O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi


Shartli refleks hosil bo’lish asoslari va mexanizmi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə289/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Shartli refleks hosil bo’lish asoslari va mexanizmi.
Shartsiz refleksni qandaydir befarq ta’sirot bilan bir necha bor mos kelishi natijasida shartli refleks hosil bo’ladi. Markaziy nerv sistemasi ikki nuqtasining bir necha bor bir vaqtda qo’zg’alishi ular o’rtasida vaqtinchalik aloqa hosil bo’lishiga olib keladi, natijada dastlab muayyan shartsiz refleksga hech qanday aloqasi bo’lmagan befarq ta’sirot ushbu refleksni chaqira boshlaydi. Demak, shartli refleks hosil bo’lishi mexanizmi asosida vaqtinchalik aloqaning hosil bo’lishi yotar ekan.
I.P.Pavlov dastlab vaqtinchalik aloqa shartli ta’sirni qabul qiluvchi bosh miya po’stlog’ida va shartsiz refleksning po’stloq osti markazlari o’rtasida hosil bo’ladi, degan. Keyinchalik tajriba natijalariga asoslangan holda, I.P.Pavlov vaqtinchalik aloqa faqat bosh miya po’slog’ida shartli ta’sirotning va shartsiz refleksning po’stloqdagi markazlari orasida hosil bo’ladi, degan xulosaga keladi. I.P.Pavlov laboratoriyasida har qanday shartsiz refleksning bosh miya po’stlog’ida markazi mavjudligi tajribada isbotlab berildi.
Vaqtinchalik aloqaning hosil bo’lishi fiziologik mexanizmi. I.P. Pavlov bo’yicha vaqtinchalik aloqaning hosil bo’lishi bir vaqtda bosh miya po’stlog’ining ikki nuqtasi qo’zg’alishi: ya’ni, shartli ta’sirotni qabul qiladigan va bosh miya po’stlog’idagi shartsiz refleks markazlarining bir vaqtda qo’zg’alishi natijasidir. Bosh miya po’stlog’idagi bir vaqtdagi qo’zg’alishlarning mavjudligi, qo’zg’alish jarayonining kuchsizroq joydan (shartli ta’sirot natijasida kelib chiqqan), kuchliroq (shartsiz ta’sirot natijasida kelib chiqqan) joyga harakatlanishini keltirib chiqaradi. Shu harakatlar natijasida bosh miya po’stlog’ining ikki nuqtasi o’rtasida yangi yo’l ochiladi. Demak, I.P.Pavlov bo’yicha vaqtinchalik aloqa hosil bo’lishi mexanizmi asosida yangi yo’l ochilishi - dominantlik jarayoni yotadi. Lekin dominant o’choq va vaqtinchalik aloqa o’rtasida katta farq mavjud, dominant o’choq qisqa davom etsa, hosil bo’lgan vaqtinchalik aloqa turg’un bo’ladi. Shuning uchun dominantlik jarayoni vaqtinchalik aloqa hosil bo’lishining boshlang’ich davrida, ya’ni neyronlar orasidagi ishlamay turgan sinapslarning ishlab ketishida katta ahamiyat kasb etadi.
Vaqtinchalik aloqaning mustahkamlanishi, ya’ni bosh miya po’stlog’ining ikki nuqtasi orasidagi sinapslarning o’tkazuvchanligi turg’unligi boshqa mexanizmlar asosida amalga oshiriladi. Ayrim tadqiqotchilar fikricha, neyronlararo sinapslarda o’tkazuvchanlikning osonlashishiga sabab berilayotgan takroriy ta’sirotlar natijasida bosh miya po’stlog’idagi funktsional o’zgarishlardir.
Shartli va shartsiz ta’sirotlarning mos kelishi oraliq neyronlarda yo’qolmaydigan iz qoldiradi, natijada bu yerda o’tkazuvchanlik turg’un bo’lib qoladi.
Ayrim tadqiqotchilar fikricha, vaqtinchalik aloqa bosh miya po’stlog’idagi morfologik o’zgarishlar bilan bog’liq. I.S.Beritov bo’yicha shartli va shartsiz ta’sirotlar natijasida qo’zg’alayotgan bosh miya po’stlog’i sohalari orasida neyronlar va ularning sinaps sohasi yo’g’onlashishi kuzatiladi. Bundan tashqari, neyron tanasi impuls kelayotgan tomonga va uning o’simtasi esa qo’zg’alish uzatilayotgan tomonga qarab uzayadi va bu o’zgarishlar natijasida qo’zg’alishning o’tkazilishi tezlashadi.
A.I.Roytbak fikricha, vaqtinchalik aloqaning hosil bo’lishi asosida mana shu ikki nuqta orasidagi neyronlarning mielin qobig’i bilan qoplanishi yotadi.
P.K.Anoxin bo’yicha vaqtinchalik aloqa shartli va shartsiz ta’sirotlar bosh miya po’stlog’ining bitta neyroniga kelib tugashi va mana shu neyron aksoplazmasida ketadigan kimyoviy jarayon natijasida RNK kodi o’zgaradi va vaqtinchalik aloqani ta’minlovchi oqsil molekulasi sintezlanadi.
Shartli refleks turlari. Organizm javob reaktsiyasini chaqirayotgan shartli ta’sirot turiga qarab tabiiy va sun’iy shartli reflekslar tafovut etiladi.
Tabiiy shartli refleks deb, shartsiz ta’sirotning tabiiy belgilariga, xossalari (masalan: go’shtning hidiga, ko’rinishiga va h.k.) nisbatan hosil bo’lgan shartli refleks aytiladi.
Sun’iy shartli refleks deb, shartsiz refleksga hech qanday aloqasi bo’lmagan ta’sirotga (masalan: qo’ng’iroq chalish va uni ovqatlantirish bilan mustaxkamlash) shartli refleks hosil qilishga aytiladi.
Shartli ta’sirotni qabul qilayotgan retseptorlar tabiatiga qarab ekstraretseptiv, intraretseptiv va proprioretseptiv shartli reflekslar farqlanadi. Ekstraretseptiv shartli reflekslar, tananing tashqi retseptorlariga berilgan shartli ta’sirotga hosil qilingan shartli reflekslardir. Bu turdagi shartli reflekslar keng tarqalgan bo’lib, o’zgaruvchan tashqi muhitga moslashish reaktsiyasini ta’minlaydi.
Intraretseptiv shartli reflekslar intraretseptorlarning fizikaviy va kimyoviy ta’sirlanishidan hosil bo’luvchi, gomeostaz jarayonini ta’minlovchi shartli reflekslardir.
Proprioretseptiv sharti reflekslar, tana ko’ndalang targ’il muskullari proprioretseptorlarini qitiqlashdan hosil bo’luvchi va harakat ko’nikmasini ta’minlovchi shartli reflekslardir.
Berilayotgan shartli ta’sirotning tarkibiga qarab sodda va murakkab shartli reflekslar aniqlangan.
Sodda shartli refleksda shartli ta’sir sifatida oddiy ta’sirlovchi (yorug’lik, tovush va h.k.) qo’llaniladi. Organizm hayot faoliyatida shartli ta’sir yakka, oddiy bo’lmasdan, balki u makon va zamondagi voqea va hodisalar majmui sifatida ta’sir qiladi. Bunday paytda organizmni o’rab turgan tashqi muhit to’la yoki uning ayrim qismlari shartli ta’sirot vazifasini o’tashi mumkin. Bunday ta’sirlar natijasida hosil bo’lgan reflekslar murakkab shartli reflekslar deb ataladi.
Shuningdek, bir vaqtda va ketma-ket ma’lum bir vaqt oralig’ida berilgan shartli ta’sirotlar ta’sirida hosil bo’lgan shartli reflekslar ham mavjud. Bularga mavjud va izli shartli reflekslar kiradi.
Mavjud shartli refleksda shartli va shartsiz ta’sirotlar fazoda mos keladilar. Mavjud shartli reflekslarning bir necha turlari bor.
Mavjud mos keluvchi shartli refleks, shartli ta’sirot berilgandan 1-2 sekunddan so’ng shartsiz ta’sirot bilan mustahkamlanishidan hosil bo’lgan shartli refleksdir.
Mavjud orqada qolgan shartli refleks shartli ta’sir berilgandan 5-30 sekund o’tgandan so’ng shartsiz ta’sirot bilan mustahkamlanadi.
Mavjud-kechikuvchi shartli refleks shartli ta’sirot uzoq vaqt yakka o’zi ta’sir qilgandan so’ng (m: 3 minut) shartsiz ta’sirot bilan mustahkamlanadi.
Izli sharti refleks - shartli ta’sirot to’xtagandan so’ng, ta’sirot natijasida kelib chiqqan qo’zg’alishlardan qolgan izlar shartsiz ta’sirot bilan mustahkamlash orqali olingan shartli refleks.
Shartli ta’sirotni shartsiz ta’sir bilan mustahkamlash usuliga qarab shartli reflekslar birinchi va yuqori tartibli shartli reflekslar, taqlid qilish, assotsiativ shartli refleks va vaqtga hosil qilingan shartli reflekslarga bo’linadi. Agar shartli ta’sir shartsiz ta’sir bilan mustahkamlanishi orqali shartli refleks hosil qilinsa, bunday shartli refleks birinchi tartibli shartli refleks deb ataladi. Agar shartli ta’sirni shartsiz ta’sir bilan emas, balki avval hosil qilingan shartli refleksning shartli ta’siri bilan mustahkamlash orqali shartli refleks hosil qilinsa, bunday shartli refleks ikkinchi tartibli shartli refleks deb ataladi.
Taqlid qilish ham shartli refleksning bir turi bo’lib, to’da, poda bo’lib yashaydigan hayvonlarda yaxshi rivojlangan. Agar laboratoriyada bir gurux, maymunlar ko’z oldida bitta maymunda ovqatlanish shartli refleksi hosil qilinsa, «tomoshabinlar» dan birortasi olinib tajriba xonasiga kiritilib, birinchi bor shartli ta’sir berilgandayoq bu maymunda muayyan shartli refleks mavjud ekanligi kuzatiladi. Demak. «tomoshabin» maymunlarda tajribani kuzatish orqali shartli refleks hosil bo’lgan.
Assotsiativ shartli refleks-indiferent ta’sirlovchilarining bir necha bor mos kelishi natijasida kelib chiqadi, shu ta’sirotlar bir-birini eslatadi. I.P.Pavlov laboratoriyasida bir necha bor bir vaqtda itlar tovush va yorug’lik bilan ta’sirlashgan. Yigirma marotaba qaytarilgandang so’ng bular o’rtasida bog’lanish paydo bo’lganligi kuzatilgan. Agar yorug’lik yakka o’zi ta’sir etilsa, it jim turgan tovush manbaiga, tovush berilganda esa yorug’lik manbaiga qaraganligi kuzatilgan. Shu ta’sirlardan biri, yorug’likka - shartli refleks hosil qilingandan so’ng, tovush birinchi marotaba berilgandayoq shu refleksni chaqirgan.
Vaqtga hosil qilingan shartli refleks. Agar shartli ta’sir bir necha bor ma’lum bir vaqt o’tgandan so’ng qaytarilsa, vaqtga shartli refleks hosil bo’lishi mumkin. Natijada vaqt oralig’i o’tgandan so’ng xuddi shartsiz ta’sir berilgandek javob reaktsiyasi kuzatiladi. Masalan: bir necha bor it har 30 minutda ovqatlantirilsa, har 30 minutda o’z-o’zidan so’lak ajralish reaktsiyasi kuzatiladi.



Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin