O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə291/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

So’nib boruvchi tormoz. Shartli reflekslar shartsiz tormozlanishi mo’ljallovchi (tusmollash) refleks yuzaga kelganda ro’y beradi. Masalan, so’lak ajratuvchi shartli refleks yuzaga kelgan vaqtda kamera devori taqqillatilsa, it o’sha zahoti xushyor tortib shartli so’lak oqishi to’xtaydi. Biroq shunday taqqillatish ko’p marotaba takrorlansa so’lak ajralishining tormozlanishi susayib, oxiri mutlaqo ta’sir qilmaydi. Demak, takrorlanuvchi mo’ljallovchi refleks o’zining tormozlovchi ta’sirini yo’qotadi. Mo’ljallovchi refleksni bir xil sharoitda asta sekin yo’qolishi muhim biologik ahamiyatga ega. So’nib boruvchi tormoz ta’sirini odam doimo sezadi. Notanish minbarda ma’ruzachi ayrim hollarda uning uchun yaxshi tanish narsalarni ham esdan chiqaradi, ammo biroz moslashgandan keyin eshituvchilarga mayda-chuyda narsalarni ham eslab aytib beradi.
Shartli (ichki) tormozlanish.
Vaqt o’tishi bilan oliy nerv faoliyati mukammalashadi, ya’ni xulq atvor keraksiz, eskirgan elementlardan tozalanadi. Bu jarayon har bir shartli refleksni o’zida ketadigan tormozlanish jarayonlari bilan bog’liq holda kechadi.
Shartli tormozlanishni quyidagi turlari farqlanadi: so’nish, farqlash, kech qolish va shartli tormoz. Ularning barchasi tajriba yo’li bilan xosil qilinganligi sababli shartli xisoblanadi. Shartli tormozlanishda uni keltirib chiqaruvchi sabablar shartli xisoblanadi. Shartli tormozlanishda uni keltirib chiqaruvchi sabablar shartli refleks yoyi ichidaligi uchun ichki tormozlanish deb ham ataladi.
So’nuvchi tormozlanish. Agar shartli qo’zg’atuvchi vaqti-vaqti bilan shartsiz qo’zg’atuvchi bilan mustahkamlanib tuzilmasa, shartli refleks so’nadi. Masalan, itga chiroqni yoqib so’lak oqizuvchi shartli refleks hosil qilgandan so’ng, chiroq yoqib ovqat berilmasa so’lak ozroq chiqa boshlaydi va oxir oqibatda mutlaqo oqmay qo’yadi. Shunday qilib chiroq ovqat berilishi xaqidagi xabarchiligini yo’qotdi. So’nuvchi tormozlanish muxim biologik ahamiyatga ega. Yangi sharoitga o’tish eski shartli refleksga ehtiyoj qoldirmasa ular so’nib o’rniga yangilari xosil bo’ladi.
Farqlash xisobiga tormozlanish. Bu turdagi tormozlanishda shartli qo’zg’atuvchiga o’xshash qo’zg’atuvchiga nisbatan tormozlanish jarayoni sodir bo’ladi. Itga 100 Vattli chiroqni yoqishga so’lak oqizuvchi mustahkam shartli refleks xosil qilgandan so’ng 150 Vattli chiroq yoqilsa ham, so’lak ajraladi. Biroq 100 Vattli ovqat bilan mustaxkalab 150 Vattli ta’sirni mustaxkamlamasa bir necha takrorlashdan keyin 150 vattli ta’sirga so’lak oqmaydi, ya’ni o’xshash qo’zg’atuvchining ta’siriga shartli refleks tormozlanadi.
Kundalik hayotda farqlovchi tormozlanishning ahamiyati katta. Tajribasiz kuchuk hayoti davomida juda ko’p xatolar qiladi. Katta it esa farqlash hisobiga xulq-atvorini sharoitdan kelib chiqib amalga oshiradi. Odam atrofdagi voqeyliklarni nihoyatda nozik farqlaydi. Xattoki, aytilgan so’zlarning oxangiga qarab o’z faoliyatini rejalashtiradi.
Shartli tormoz. Chiroqni yonishiga mustahkam so’lak oquvchi shartli refleks hosil qilingandan keyin chiroqni yonishiga ikkinchi kuchsiz yot qo’zg’atuvchini qo’shilsa va bu kombinatsiya shartsiz qo’zg’atuvchi bilan mustahkamlanmasa, tezda chiroqni yonishiga so’lak ajralaveradi, chiroqqa yot qo’zg’atuvchi qo’shilganda shartli refleks tormozlanadi. Demak, shartli qo’zg’atuvchiga qo’shilgan yot qo’zg’atuvchi shartli tormoz xisoblanadi. Har qanday ta’sir xohlagan qo’zg’atuvchiga shartli tormoz bo’lishi mumkin. Hayot davomida xosil qilingan shartli tormozlar shartli reflekslarni aniqlashtiradi, odam va hayvonlar xulq atvorini muhit sharoitlariga moslashuvida muhim ahamiyatga ega.
Kech qolish hisobiga tormozlanish. Itda mustaxkam so’lak ajratuvchi shartli refleks xosil qilgandan keyin shartli qo’zg’atuvchini shartsiz qo’zg’atuvchi bilan mustaxkamlashni ma’lum muddatga cho’zib qo’ysa, so’lak ajratish reaktsiyasi tobora kechika boshlaydi, oxir oqibatda shartli so’lak oqish cho’zilgan vaqtni tugashiga kelib boshlanadi. SHunday qilib shartli qo’zg’atuvchi dastlabida tormozlovchi, vaqt o’tishi bilan qo’zg’atuvchi ta’sir qiladi. Bu paradoksni qo’shimcha qo’zg’atuvchi «vaqt» qo’shilgani bilan izohlash mumkin. Kech qolish hisobiga tormozlanish muhit sharoitiga moslashishda muxim ahamiyatga ega. Masalan: O’tloqda yurgan quyon och bo’ri uchun shartli qo’zg’atuvchi hisoblanadi. Tajribasiz yosh bo’ri quyonni ko’rishi bilan unga tashlanadi va oradagi masofa kattaligi sababli quyon qochib ulguradi. Tajribali bo’ri pisib yotib quyonni iloji boricha unga yaqinlashishiga imkon berib, masofani yetib olish darajasiga yetgandagina quyonga tashlanadi. Kechikish hisobiga tormozlanish hayotiy tajriba asosida yosh ulg’aygan sari kuchayadi.
Shartli tormozlanishni fiziologik mexanizmi. Shartli tormozlanish nerv hujayralarining faol faoliyati tufayli yuzaga keladi. Neyronlar ayniqsa o’xshash qo’zg’aluvchilarni farqlaganda murakkab faoliyatni amalga oshiradi. Shartli tormozlanish charchash jarayoni bilan bog’liq emas. Agar neyronlar faoliyatini turli narkotik moddalar bilan susaytirilsa, shartli tormozlanish turlari ham kuchayishi kuzatilishi kerak edi. Aslida esa teskarisi yuzaga keladi, po’stloq hujayralari susaysa tormozlanish yo’qoladi. Tormozlanish jarayoni faol jarayonligini shundan ko’rish mumkinki, miya hujayrlari boshqa faoliyat bilan band qilinsa, tormozlanish yo’qqa chiqadi. Agar tormozlanish charchash bo’lganda, har bir yangi harakat charchashni kuchaytirgan bo’lar edi. Shunday qilib shartli tormozlanish faol jarayon hisoblanib organizmni o’zgarib turuvchi tashqi muhit sharoitlariga uzluksiz moslashuvini ta’minlaydi. Shartli tormozlanish nerv tizimining qaysi bo’limida yuzaga keladi? Yot ta’sirlagichni takror va takror qo’llanishi natijasida ishda mo’ljallovchi shartli refleks so’nadi.
Bu tormozlanish hosil qilinganligi uchun ichki hisoblanadi. Bosh miya yarim sharlari po’stlog’i olib tashlangan itda shu tajriba qilinsa, mo’ljallovchi shartli refleks so’nmaydi. Bu tajribadan ko’rinib turibdiki, shartli tormozlanish jarayoni miyaning yuqori bo’limlari orqali amalga oshadi. Bosh miya yarim sharlar po’stlog’i murakkab tuzilishga ega. Shartli refleks po’stloqda shartli qo’zg’aluvchi markazi bilan shartsiz qo’zg’aluvchi markazi orasida vaqtinchalik bog’lanish hosil bo’lishi hisobiga yuzaga keladi. Shartli refleks yoyining qaysi qismida shartli tormozlanish hosil bo’ladi? O’tkazilgan tajribalardan olingan ma’lumotlarga ko’ra shartli tormozlanish jarayoni refleks yoyining qaerida joylashishi haqida turli xil fikrlar yuzaga keldi.
Shartli tormozlanish miyaning umumiy elektr holatida ham namoyon bo’ladi. Shartli tormozlanish beta ritmni mutlaqo yo’qotib alfa ritmni keskin susaytirib, uning amplitudasini sezilarli orttiradi, ya’ni shartli tormozlanish vaqtida past chastotali yuqori amplitudali ritmlar ko’payadi.
Vaqtinchalik bog’lanishning hosil bo’lishi po’stloqning qo’zg’aluvchi va tormozlanuvchi neyronlarning faoliyati tufayli amalga oshadi. Shartli tormozlanish jarayonida ham po’stloqning qo’zg’aluvchi va tormozlanuvchi neyronlari ishtirok etadi. Shartli tormozlanish rivojlanayotgan vaqtda qo’zg’alish bilan javob beruvchi neyronlarning faolligi susayishi, tormozlanishi bilan javob beruvchi nerv hujayralarining faoliyati ortganligi aniqlangan.
Shunday qilib shartli tormozlanish jarayoni faol jarayon hisoblanib, uni amalga oshirishda po’stloq neyronlarining faoliyati tegishli maqsadni amalga oshirishga yo’naltiradi.
Ichki tormozlanishni o’rganishga yo’naltirilgan ishlar ko’p bo’lishiga qaramay, uning mexanizmini tushuntirishda juda ko’p muammolar mavjud.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin