O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə136/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Ko’rish sensor tizimi.
Ko’ruv sensor tizimi boshqa analizatorlar orasida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bu tizim miyaga tashqi muhitdan tushgan axborotlarning 90% ini yetkazadi. Ko’rish - ko’p bo’g’inli jarayon bo’lib, ko’ruv obrazining shakllanishi va aks ettirilgan nurlarni to’r pardaga aniq proektsiyalashdan boshlanadi va analizatorning po’stloq markazida ko’ruv doirasida qanday jism borligi to’g’risida xulosa chiqarish bilan tugaydi.
Ko’zning optik tizimi tuzilishi va funktsiyasi. Ko’z olmasi sharsimon shaklga ega bo’lib, chap va o’ng, past va tepada harakat qiluvchi jismlarni ko’rish uchun ko’zni turli tomonlarga harakatlanishini ta’minlaydi. Ko’zga kiradigan yorug’lik nurlari to’r pardaga tushishdan oldin nur sindiruvchi bir necha yuzalar - shox parda, gavhar va shishasimon tananing oldingi va orqa yuzalaridan o’tadi. Nurlarning bosib o’tgan yo’li shox parda, gavxar va shishasimon tana yuzasining nur sindirish ko’rsatkichlariga va egrilik radiusiga bog’liq. Ko’z optik tizimining nur sindiruvchi kuchi dioptriyalar bilan ifodalanadi. (D) Bir dioptriya (D)-fokus masofasi 100 sm bo’lgan linzaning nur sindiruvchi kuchidir. Nur sindiruvchi kuch oshganda fokus masofasi kamayadi. Fokus masofasi 50 sm bo’lganda linzaning nur sindiruvchi kuchi 2 D ga, fokus masofasi 25 sm bo’lganda nur sindiruvchi kuch 4 D ga teng va hokazo.
Ko’zning optik tizimida shox parda, gavxar va shishasimon tananing oldingi va orqa yuzasi har qaysi nurni turlicha sindiradi. Agar bu nur sinishlarining barchasi e’tiborga olinsa, ko’zning optik tizimini talqin qilish juda murakkablashib ketadi. Shuni e’tiborga olib masalani soddalashtirish uchun nurlar ko’zning optik tizimidan o’tish jarayonida bir marta sinadi, deb faraz qilinadi. Ko’zning optik tizimi narsalarning kichraygan va teskari aniq tasvirini to’r pardada hosil qiladi. Uzokdagi narsalarga qaralganda ko’z optik tizimining nur sindirish kuchi 59 dioptriya atrofida, yaqindagi narsalarga qaralganda 70,5 dioptriyaga teng bo’ladi. Buning sababi shuki, uzoqdagi narsalardan kelayotgan nurlar ko’zga parallel tushadi va ularni to’r pardaga fokuslash uchun kuchli sindirish zaruriyati bo’lmaydi. Yaqin masofadagi jismdan ko’zga tarqoq nurlar tushadi. Ularni to’r pardaga fokuslash uchun kuchli sindirish kerak. Bu narsaga gavharning qabariqligini oshirish yo’li bilan erishiladi.
Akkomodatsiya. Narsani ravshan ko’rish uchun uning har bir nuqtasidan keluvchi nurlar to’r pardada bir nuqtaga yigilishi, ya’ni fokuslanishi kerak. Uzoqqa qaralsa, yaqindagi narsalar ravshan ko’rinmay, chaplashib ketadi. Buning sababi shundaki, yaqin nuqtalardan keluvchi nurlar to’r parda orqasida to’planadi, to’r pardada esa yorug’likni sochish doiralari hosil bo’ladi. Ko’zdan turlicha masofadagi narsalarni bir vaqtda bir xil ravshan ko’rish mumkin emas. To’r pardadan yetarlicha uzoqdagi kitobni doka to’r orqali o’qishga ishonish qiyin emas. To’r pardadan turlicha masofada joylashgan narsalarni ravshan ko’rishga ko’zning moslashuvi akkomodatsiya deb ataladi. Gavhar egriligining, binobarin, nur sindirish ko’rsatkichining o’zgarishi yo’li bilan akkomodatsiya yuzaga chiqadi. Yaqindagi narsalarga qaralganda gavxar qabariqroq bo’lib qoladi, shunga ko’ra taraluvchi nurlar bir nuqtada uchrashadi.
Akkomodatsiya mexanizmi. Gavharning qabariqligini o’zgartiradigan kipriksimon muskullarning qisqarishi ko’zning akkomodatsiya mexanizmida muhim ahamiyat kasb etishini G.Gelmgolts ko’rsatib berdi. Gavhar kapsulaga o’ralgan, bu kapsula chetlari esa kipriksimon tana (corpus ciliare)ga yopishuvchi TSinn boylamining tolalariga o’tadi. TSinn boylamlari hamisha tarang turadi va ularning tarangliligi gavharni qisib yassilaydi. Kipriksimon tanada silliq muskul tolalari bo’lib, bu tolalar qisqarganda TSinn boylamlari silqillab qoladi, natijada gavxarni kamroq qisadi. SHundan ma’lumki, kipriksimon muskullar akkomodatsion muskullardir. Ularni harakatlantiruvchi nervning parasimpatik tolalari idora etadi. Ko’zga atropin tomizilganda bu muskulga qo’zg’alish o’tmay qoladi, natijada ko’z yaqindagi narsalarni ko’rishga moslasha olmaydi. Aksincha, parasimpatomimetik moddalar-pilakarpin va ezerin kabilar muskulning qisqarishini chaqiradi. Yoshlarning normal ko’zi uchun ravshan ko’rish uzoq nuqtasi cheksizdir. Ular uzoqdagi narsalarni akkomodatsiyaga zo’r bermasdan ko’raveradi. Ravshan ko’rishning eng yaqin nuqtasi ko’zdan 10 sm masofada bo’ladi. 10 sm dan yaqinrok turgan narsalarni 20 yashar odam hatto kipriksimon muskulni maksimal qisqartirganda ham ravshan ko’ra olmaydi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin