Nazorat savollari. 1.Qon guruxini nechanchi yilda qaysi olimlar tomonidan aniqlangan?.
2. Zardob bilan plazmani farqi nimada?
3. Agglyutinattsiya reaktsiyasi nima degani?
4. Qon guruxlari nimaga asoslanib 4 ta gruppaga bo’lingan?
Qon gruppalarini II va III gruppa qon zardoblari bilan aniqlash.
3-LABORATORIYA. ODAMDA ARTERIAL QON BOSIMINI O‘LCHASH.
Ishdan maqsad: Odam kapillyarini tekshirish usuli bilan tanishish.
Kapillyarlarni kuzatish usuliga kapillyaroskopiya deb ataladi. Odamda kapillyaroskopiya asbobi yordamida olib borilib, bu asbob yorituvchi sistema bor mikroskopdan iborat. SHilliq qavatli kapillyarlari (lab, teri), til, (quloq suprasi), tirnoqqa yopishgan teri qismida kapillyarlarni kuzatish mumkin. Odamda kapillyaroskop asbobida terining tirnoqqa yopishgan yerida (limbda) kapillyarlarni kuzatish mumkin. Tekshirish oldidan tirnoqni vazelin bilan yog’lanadi va mikroskop tagiga to’g’rilab kuzatish boshlanadi (1-2 min). Keyin barmoqni probirkaga solingan muz bilan sovutilib tajriba yana qaytariladi.
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar.Kapillyarlarni tekshirishda tirnoqni vazelin bilan yog’langanda va muz bilan sovutilganda kuzatiladigan o’zgarishlarni tahlil qiling.
Nazorat savollari. 1.Qon tomirlar xaqida tushuncha bering.
2.Kapillyar qon tomirlar xaqida tushuntiring.
3. Odam organizmida qancha miqdorda kapillyarlar bor?
LABORATORIYA. Sfigmogramma tahlili. Arterial puls deb, arterial bosimning tebranishlari tufayli arteriya devorlarining ritmik tebranishlariga aytiladi. Arterial puls yurak ishini, tomirlar holatini va qon bosimining kattaligini o’zida aks ettiradi. Pulsning 4 ta asosiy xossasi farqlanadi: uning chastotasi, kuchi, tezligi va qattiqligi.
Pulsni qayd qiluvchi apparatlar sfigmograflar deyiladi.
Puls egri chizig’i – sfigmogramma (59-rasm)da quyidagi qismlar farqlanadi: ko’tariluvchi tizza – to’g’ri, tik, arteriyaning kengayishiga to’g’ri keladigan baland ko’tarilish (anakrot), uchi va pastga tushuvchi tizza - qiya chiziqning sekin tushishi (katakrot) arteriya devorining bo’shashib ketishiga to’g’ri keladi.
Egri chiziqning tushuvchi qismi katta bo’lmagan bir necha ko’tarilishlar bilan uzilishi mumkin, bu dikrotik ko’tarilish deb atalib, barcha egri chiziqda har doim kuzatiladi. Uning boshlanishi yarimoysimon klapanlarning yopilishiga to’g’ri keladi.
Puls egri chizig’i yurakning chap qorincha faoliyati fazalarining qancha davom etishi haqida ba’zi ma’lumotlarni berishi mumkin. Egri chiziqning ko’tarilishidan boshlab, to dikrotik to’lqinigacha bo’lgan oraliqda yurakning sistola fazasi davom etadi. Diastola dikrotik ko’tarilishdan boshlab yangi egri chiziqning paydo bo’lishiga qadar davom etadi.