O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə161/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Uyqu va uning mexanizmi.
Uyqu yuksak darajadagi hayvonlar organizmining qaytarib bo’lmaydigan ehtiyojidir. Odam umrining uchdan bir qismi davriy uyqu holatida o’tadi.
Uyqu vaqtidagi fiziologik o’zgarishlar. Nerv sistemasi, jumladan bosh miya katta yarim sharlar po’stlog’y aktivligining kamayishi, tevarakatrofdagi voqelikdan aloqa uzilishi uyquning eng doimiy vamuhim belgilaridir.
Organizmning tashqi olam byLan aloqasi odatda tez, go’yo to’satdan uziladi va xuddi shunday zudlyk bilan tiyraklikka almashinadi, ya’ni nerv sistemasining aktivligy va unga aloqador adekvat kontakt — organizmning tevarakatrofdan muhit bilan aloqasi tiklanadi. Uyqu vaqtida oliy nerv faoliyatida va sensomotor sferada ayniqsa keskin o’zgarishlar ro’y beradi.
Uyqu vaqtida olingan elektroentsefalogramma o’zgarishlari xarakterlidir. Tiyraklik holatidan uyquga o’tganda, qoida o’laroq po’stloq ritmlari sekinlashadi, elektroentsefalogrammada tiyraklik holatiga xos bo’lgan Ildam betaritm o’rniga yuksak amplitudali alfa, tetava delьtatebranishlar paydo bo’ladi. Ammo so’nggi vaqtda chuqur uyquning shunday formalari tasvir etildiki, unda elektroentsefalogrammada sekin ritmlar o’rniga past amplitudali, yuksak chastotali tebranishlar paydo bo’ladi, bu tebranishlar esa tiyraklik vaqtidagi tebranishlarga o’xshaydi. Bu, tush ko’rishga bog’liq, deb faraz qilishadi.
Chuqur uyqu vaqtida muskul tonusining pasayganligi yaqqol ko’rinadi. Uxlab yotgan kishining aksari muskullari tamomila bo’shashgan bo’ladi. Utirgan holda uxlab qolgan kishining uyqudan ilgari qo’lida ushlab turgan narsalari qo’lidan tushib ketishiga, boshi ko’kragiga engashib qolishiga, tanasi esa pastga tushishiga sabab shu.
Ammo muskullarning bo’shashuvi va tonusining pasayishi uyquning’ doimiy va muqarrar komponentlari zmas, xatto normal uyqu vaqtida turli harakatlar bajarilishi mumkin, masalan, o’tirib uxlab qolganda muayyan poza uzoq saqlanishi mumkin. Gipnotik uyqu (gipnoz uyqusi)ning ba’zi formalarida, masalan, kataleptik uyquda muskullar tonusi hatto keskin darajada oshib ketadi. Sezuvchanlikning hamma turlari— ko’ruv, eshituv, ta’m bilish, hidlash va teri sezuvchanligi juda ham pasayadi. Uxlayotgan kishida biron reaktsiyani yuzaga chiqarmoq uchun tiyraklik davridagiga nisbatan kuchliroq ta’sirotni qo’llanish talab qilinadi.
Uyqu vaqtida reflektor funktsiya keskin darajada susayganligi qayd qilinadi. Shartli reflekslar tormozlangan, shartsiz reflekslar ancha susaygan bo’ladi. Bu reflekslarning ta’sirot bo’sag’alari ancha oshadi, latent davri uzayadi. Uyqu manzarasida sensomotor o’zgarishlar vegetativ funktsiyalarning o’zgarishiga nisbatan ustun bo’lib chiqadi.
Tinch chuqur uyqu vaqtida nafas olish xiyla siyrak, tekisroq bo’ladi; gazlar almashinuvi va asosiy almashinuv birmuncha susayadi; yurak urishi siyraklashadi; arterial bosim pasayadi; buyraklarda siydik qamroq hosil bo’ladi.
Tungi uyqu vaqtida odamning gavda temperaturasi pasayadi. Ammo bu, uyquning qanday bo’lmasin to’g’ridanto’g’ri spetsifik ta’siriga bevosita bog’liq emas. Odam gavda temperaturasining sutkalik o’zgarishlari - kechasi pasayishi va kunduzi ko’tarilishi (sutkalik minimal temperatura taxminan soat 3 dan 5 gacha, maksimal temperatura soat 16 dan 18 gacha kuzatiladi) uyqu kelmaganda yoki tartibi buzilganda,, ya’ni odam kunduzi uxlab, kechasi uxlamaganda kuzatiladi.
Uyqu turlari. Uyquning bir necha turi bor:
1) davriy sutkalik uyqu;
2) davriy, mavsumiy uyqu (hayvonlarning qishki yoki yozgi uyqusi);
3) turli ximiyaviy yoki fizik agentlar ta’sirida kelib chiqadigan napkotik uyqu;
4) gipnotik uyqu;
5) patologik uyqu.
Uyquning dastlabkl ikki turi — fiziologik uyqu turlari, qolgan uch turi esa organizmga maxsus nofiziologik ta’sirlar oqibati hisoblanadi. Masalan, narkotik uyqu efir yoki xloroform bug’larini nafasga olish, organizmga alkogolь, morfin va boshqa ko’pgina zaharlarni kiritish, elektr toki bilan uzluksiz ta’sir etish (elektronarkoz) va boshqa ko’pgina ta’sirlar natijasida yuzaga chiqishi mumkin. Patoloyoik uyqu etiologiyasi va bel gilari jihatidan bir necha tur xillarga ajratilishi mumkin. Miya anemiyasida, ya’ni uning qon ta’minoti yetarli bo’lmaganda, miya qisilganda, katta yarim sharlarda o’sma paydo bo’lganda yoki miya stvolining ba’zi qismlari zararlanganda patologik uyqu ro’y beradi. Ko’pincha patologik uyqu uzoq vaqt — ko’p kunlar, haftalar, oylar va hatto yillar mobaynida kuzatilishi mumkin. Patologik uyqu vaqtida muskullar tonusi pasayishi, shuningdek ko’tarilishi mumkin.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin