Muskul-bo’g’im sezgisi. Gavdaning fazodagi o’rni va muskullardan ham birining nechog’lik qisqargani haqida axborot olish normal muskul faoliyati uchun zarur shartdir. Bu axborot markaziy nerv sistemasiga vestybulyar apparag, ko’z, teri retseptorlaridan, shuningdek bo’g’immuskul retseptorlari (proprioretseptorlar) dan boradi. Muskul tolalari orasidagi muskul duglari, iaylarning ichida yotgan Golji tanachalari va muskullarni qoplovchi fastsiyalar, boylamlar va periost ichidagi Pachini tanachalari proprioretseptorlarga kiradi. Bu retseptorlarning hammasi mexanoretseptorlar gruppasiga qo’shiladi. Muskul duglari va Golji tanachalari cho’zilganda qo’zg’aladi. Pachini tanachalari esa bosim ta’sirida qo’zg’aladi.
Muskulga boruvchi har qanday nervdagi tolalarning 30—50 protsenti proprioretseptorlardan impulsatsiya olib keluvchi afferent tolalar ekanligi muskullardagi afferent innervatsiyaning muhimligini ko’rsatadi. Yuqorida qayd qilinganidek, muskullarning afferent innervatsiyasi uzib qo’yilganda, masalan, orqa miyaning orqa ildizlari qirqib qo’yilganda muskullarning harakat innervatsiyasi saqlanishiga qaramay koordinatsiyalangan muskul faoliyati buziladi.
Muskul duglari yuksak darajada differentsiallashgan retseptor tuzilmalar bo’lib, afferent va efferent nerv tolalari bor. Har bir dug intrafuzal ko’ndalang targ’il muskul tolalari degan bir nechta ingichka toladan iborat. Yakka tola markaziy tsism — yadro xaltasi va qisqara oladigan ikkita qismdan iborat. Yadro xaltasidagi retseptorlar mielin pardasi bilan qoplangan yo’g’on afferent nerv tolalarining spiralsimon oxirlaridir. Intrafuzal tolaning qisqaradigan qismlari gammaefferent tolalar degan ingichka motor tolalar bilan innervatsiyalangan, bu tolalar mayda oxirgi plastinkalarni hosil qiladi.
Intrafuzal tolaning bir uchi odatdagi muskul tolasiga, ikkinchi uchi esa muskul payiga yopishadi. SHunday qilib, intrafuzal golalar ko’pchilik muskul tolalariga parallel holda, ularning orasida yotadi. Muskul cho’zilgan yoki bo’shashgan bo’lsa, muskul duglari ham cho’ziladi va yadro xaltasining retseptorlarida markaziy nerv sistemasiga boradigan impulslar paydo bo’ladi. Muskul qisqargan bo’lsa, muskul duglarining tarangligi bo’shashib, impulsatsiya to’xtaydi.
Proprioretseptorlarning ikkinchi turi — Golji tanachalari — paylarda bo’ladi. Muskul qisqarganda Golji tanachalari cho’zilib, nerv impulslari vujudga keladi.
Muskul duglaridan markaziy nerv sistemasiga boruvchi impulslar shu muskulda reflektor reaktsiyaning vujudga kelishini osonlashtiradi va antagonist muskulning qisqarishini tormozlaydi. Pay retseptorlari — Golji tanachalaridan keluvchi impulslar qarama-qarshi reflektor reaktsiyalarni yuzaga chiqaradi.
R.Granit ko’rsatganidek, muskul duglaridan boshlanuvchi impulsatsiya maxsus regulyator mexanizm yordamida o’zgarishi mumkin. Bundan mexanizm intrafuzal tolaning yadro xaltasidan ikki tomonda yotgan qisqaruvchi elementlardan tuzilgan. SHu elementlarning qisqarishi natijasida yadro xaltasi cho’ziladi va dug retseptorlari ta’sirlanadi. Shunday qilib, ko’ndalang targ’il muskul hatto ozgina qisqarganda yoki bo’shashganda ham, bu retseptorlardan markaziy nerv sistemasigaintensiv impulsatsiya boraveradi.
Dugdagi qisqaruvchi elementlarning qisqarish darajasini gammaefferent nerv tolalari boshqaradi, bu tolalar esa orqa miyadagi gammamotoneyronlarning o’siqlaridan iborat. Gammaefferent tolalar orqali keluvchi impulslar intrafuzal muskul tolalarini qisqartirdi, natijada yadro xaltasining cho’zilayotgan retseptorlaridan afferent impulslar ko’proq boradi. Gammamotoneyronlar aktivligini o’rta miyaning retikulyar formatsiyasi boshqaradi.
Muskul duglarining qisqaruvchi elementlari hamisha bir qadar tonus holatida bo’ladi, chunki ularga markaziy nerv sistemasidan gammaefferent tolalar orqali impulslar uzluksiz kelib turadi. Shu tufayli muskul duglaridan orqa miyaga afferent impulslar boradi, bu impulslar esa o’z navbatida orqa miyaning motoneyronlarini tonus holatiga keltiradi. Bu, skelet muskullari reflektor tonusining sabablaridan biridir.
Proprioretseptorlarning farq qiladigan xususiyati shuki, bularda adaptatsiyalanish qobiliyati kam, shunga ko’ra, markaziy nerv sistemasi skelet muskullarining holati haqida uzluksiz signal olib va harakat aktlarini uzluksiz boshqarib tura oladi.
Kinestetik signallar, ya’ni gavdaning ayrim qismi harakati to’g’risidagi signallar organizmda idrokning taraqqiy etishida g’oyat muhim rol o’ynaydi. Ular boshqa sezgi organlarining, masalan ko’ruv organining asosiy kontroli hisoblanadi. Masalan, biror narsaning qancha uzoqda ekanligi muskul sezgisining yordamida ko’z bilan ko’rib bilinadi. Narsani ushlaganda yoki narsaga yaqinlashganda muskullar qisqarishi munosabati bilan kelib chiqadigan qo’zg’alishlar ko’ruv sezgilariga qo’shilib ketadi va narsaning qancha uzoqda ekanligi haqida fikr yuritish uchun eng muhim kriteriy (mezon) bo’lib xizmat qiladi.