Nazorat savollari. 1. Chap qo’lning IV barmog’idan qon olishning afzalligini tushuntiring.
2. Gematokrit ko’rsatkichi nima uchun chaqoloqlarda kattalarga nisbatan biroz yuqori
3. Butun qonni va eritrotsitlarning solishtirma og’irligi nechaga teng?
LABORATORIYA. Qondagi gemoglobin miqdorini Sali usuli bo’yicha aniqlash. Gemoglobin eritrotsitlarning asosiy tarkibiy qismi bo’lib,bu oqsil – globin, pigment – gemdan tuzilgan murakkab xromoproteid bo’lib, qonning rangi unga bog’liq. Gemning tarkibiga uni kislorod bilan birikma hosil qilish qobilyatini beruvchi bir atom temir kiradi.
I ). Cali gemometri Qonda gemoglobinning miqdori (soderjanie) sog’lom ayollarda 120-140 g/l, erkaklarda esa 130-160 g/lni tashkil qiladi.
Qonda gemoglobinning miqdori kalorimetrik usullar bilan aniqlanadi, ulardan biri (Salining gematin usuli) gemoglobinning vodorod xlorid kislotasi bilan jigar rang turg’un eritmaning hosil bo’lishiga asoslangan.
Sali gemometri shtativ bo’lib,(45-rasm), uning orqa devori rangsiz, jilosiz, xira shishadan iborat. Bir xil diametrdagi 3 ta probirka qo’yilgan.2 ta chekka probirkalar shtativga (a) payvandlangan bo’lib, o’zida gematinning standart eritmasini tutadi: o’rtanchisi (b) darajalarga bo’lingan. U tadqiqot (solishtirish) uchun mo’ljallangan. Asbobga 20 mm3 belgisi bilan pipetka va shisha tayoqcha ilova qilinadi. Xlorid gematinning standart eritmasi 167 g/l gemoglobinga to’g’ri keladi.
Ish anjomlari:Sali gemometri, pipetka, skarifikator, paxta, 0.1 n vodorod xlorid kislotasi eritmasi, spirt, efir, yod, distillagan suv.Ish odamda olib boriladi.
Tajriba o’tkazish tartibi. O’rtancha probirkaning belgisigacha 0.1 n vodorod xlorid kislotasi quyiladi. Pipetka bilan barmoqdan 20 mm3 qon olinib va u paxtada artilib, o’sha zahotiyoq qon probirka ichidagi aralashmaga barmoq bilan probirka tubiga shunday qilib puflanadiki, bunda kislotaning yuqori qatlami bo’yalmagan holda qolsin. Pipetka chiqarilmasdan kislotaning bo’yalmagan yuqori qatlami bilan chayqaladi, shundan keyin, probirka tubiga chertib aralashtiriladi va 5-10 minutga shtativga qo’yiladi. Bu vaqt ichida gemoglobin xlorid kislota gematinga aylanishi kerak. Keyin probirkaga distillangan suvdan eritma rangi standart rang bilan bir xil bo’lguncha tomchilab qo’shib boriladi(suv qo’shib, eritma shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi).
Olingan eritma sathida turgan raqam tekshirilayotgan qonda gemoglobin miqdorini ko’rsatadi.