O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə160/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Uzoq muddatli xotira. Odamlarning bilimlari, hayvonlarni hayotiy tajibalari uzoq muddatli xotira shaklida bo’ladi. Uzoq muddatli xotiraning mexanizmi xaqida turli xil fikrlar mavjud.
Har qanday ta’lim jarayonining asosida neyronlararo yangi bog’lanishlarning hosil bo’lishi yoki mavjud bog’lar orqali qo’zg’alish o’tishining osonlashishi yotadi. Qo’zg’alish o’tishining osonlashishi sinapsdan impulslarni o’tishini tezlashishi orqali amalga oshadi. Buni suvaraklarda o’tkazilgan tajribada yaqqol ko’rish mumkin. Oldingi oyoqlari kesib tashlangan suvaraklar mo’ylovlarini orqa oyoqlari bilan tozalashga o’rganadi orqa oyoqlarini harakatga keltiruvchi motor neyronlarda qo’zg’alishni sinapsdan sekinlab o’tishi keskin kamayadi. Shartli reflekslarni hosil qilinayotganda jarayonda qatnashayotgan sinapslarda tikonlar paydo bo’lganligi xaqida ma’lumotlar mavjud. Sinapslarda tikonlarning paydo bo’lishi shartli refleks faoliyati kuchaygan yoshda tezlashadi, bundan tashqari murakkab masalalarni xal qilayotgan individlarda faol sinapslarning soni ortganligi kuzatilgan. Boshqa bir fikrga ko’ra uzoq muddatli xotirada ishtirok etayotgan sinapslarda qo’zg’alishning o’tishi osonlashadi. Shartli va shartsiz qo’zg’atuvchilarni takror va takror ta’sir qilinishi natijasida markaziy neyron sinapslari membranalari fizik kimyoviy o’zgarishlarga uchrab impulslarning o’tishi osonlashadi.
Membranani qutbliligi mustahkam siljishi uni fizik-kimyoviy o’zgartirib xotira izlarini shakllanishiga asos bo’lib xizmat qiladi. Bosh miya yarim sharlari po’stlog’ida doimiy tok ta’sirida qutblilikni o’zgartirib yuqori qo’zg’aluvchan sohalarni tajribada hosil qilingan. Bunday o’zgarishlar tabiiy sharoitda dominant markazlarda ham yuzaga kelishi mumkin. Bu shartli reflekslarni hosil bo’lishini osonlashtiradi.
Sinapslarning samaradorligini orttirishda ularni posttetanik potentsiallashni muhim ahamiyati bor. Orqa miya motoneyronlarini afferent yo’llar orqali ta’sirlash ulardan qo’zg’alish o’tkazishning osonlashishi 7 min. davomida yuqoriligicha qoladi. Gippokampni ta’sirlash yuqoridagi holatni bir necha soatga cho’zadi.
Sinapslardan qo’zg’alish o’tishining ortishida qo’zg’atuvchi mediatorlardan atsetilxolinga alohida e’tibor berilgan tajribalar qilingan. Tajriba natijalariga ko’ra shartli refleks hosil qilinayotganda xolinesteraza fermenti faolligining ortganligi aniqlangan, agar xolinesteraza faolligi sun’iy yo’l bilan susaytirilsa, xotiraning tuzalishi kuzatilgan. Demak, xotira izlarining shakllanishida va mustahkamlanishida mediatorlar va ularni parchalovchi fermentlarning ahamiyati katta.
Uzoq muddatli xotira nerv hujayralari kimyoviy tarkibiga ta’sir qiladi. Xotirani tushuntirishda sinapslardan qo’zg’alish o’tishining o’zgarishi orqali amalga oshirishini ko’rdik. Biroq sinapslarni funktsional holati va ularning faoliyati ko’p jihatdan hujayra tanasida va neyroplazmada va yadrodagi jarayonlarga bog’liq.
Hujayra tanasi qo’zg’alishlarni o’tkazish uchun asosiy vazifani bajarishi hammaga ma’lum. Shu sababli uzoq muddatli xotiraning mexanizmini neyroplazma kimyosi bilan bog’liq holda yechishga urinilgan tajribalar mavjud.
Shunday moddiy asos bo’lib RNK ni ko’rsatish mumkin. Tadqiqotchilarning fikricha har qanday habar RNK molekulasi tuzilishida maxsus iz qoldiradi. RNK molekulasi oqsil molekulasini sintezlash uchun qoliplik vazifasini bajaradi. Uzoq muddatli xotirani hosil bo’lishi RNK molekulasida nukleotidlarni joylashishini o’zgarishi bilan amalga oshsa kerak. O’tkazilgan tajribalardan shu narsa aniqlandiki, murakkab harakat qilishga o’rgatilgan kalamushlarning neyronlarida nukleotidlar tarkibida o’zgarishlar bo’lganligini ko’rsatadi. Oddiy harakatlar bajargan kalamushlarda yuqoridagi o’zgarishlar kuzatilmaydi. Biroq RNK molekulasini uzoq vaqt saqlanmasligi u orqali uzoq muddatli xotirani tushuntirishga to’sqinlik qiladi. Shu sababli xotira izini hujaraning irsiy apparatidan izlashga to’g’ri keladi va bu narsa DNK hisoblanadi. DNK molekulasi uzoq muddatli xotirani shakllanishida ishtirok etishi kalamushlarda o’tkazilgan tajribalarda ko’rsatildi.
Tajriba natijalaridan shu narsa ma’lum bo’ldiki, shartli reflekslarni hosil bo’lishida DNK molekulalarini metillanish darajasi ortib ketadi. Bu o’z navbatida ayrim genlarning faolligini orttiradi. Bu o’zgarishlar gippokam va bosh miya yarim sharlarida sezilarli bo’lib, miyachada unchalik ko’rinmaydi.
Nerv hujayrasining asosiy tuzilmalari oqsil molekulalari hisoblanadi. Shu sababli uzoq muddatli xotirani o’rganuvchilarning e’tibori neyron oqsillari va ularni fraktsiyalarini o’rganishga qaratilgan. O’qitish vaqtida oqsillar sintezini tezlashishi ularni xotirada ahamiyati borligini ko’rsatadi. Kabutarlarda o’tkazilgan tajribalarda o’rgatish jarayonida miya oqsillarining membranadagi glikoproteidlarning fraktsiyalari ko’payganligini kuzatiladi. Oqsillarning uzoq muddatli xotirani shakllanishdagi ahamiyatini ko’rsatuvchi tajriba natijalariga ko’ra oqsil sintezi to’xtatilsa, qisqa muddatli xotirani uzoq muddatli xotiraga o’tishi buzilgan.
Shunday qilib qisqa muddatli xotirani uzoq muddatli xotiraga o’tishida oqsillarni ayniqsa membranadagi kislotali oqsillarni va glikoproteinlarni ahamiyati katta ekan.
Uzoq muddatli xotirani moddiy asosi sifatida peptidlarni ham ahamiyati bor. Ular aminokislotalardan tarkib topgan, biroq oqsilga nisbatan soddaroq tuzilishiga ega. Bunday peptidlar shartli reflekslarni hosil bo’lishini tezlatadi.
Ularni boshqa organizmlarga yuborilsa orttirilgan malakalarni namoyon etadi. Bu xotirani ko’chirish masalasiga olib kelmoqda.
Xotirani ko’chirish. Xotirani ko’chirishga oid tajribalar alohida ahamiyatga ega. Bu muammo yuzaga kelishi planariyalarda o’tkazilgan tajribaga bog’liq. «O’qigan» planariyalarni iste’mol qilgan chuvalchanglarda shartli reflekslarni hosil qilish tezlashgan. Bu tajribalarda xotirani bir individdan ikkinchi individga o’tish RNK orqaliligi aniqlangan.
Umurtqali hayvon miyasi ekstraktini boshqa hayvonlarga yuborish hisobotga xotirani o’rganish tajriblari natijalari doimo bir xil chiqmagan. Miya ekstraktidan ajratib olingan peptidni aniq ta’sir qilish imkoniyati borligi aniqlanadi. Qorong’idan qochishga o’rgatilgan kalamush miya ekstraktidan ajratib olingan peptid (15 aminokislota) o’rganilmagan kalamushlarga yuborilsa, ular ham qorong’idan qochishgan. Bu peptidga skotofobin deb nom berishgan. Sun’iy yo’l bilan sintezlangan skofobin ham tabiiyday ta’sir ko’rsatgan. Qorong’ida qolgan kalamushlarda u stress holatini yuzaga keltirgan. Biroq xotirani ko’chirish kontseptsiyasi ko’pchilik tomondan tan olingan emas. Shunga qaramasdan bu muammoni hal qilish xotira mexanizmlarini hal qilishda zarur bo’ladi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin