O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə144/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Muvozanat sensor tizimi.
Vestibulyar tizim ko’ruv va samotasensor tizimlar bilan birgalikda insonlarda tana harakati tezlashishi va sekinlashishi hamda boshning fazodagi holati o’zgarishi to’g’risidagi axborotlar asosida skelet muskullari tonusining qayta taqsimlanishini ta’minlab, muvozanat saqlash imkoniyatini beradi. Tana harakati tezligi bir tekisda bo’lsa vestibulyar tizim qo’zg’amaydi.
Vestibulyar apparat vestibulyar tizimning chet tuzilmalari chakka suyak piramidasidagi labirintda joylashgan.
Labirintda daxliz (vestibulut) va uchta yarim doira kanallar (canales cemicircularis) bor. Labirintda vestibulyar apparatdan tashqari chig’anok ham bor, unda esa eshituv retseptorlari joylashadi. Yarim doira kanallar uchta o’zaro perpendikulyar kengliklarda: yukoridagi frontal, orqadagisi-sagittal va laterali esa-gorizontal yo’nalishlarda joylashadi. Har bir kanalning oxiri kengaygan bo’ladi (ampula). Vestibulyar apparatda yana ikkita kopcha ham mavjud: sferik (sacculus) va elliptik (utrugulus). Ularning birinchisi chig’anoqqa yaqin joylashsa, ikkinchisi esa yarim doira kanallarga yaqin joylashadi. Qopchalarning dahlizida otolit apparati joylashadi: retseptor hujayralarning to’plangan joyi (ikkilamchi-sezuvchi mexanoretseptorlar).
Qopcha bo’shlig’iga turtib chiquvchi retseptorning bir qismi bitta uzun harakatchan tukcha va 60-80 ta bir-biriga yopishgan harakatsiz tukchalari bo’ladi. Bu tukchalar jelesimon membranaga kirgan bo’ladi, membrana esa karbonat kaltsiy - otolitlardan tashkil topadi. Tukli retseptor hujayralarning qo’zg’alishi otolit membranasini siljitib, tukchalarni bukishi natijasida ro’yobga chiqadi.
Vestibulyar tizimda elektrik xodisalar. Vestibulyar nerv tinch turgan vaqtda ham spontan impulsatsiya qayd qilinadi. Impulslar chastotasi bosh bir tomonga burilganda ortadi, ikkinchi tomonga burilganda esa tormozlanadi.
Ayrim holatlarda har qanday harakatlarda har razryadlar chastotasi oshib ketadi yoki aksincha kamayadi. Vestibulyar neyronlarning yadrolari tananing burilishiga, oyoq va qo’llarning holatiga, ichki organlardan kelayotgan signallarga o’ta sezgirlik bilan reaktsiya qiladi.
Vestibulyar tizim bilan bog’liq bo’lgan kompleks reflekslar. Vestibulyar neyronlarning yadrolari turli xil harakat reaktsiyalarni nazorat qiladi va boshqaradi. Ulardan eng muhimlari: vestibulospinal, vestibulovegetativ va vestibulokuzni harakatlantiruvchi reaktsiyalardir. Vestibulospinal ta’sirlar vestibulo-, retikulo-, va rebrospinal traktlar orqali orqa miyada segmentlar darajasida neyronlar impulsatsiyasini o’zgartiradi. Bundan tashqari skelet muskullari tonusining dinamik qayta taqsimlanishini amalga oshiradi va muvozanatni saqlash uchun zarur bo’lgan reflektor reaktsiyalarni yuzaga chiqaradi. Miyacha bu xolatlarda bu reaktsiyalarning davriy xarakterga ega bo’lib, uni olib tashlaganda vestibulospinal ta’sirlar asosan tonik harakterga ega bo’lib qoladi.
Vestibulovegetativ reaktsiyalarga yurak qon tomir tizimi, hazm qilish trakti va ichki organlar jalb qilinadi. Vestibulyar apparatga uzoq va davomli ta’sir etilganda «harakat kasalligi» deb ataluvchi patologik simptomokompleks yuzaga chiqadi. Masalan, dengiz kasalligi.
Vestibulyar tizimning vazifalari. Bu tizim organizmni faol yoki sust harakat qilayotgan paytida fazoda muvozanatini saqlaydi. Organizm sust harakat qilayotganda po’stloq bo’limlari harakatning yo’nalishini, burilishlarni va bosib o’tilgan masofani eslab qoladi. Normal sharoitlarda insonning fazoviy orientatsiyasini ko’ruv va vestibulyar tizimlar ta’minlab beradi. Sog’lom odamlarda vestibulyar apparat sezgirligi juda yuqori bo’ladi, otolit apparat to’g’ri chiziqli harakatning 2 sm/s2 ortishini sezsa, boshning egilishi 10 og’ishi organizm uchun sezilarli bo’ladi.



Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin