O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə142/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Nazorat savollari.
1. Sensor tizimning tekshirish usullari?
2. Sensor tizim tuzilishining umumiy tarzlari?
3. Sensor tizimning asosiy vazifalari?
4. Signallarni bir-biridan ajratish?
5. Signallarni o’tkazish va o’zgartirish?
6. Axborotlarni kodlash?
7. Signallarni detektorlash?
8. Obrazni tanish?
9. Retseptorlarning sinflanishi?
10.Retseptorlarning umumiy qo’zg’alish mexanizmlari?
11. Sensor tizimda axborotlarni qayta ishlash mexanizmlari?
12. Sensor tizimning moslashishi (adaptatsiyasi)?
13. Sensor tizimlarning o’zaro aloqasi?
14. Ko’zning optik tizimi tuzilishi va funktsiyasi?
15. Akkomodatsiya va uning mexanizmi?
16. Ko’z refraktsiyasining anomaliyalari?
17. Qorachiq va qorachiq refleksi?
18. To’r pardaning tuzilishi va funktsiyalari?
19. Fotoretseptorlar va ularning tuzilishi?
20. Ko’ruv tizimidagi nerv yo’llari va ularning bir–biri bilan aloqasi?
21. Ko’z to’r pardasi va ko’ruv nervidagi elektr xodisalar?
22. Ko’zning yorug’likka sezuvchanligi. Ko’zning absolyut (mutloq) sezuvchanligi?
23. Ko’ruv adaptatsiyasi?


ESHITUV ANALIZATORI. VESTIBULYAR APPARAT.
Reja:
1. Eshituv sensor tizimi.
2. Muozanat sensor tizmi.
3. Ta’m bilish va hid bilish sensor tizmi.
4. Muskul- bo’g’im sezgilari.
5. Taktil bosim sezgilari.
6. Og’riq sezgisi.
7. Vistseroretseptsiya.


Tayanch iboralar:sensor tizim, retseptor, vestibulyar, vistseproretseptsiya, taktil tizim.


Eshituv sensor tizimi.
Eshituv tizimi - insonlardagi eng muhim distant sensor tizimlardan biri bo’lib, insonlarda nutqning paydo bo’lishi va shaxslarning o’zaro munosabatida muhim ahamiyat kasb etadi. Akustik signallar havoni har xil chastota va kuchda tebratib, ikkala quloqning chig’anog’ida joylashgan eshituv retseptorlarini qo’zg’atadi.
Tashqi va o’rta quloqning tuzilishi va vazifalari. Tashqi eshituv yo’li tovush tebranishlarini quloq pardasiga (nog’ora parda) yetkazadi. Nog’ora parda tashqi quloqni o’rta quloqdan ajratib turadi, uning shakli ichkariga yo’nalgan voronkani eslatadi (0,1 mm) . Nog’ora parda tashqi eshituv yo’li orqali kelgan tovush to’lqinlariga tebranadi.
O’rta quloq. Havo bilan to’lgan o’rta quloqda uch xil suyakchalar mavjud. Ular bolg’acha, sandon va uzangi deb nomlanadilar, bu suyakchalar nog’ora pardaning tebranishlarini ichki quloqqa o’tkazadi. Suyakchalardan biri- bolg’acha dastasi nog’ora pardaga suqilib kirgan, bolg’achaning ikkinchi tomoni sandonga birlashgan. Nog’ora pardaning tebranishlari bolg’acha dastasi bilan sandon o’sig’idan tuzilgan richagning uzunchoq dastasiga o’tadi, shu sababli tovush tebranishlari amlitudasi kamayib, kuchi oshgan holda uzangiga keladi. Uzangining boshi darcha membranasiga tarqalib turadigan yuzasi 3,2 mm2 ga teng. Nog’ora pardaning yuzasi esa 70 mm2. Nog’ora parda bilan uzangi yuzasining nisbati 1:22, shu tufayli tovush to’lqinlari oval darcha membranasini taxminan 22 barobar ortiqroq kuch bilan bosadi.
Havoli muhitda yoyiladigan tovush tebranishlari eshituv suyakchalari orqali o’tib, endolimfa suyuqligining tebranishlariga aylanadi.
O’rta quloqning ichki quloqdan ajratib turgan devorchada oval darchadan tashqari, yumaloq darcha ham bor. Chig’anoq endolimfasining oval darcha yonida vujudga keladigan va chig’anoq yo’llari orqali o’tgan tebranishlari so’nmasdan yumaloq darchaga yetib keladi.
O’rta quloqda m. tensor tumpani bilan m. stapedius deb ataluvchi ikkita muskul bor. Birinchisi qisqarganda nog’ora pardani taranglaydi, shu tufayli nog’ora pardada tebranishlarning amplitudasi chegaralanadi, ikkinchisi esa uzangini maxkam ushlab turadi va shu bilan uning harakatlarini cheklaydi. Bu muskullar qattiq tovush berilgandan so’ng 10 ms dan keyin reflektor ravishda qisqaradi. O’rta quloq bo’shlig’ini burun-xalqumga tutashtiruvchi Evstaxiy nayi borligidan o’rta quloq bo’shlig’idagi bosim atmosfera bosimiga teng bo’ladi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin