonlar va dendritlar hamda neyrogliya hujayralaridan iborat.
Katta yarim sharlarning butun yuzasi po’stloq bilan qoplangan; po’stloqning qalinligi 1,5 mm dan 3 mm gacha boradi. Voyaga yetgan odamda ikkala yarim shar po’stlog’ining umumiy yuzasi 1450 dan 1700 sm2 gacha. Katta yarim sharlar po’stlog’ida 12 milliarddan 18 milliardgacha neyron bor.
Katta yarim sharlar po’stlog’ining tuzilish xususiyati shuki, nerv hujayralari ustmaust bir necha qavat bo’lib yotadi. Bu qavatlar quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi.
Molekulyar qavat degan I qavat nerv hujayralari kam bo’lib, asosan nerv tolalarining chigalidan tarkib topgan.
II qavat mikroskopik preparatlarda yumaloq, uchburchak va ko’p burchak donalar shaklidagi mayda (diametri 4-8 mk) hujayralar qalin joylashganidan tashqi dona dor qavat deb ataladi.
III qavat dastlabki ikki qavatga nisbatan qalinroq bo’lib, unda kattakichik piramidal hujayralar bor.
IV qavat ichki donador qavat deb ataladi. Ikkinchi qavat kabi, bu qavat ham mayda hujayralardan tuzilgan. Voyaga yetgan organizm katta yarim sharlar po’stlog’ining ba’zi qismlarida bu qavat bo’lmasligi mumkin; masalan, yarim sharlar po’stlogining motor zonasida bu qavat yo’q.
V qavat Betsning katta piramidal hujayralaridan iborat. Bu hujayralarning yuqori qismidan yo’gon o’siq — dendrit chiqib po’stloqning yuza qavatlarida ko’p marta shox laydi. Ikkinchi uzun o’siq akson katta piramidal hujayralardan oq modda ichiga kirib, po’stloq ostidagi yadrolarga yoki orqa miyaga yo’l oladi.
VI qavat mulьtiform qavat bo’lib, uch burchak va dugsimon hujayralardan iborat.
Katta yarim sharlar po’stlog’ining neyronlariki funktsional jihatdan uchta asosiy gruppaga ajratsa bo’ladi. Spetsifik afferent yo’llarning uchinchi neyronlaridan chiqadigan aksonlar qaysi hujayralarda tugasa, o’sha hujayralarbirinchi gruppaga kiradi. Bu hujayralar ko’ruv do’mboqlarining yadrolaridan katta yarim sharlar po’stlog’iga keluvchi afferent impulьslarni qabul qilgani uchun sensor hujayralar deb atalsa bo’ladi. Asosan yulduzsimon neyronlar shunday funktsiyani o’taydi, bunday neyronlar po’stloq sensor sohalarining III va IV qavatlarida ayniqsa ko’p.
Miyaning pastroqdagi bo’limlariga — po’stloq ostidagi yadrolarga, miya stvoliga va orqa miyaga impulьs yuboruvchi hujayralar ikkinchi gruppaga kiradi. Bu katta piramidal neyronlar bo’lib, ularni birinchi marta V. A. Bets 1874 yilda tasvir etgan. Ular yarim sharlar po’stlog’idagi motor.
Katta yarim shar zonaning asosan V qavatida to’planganlar po’stlog’ida neyronlar va Bu neyronlarni motor yoki effektor hujayralar nerv tolalarining joylashuvi. deb hisoblashadi. Katta yarim sharlar o’stlog’ining effektor funktsiyasini yuzaga chiqarishda CHapdagi raqamlar po’stlok kavat larnning tartib raqamlarini ko’r ba’zi Dugsimon hujairalar ham qatnashadi.
Yarim sharlar po’stlog’ining bir yoki turli zonalaridagi har xil neyronlarni o’zaro bog’lay digan hujayralar uchinchi gruppaga kiradi. Ular kontakt yoki oraliq neyron lar, deb ataladi. Mayda va o’rtacha piramidal neyronlar bilan dugsimon hujayralar shu jumladandir.
Katta yarim sharlar po’stlog’i olti qavat hujayralardan tuzilishi bilan birga nerv tolalarining strukturasi ham murakkab. Yarim sharlar po’stlog’ida uning turli qismlarini birlashtiruvchi gorizontal tolalar va kul rang moddani oq moddaga bog’lovchi radial tolalar bor. Nerv tolalari ham 6 qavat bo’lib yotadi. Ularning strukturasi va o’zaro munosabatlari hujayra qavatlarining strukturasidan ham murakkabroq va o’zgaruvchandir.
Yarim sharlar po’stlog’i hujayra strukturasining yuqorida keltirilgan tasviri bir qadar sxematik tasvirdir, chunki po’stloqning turli sohalarida qavatlarning rivojlanish darajasi anchagina tafovut qiladi.
Katta yarim sharlar po’stlog’i hujayralar tarkibi va tuzilish xususiyatlariga qarab, po’stloq maydonchalari degan bir qancha uchastkalarga bo’linadi. Odamda 52 hujayra maydonchasini tasvir etgan Brodmanning tsitoarxitektonik kartasi xalqaro miqyosda keng e’tirof etiladi . Hujayra maydonchalarining batafsilroq klassifikatsiyasini Meditsina fanlari akademiyasining Miya instituti taklif ztgan.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin