O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə140/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Ko’ruv tizimidagi nerv yo’llari va ularning bir–biri bilan aloqasi. Ko’zni to’r pardasidan axborotlar ko’ruv nervi orqali (II- juft nerv) bosh miyaga uzatiladi. Har bir ko’zning ko’ruv nervlari miya asosida uchrashadi va kesishadi (xiazma). Bu yerda har bir ko’ruv nervining tolalari ko’zning qarama-qarshi tomoniga o’tadi. Tolalarning qisman kesishishi ikkala ko’zdan kelgan axborotlarni katta yarim sharlarga borishini ta’minlaydi. Bu kesishishdan so’ng ko’ruv nervlari ko’ruv traktlari deb ataladi. Ular ko’plab miya tizimlarida proektsilanadi, lekin ko’pgina tolalar po’stloqosti talamik ko’ruv markaziga–lateral yoki tashqi, tizzasimon tanaga keladi. Signallar bu yerdan po’sloqning ko’ruv sohasini birlamchi proektsiyalovchi bo’limiga uzatiladi. (Brodman bo’yicha 17-maydon). Po’stlokning barcha ko’ruv zonasi o’zida bir necha maydonlarni birlashtiradi va ularning har biri o’zining ixtisoslashgan vazifasini amalga oshiradi, lekin signallari to’r pardaning barcha qismidan qabul qiladi, va natijada uning topologiyasi yoki retinotopiyasini saqlab qoladi.
Ko’z to’r pardasi va ko’ruv nervidagi elektr xodisalar. Tayoqcha va kolbachalardagi ko’ruv pigmentlarining fotokimyoviy o’zgarishlari, yorug’lik ta’sirida ko’ruv retseptorlarining qo’zg’alish hodisalari zanjiridagi boshlang’ich bo’g’in bo’lib hisoblanadi. Ko’ruv retseptorlarida, so’ngra ko’ruv nervida barcha fotokimyoviy reaktsiyalar ro’y bergach, ko’zning murakkab retseptor apparati qo’zg’alib, elektr tebranishlar yuzaga chiqadi.
Elektroretinogramma deb ataladigan elektr tebranishlarini zararlanmagan ko’zga yoki bevosita to’r pardaga yorug’lik ta’sir etib, elektr potentsiallari farqini ajratib olishda aniqlasa bo’ladi. Elektroretinogrammaning vujudga kelishi tayoqcha va kolbachalardagi fotokimyoviy jarayonlarga bog’liq ekanligi shu bilan isbot etiladiki, ko’zning elektr reaktsiyalari ontogenezda yorug’likni sezuvchi retseptorlar-tayoqchalar va kolbachalarning taraqqiy etishi va ularda ko’ruv pigmentlarining vujudga kelishi bilan bir vaqtda ro’y beradi. Ko’ruv pigmetlarining miqdori elektroretinogramma to’lqinlarining amplitudasiga qarab o’zgaradi.
Fotokimyoviy jarayonlar bilan elektr jarayonlar o’rtasidagi fermentativ reaktsiyasining qandaydir oraliq bo’g’ini mavjuddir.
Aksari hayvonlar ko’ziga 1-2 sekund davomida yorug’lik tushirilganda elektroretinogramma olinadi, bu retinogramma xarakterli bir necha to’lqinga bo’linadi. Birinchi to’lqin – α to’lqin amplituda jixatdan kichik elektr tebranishi bo’lib, tinchlik potentsialining kamayganligidan dalolat beradi. Bu tebranish tez ortadigan va sekin kamayadigan musbat elektr to’lqini - β to’lqinga o’tadi. β to’lqinning pasayish fonida ko’pincha musbat elektr to’lqini-sust s to’lqin kuzatiladi. Yorug’lik ta’sir etishi to’xtagan paytda yana bir musbat to’lqini –d to’lqin maydonga keladi.
Ko’zning yorug’likka sezuvchanligi. Ko’zning absolyut (mutloq) sezuvchanligi. Ko’ruv sezgisi vujudga kelishi uchun yorug’lik manbaida bir qadar muayyan energiya bo’lishi kerak. Ko’ruv sezgisining vujudga kelishi uchun zarur bo’lgan minimal energiya miqdoriga ko’zning absolyut sezuvchanligining ko’rsatkichi bo’lib hizmat qiladi. Sekundiga egrlar hisobida o’lchanadigan bo’sag’a energiyasi miqdori qulay sharoitda juda kam bo’lib, 1∙10-10−1∙10-11 egr/ sekni tashkil etadi.
Qorong’ida qolgan ko’zda qo’zg’alish vujudga kelishi zarur bo’lgan minimal yorug’lik kvantlari soni 8 dan 47 gacha ekanligini S.I.Vavilov ko’rsatib berdi.
Ko’ruv adaptatsiyasi. Ko’z sezuvchanligi boshlang’ich yoritilish darajasiga, ya’ni odam yoki hayvonning ravshan yoritilgan yoxud qorong’i binoda turganligiga bog’liq. Qorong’i binodan yorug’likka chiqilganda avval ko’z hech narsani ko’rmay qoladi, ko’z sezuvchanligi sekin-asta kamayadi: ko’z yorug’likka nisbatan adaptatsiyalanadi. Ko’zning ravshan yoritilish sharoitiga shunday moslashuvi yorug’lik adaptatsiyasi deb ataladi. Bunga nisbatan teskari xodisa, esa, ya’ni yorug’ honadan qorong’i xonaga kirganda kuzatiladi, bu qorong’i adaptatsiyasi deb yuritiladi.
Qorong’uda turganda to’r parda sezuvchanligi dastlabki 10 daqiqada ko’z sezuvchanligi 50-80 marotaba ortadi, so’ngra bir necha soat davomida esa bir necha o’n ming marotabaga oshadi. Bu jarayonda ko’ruv pigmentlarini qayta tiklanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Qorong’ulikda kolbachalar pigmenti tayoqchalar rodopsiniga nisbatan tezroq qayta tiklanadi, shuning uchun qorong’ulikning birinchi daqiqalarida adaptatsiyani kolbachalar ta’minlaydi. Adaptatsiyaning birinchi bosqichida ko’zning sezuvchanligida deyarli o’zgarishlar ro’y bermaydi, buning sababi kolbacha apparatining absolyut sezuvchanligi unchalik yukori emasligidadir. Adaptatsiyaning keyingi bosqichi tayoqcha rodopsinini qayta tiklanishi bilan bog’liqdir. Bu bosqich faqatgina qorong’ulikda bir soat bo’lgandagina o’z nihoyasiga yetadi. Rodopsinni qayta tiklanishi tayoqchalarni yorug’likka keskin sezuvchanligini oshiradi (100000-200000 marotaba). Qorong’ulikda faqat tayoqchalar sezuvchanligining ortishi, sal-pal yoritilgan narsalar ko’ruv maydonining markazidan tashqarida bo’lgandagina, ya’ni narsalar to’r pardaning periferik qismlariga ta’sir etgandagina ular ko’rinadi. Ko’ruv adaptatsiyasida ko’ruv pigmentlaridan tashqari, to’r pardaning elementlari orasidagi o’zaro aloqalaridagi o’zgarishlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Qorong’uda ganglioz hujayra retseptiv maydonining kengayishi, ya’ni bir ganglioz hujayraga ko’proq fotoretseptorlar ulana olishi aniqlandi. Bu holatda fotoretseptorlarning konvergentsiyasi bipolyar neyronlarga ortsa, o’z navbatida bipolyar neyronlarni esa ganglioz hujayralariga konvergentsiyasi ortadi. Buning natijasida to’r pardaning periferiyasida fazoviy summatsiya hisobiga yorug’lik sezgirligi qorong’uda ham ortadi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin