O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə287/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Nazorat savollari.
1. Sensor tizimning tekshirish usullari?
2. Sensor tizim tuzilishining umumiy tarzlari?
3. Sensor tizimning asosiy vazifalari?
4. Signallarni bir-biridan ajratish?
5. Signallarni o’tkazish va o’zgartirish?
6. Axborotlarni kodlash?
7. Signallarni detektorlash?
8. Obrazni tanish?
9. Retseptorlarning sinflanishi?
10.Retseptorlarning umumiy qo’zg’alish mexanizmlari?
MАSHGʼULOT № 15. ASAB TIZIMI OLIY BO‘LIMLARINING VAZIFALARI. SHARTLI REFLEKSLAR. OLIY ASAB FAOLIYATI TIPLARI.
OʼQITISHNING USULI VА TEXNIKАSI
- logik masalalar
- situatsion (vaziyat) masalalar
- nazorat savollari
- «Virtual fiziologiya» MM dasturi
- «Аmaliyot fiziologiya»MM dasturi
- «Galereya boʼyicha aylanish» ish oʼyinlari
- grafik organayzerlar
MАSHGʼULOT MАZMUNI
NАZАRIY QISM
Oliy nerv faoliyati haqida tushuncha.
Bosh miya katta yarim sharlar po’stlog’i va unga yaqin tuzilmalar (po’stloq ostidagi tuzilmalar) markaziy nerv sistemasining oliy bo’limi bo’lib, organizmning xulqatvori bu bo’limning ishlashiga bog’liq. Organizm xulqatvori oliy nerv faoliyati hisoblanadi, shu faoliyat natijasida organizm bilan tashqi muhit nisbati o’zgaradi.
Oliy nerv faoliyatiga qarama-qarshi o’laroq, quyi nerv faoliyati organizm ichidagi funktsiyalarni birlashtiradigan, integrallaydigan reaktsiyalarning yig’indisidan iborat.
Oliy nerv faoliyati katta yarim sharlar po’stlog’i va unga yaqin tuzilmalar (po’stloq ostidagi tuzilmalar)ning muqarrar ishtiroki bilan yuzaga chiqadigan murakkab reflektor reaktsiyalarda namoyon bo’ladi.
Bosh miya faoliyatining reflektor xarakteri haqidagi tasavvurni birinchi marta vatanimiz fiziologiyasining asoschisi I.M.Sechenov «Bosh miya reflekslari» («Refleksi golovnogo mozga») degan kitobida keng va mukammal rivojlantirgan. Bu klassik asarning g’oyaviy ustanovkasi senzuraning zo’ri bilan o’zgartirilgan dastlabki nomi — «Psixik protsesslarga fiziologik asoslar kiritish yo’lidagi urinish»da o’z ifodasini topgan. I.M.Sechenovga qadar fiziologlar va nevrologlar psixik protsesslarni ob’ektiv ravishda, nuqul fiziologiya nuqtai nazaridan analiz qilish mumkin degan masalani o’rtaga qo’yishga jur’at etmagan edilar. Psixik protsesslar butunlay sub’ektiv psixologiyaga qaram bo’lib qolgan edi.
I.M.Sechenov ideyalari I.P.Pavlovning ajoyib asarlarida porloq ravishda taraqqiy topdi. I.P.Pavlov katta yarim sharlar po’stlog’ining funktsiyalarini ob’ektiv eksperimental metod bilan tekshirish yo’llarini topdi va oliy nerv faoliyati haqida muntazam ta’limot yaratdi.
Markaziy nerv sistemasining quyi bo’limlarida - po’stloq ostidagi yadrolar, miya stvoli, orqa miyada - reflektor reaktsiyalar irsiyat yo’li bilan mustahkamlangan tug’ma nerv yo’llari orqali yuzaga chiqsa, katta yarim sharlar po’stlog’ida nerv aloqalari hayvonlar bilan odamning individual hayot protsessida, organizmga sonsanoqsiz sharoitlar ta’sir etishi natijasida vujudga kelishini I.P.Pavlov ko’rsatib berdi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin