Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar. CHap qo’lning IV barmog’idan qon olishning afzalligini tushuntiring.
GEMOTOKRIT KO’RSATKICHINI (SONINI) ANIQLASH. Qonning shaklli elementlari miqdorini sof qonning plazma miqdoriga nisbatining % larda ifodalanishi gematokrit ko’rsatkichi deyiladi. Normada bu ko’rsatkich kattalarda 40-45%, chaqaloqlarda 50-55% ,5 yoshda esa 30-40% ga teng.Gematokrit soni qonning asosiy konstantalaridan biri bo’lib,uning o’zgarishi ko’rgina patalogik xolatlarda kuzatiladi.
Ish anjomlari: shklyar tsentrafugasi ,gematokrit kapilyari, 5% li limon kislotasining natriyli tuzi eritmasi,qon.
Tajriba o’tkazish tartibi. Analiz uchun qon odam qo’lining nomsiz barmog’idan olinadi yoki bu ish quyonning qoni bilan qilinadi. Gematokrit kapilyari limon kislotasining natriyli tuzi eritmasi bilan yuvilib,qon bilan to’lg’aziladi. va minutiga 3000 marta tsentrafuga apparatida 30 minut davomida aylantiriladi. bunda markazga intilish kuchi ta’sirida qonning shaklli elementlari kapilyarning periferik (chekka) qismiga yig’iladi. TSentrafuga o’qi yaqinida esa plazma ustuni qoladi..
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar. TSentrafugalab bo’lgach, shaklli elementlar ustunining uzunligini aniqlang. Gematokrit sonini xisoblang.
Izox: (qo’shimcha bizniki ) ECHT eritrotsitlarning cho’kish tezligi uchun olingan limon kislotasining natriyli tuzi bilan aralashtirilgan qon aralashmasidan xam foydalanish mumkin.
Bunda xisob quyidagicha bo’ladi: 80-100% A-X.
A-gematokritda topilgan son, 2 ga ko’paytirilishi kerak,chunki kapilyarda 0-50 sonlari bor, xolos. 80-aralashmadagi qon yaxlit (suyultirilmagan) xolatga keltirilgan(aralashmada) qon va eritma nisbati 4:1 ga teng (200 qon, 50 eritma).