Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar. Qonda gemoglobin miqdorini aniqlash usulining printsipini tushuntiring.
Nazorat savollari.
Gemoglobinning turlari xaqida tushuncha bering.
Gemoglobin qaysi qon shaklli elementi tarkibida va uning vazifasi
Gemoglobin qanday birikmalar xosil qiladi?
Gemoglobinning sag’lom erkak va ayollar 1mm kub qon tarkibidagi miqdori qancha?
2-LABORATORIYA. QON GURUHLARINI AVO SISTEMASIDA. REZUS FAKTORNI ANIQLASH.
Qon guruhlari bir-biridan agglyutinogen va agglyutininlarning saqlanishi bilan farqlanadi. Agglyutinogenlar yopishish qobiliyatiga ega modda bo’lib, eritrotsitlarda bo’ladi. Agglyutininlar- yopishtiruvchi bo’lib, plazmada bo’ladi. Asosan ikki xil aggyutinogenlar (A va V) va tegishli ikki agglyutininlar (α va β ) bor.
Agglyutiniatsiya reaktsiyasi faqat bir xil nomli agglyutinogenlar va agglyutininlar uchrashganidagina (konktaktda bo’lganda) yuz beradi: masalan : A va α yoki V va β.
Agglyutinatsiyani qonning ivishida erimas, ip holatiga va cho’kmaga tushgan fibrin bilan chalkaltirish mumkin.
Qon guruhini aniqlash qon quyishda amaliy ahamiyatga ega. Bunda donor (qon beruvchi) eritrotsitlari va retsipient (qon oluvchi)ning plazmasi xusisiyatlari hisobga olinib, donor plazmasining agglyutinattsiya qilish xususiyati e’tiborga olinmaydi, chunki u oz miqdorda yuborilib, retsipent ( ko’p qonda) qonida suyulib, o’zining agglyutinatsiya qilish xususiyatlarini yo’qotadi.
Agar donor qonida retsipient plazmasidagi agglyutininlar bilan xil ismli agglyutinogenlar bo’lsa, unda bunday qonni qo’yish gemoliz va gemotransfuzion karaxtlik hodisasiga olib keladi, chunki agglyutinatsiya hodisasi sodir bo’ladi. Retsipient agglyutininlariga bir xil agglyutinogenlari bo’lmagan donor qoni quyishga yaroqlidir.
Qon har xil guruhlarining mos kelishini aniqlash.
Donor agglyu-
tinogeni
|
Retsipient agglyutinogeni
|
α, β (I)
|
Β (II)
|
α (III)
|
0 (IV)
|
0 (I)
|
-
|
-
|
-
|
-
|
A (II)
|
+
|
-
|
+
|
-
|
V (III)
|
+
|
+
|
-
|
-
|
AV (IV)
|
+
|
+
|
+
|
-
|
Izox: (+) belgisi bilan agglyutinattsiya reaktsiyasi, (-) belgisi bilan esa bu reaktsiyaning yo’qligibelgilanadi.
Qon guruhlari o’zidan ma’lum agglyutinin saqlagan standart zardoblar yordamida eritrotsitlarning xossasi bo’yicha aniqlanadi.
Ish anjomlari: predmet oynasi, shisha tayoqchalar, strillagan skarifikator, paxta, efir, yod, I, II va III guruh standart zardoblari.
Tajriba o’tkazish tartibi. Predmet oynasi oq qog’ozga joylashtirilib, I- α va β , II- β va III- α agglyutininlari bor tegishli I, II, III guruhlarning standart zardoblaridan 1 tomchidan tomiziladi (arlashtirmasdan!). SHisha tayoqcha bilan barmoqdan olingan ozgina qon miqdori I guruh zardobi tomchisiga olib o’tiladi, keyin ikkinchi toza tomoni bilan qonning ozgina miqdori II guruh zardobiga olib o’tiladi. SHisha tayoqchani yuvib artib, quritilgan tomoni bilan uchinchi tomchi III guruh zardobi tomchisiga olib o’tiladi. Har gal zardob tomchisidagi qon puxtalik bilan bir xil qizish rangga kirguncha aralashtiriladi. Agglyunatsiya reaktsiyasi 1-5 minutdan so’ng sodir bo’ladi. Agglyutinatsiya sodir bo’lganda tomchi tiniqlashib, eritrotsitlar luqma ko’rinishida yopishib qoladi. Qon guruhi agglyutinatsiyaning bor yo’qligiga qarab aniqlanadi.
1. Agglyutinatsiyaning yo’qligi tekshirilayotgan qonda agglyutinogenlarning yo’qligini ko’rsatadi,bu 1 guruh eritrotsitlarining xossasi bo’ladi.
2. Agar I va III guruh zardobida agglyutinattsiya sodir bo’lsa, bunda α, β va α ga tegishli agglyutininlar bor, bunda tekshirilayotgan qonning eritrotsitlari o’zida A – agglyutinogen tutadi, qolaversa bu qon II guruhga taaluqlidir.
3. Agar tegishli α, β va β agglyutininlari bor bo’lsa, bu I va II guruh zardobi bilan agglyutinatsiya sodir bo’lsa, bu tekshirilayotgan qon eritrotsitlarida V- agglyutinogeni bor. Bu esa III guruh bo’ladi.
4.Eritrotsitlarida A va V agglyutinogenlari bor II, III guruh zardobi bilan agglyutinatsiya sodir bo’lishi tekshirilayotgan qonning IV guruhga tegishliligini ko’rsatadi.
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar. Tekshirilayotgan qonning qaysi guruhga mansub ekanligini aniqlang.Uning tarkibidagi agglyutinogen va agglyutininlarning nomini ayting. Qaysi retsipientlarga sizning qoningiz va qaysi donor qonini sizning qoningizga quyish mumkin?.
Dostları ilə paylaş: |