Termoregulyatsiya Gavda temperaturasi va izotermiya
Odam va oliy xayvonlarning gavda temperaturasi tashqi muhit temperaturasining oʼzgarishiga qaramay doim deyarli bir darajada turadi. Gavda temperaturasining bunday doimiyligi izotermiya deb yuritiladi.
Izotermiya faqat gomoyoterm, yoki issiq qonli deb ataluvchi xayvonlarga xos. Gavda temperaturasi oʼzgaruvchan boʼlib, tashqi muhit temperaturasidan oz farq qiluvchi, yaʼni poyqiloterm, yoki sovuq qonli hayvonlarda izotermiya yoʼq.
Organ va toʼqimalar temperaturasini, shuningdek butun organizm temperaturasini isiklik hosil boʼlish intensivligiga va issiqlik yoʼqotish miqdoriga bogʼliq.
Betuxtov roʼy beruvchi va issiqlik chiqishi bilan davom etuvchi ekzotermik reaktsiyalar oqibatida issiqlik hosil boʼladi. Bu reaktsiyalar barcha organlar va toʼqimalarda roʼy beradi, lekin intensivligi bir xil boʼlmaydi. Muskul toʼqimasi, jigar, buyraklar kabi aktiv ish bajaruvchi toʼqima va organlar aktivligi kamroq toʼqima va organlar (qushuvchi toʼqima, suyak, togʼaylar)ga qaraganda koʼproq issiqlik chiqaradi.
Organ va toʼqimalarning issiqlik yoʼqotishi ularning olgan oʼrniga koʼproq bogʼliq: teri, skelet muskullari singari yuzaroqda yotgan organlar sovuqdan muxofaza qilingan ichki organlarga qaraganda koʼproq issiqlik chiqaradi va tezroq soviydi.
Odamning gavda temperaturasi odatda qoʼltiqdan oʼlchanib, shu asosda fikr yuritiladi. Sogʼlom odamning qoʼltiqdan oʼlchangan temperaturasi 36,5-36,90. Klinikada koʼpincha (asosan emadigan bolalarda) gavda temperaturasi rectum-da aniqlanadi, bu yerdagi temperatura qoʼltiqdagidan ancha yuqori boʼlib, sogʼlom odamda oʼrta hisob bilan 37,2-37,50 ga teng.
Gavda temperaturasi doimiy boʼlmay, balki sutka davomida 0,5-0,70 ga oʼzgarib turadi. Gavda temperaturasi kechkoʼroʼn soat 4-6 da eng yuqori (maksimal), ertalab soat 3-4 da esa eng past (minimal) boʼladi. Gavda temperaturasining bu oʼzgarishi yashash sharoitiga bogʼliq: tinchlik va uyku gavda temperaturasini pasaytiradi, muskullar bilan qilanadigan ish esa uni orttiradi. Shu sababli toʼngi smenalarda oʼzoq ishlaydigan ishchilarda temperatura yuqorida aytilganning teskarisicha oʼzgarishi mumkin.
Butun organizmda issiqlik hosil boʼlishi va issiqlik yoʼqotish bir-biriga teng boʼlgandagina odamning gavda temperaturasini doim bir darajada turishi mumkin. Boʼnga termoregulyatsiyaning fiziologik mexanizmlari yordam beradi. Umuman termoregulyatsiyani fizikaviy va ximiyaviy termoregulyatsiyaga ajratish rasm boʼlib ketgan.
Ximiyaviy termoregulyatsiya organizmda issiqlik hosil boʼlishini kuchaytirish yoki susaytirish, yaʼni organizmda moddalar almashinuv intensivligini kuchaytirish va kamaytirish yoʼli bilan yuzaga chiqadi. Fizikaviy termoregulyatsiya gavdadan issiqlik chiqish intensivligini oʼzgartirish yoʼli bilan amalga oshadi.
Termoregulyatsiyaning nerv mexanizmi. Termoregulyatsiyada markaziy nerv sistemasining ahamiyati issiqlik ukoli degan tajribada allaqachon aniqlangan edi. Quyon oraliq miyasning muayyan qismlari oʼzoʼn ingichka nina bilan shikastlantirilsa, gavda temperaturasi anchagina (2,50-30) koʼtariladi. Termoregulyatsiyada markaziy nerv sistemasining har xil qismlari qanday rol’ uynashi miya sopi (miya stvoli) ni har xil bosqichdan qirqib qoʼyib oʼrganilgan.
Gavda temperaturasining doim bir darajada saqlanishini taʼminlaydigan koʼp va murakkab vegetativ protsesslarni boshqaruvchi nerv xujayralari, yaʼni termoregulyatsiya markazlarining qaerda ekanligi shoʼnga uxshash tajribalarda aniqlangan. Bosh miya yarim sharlar poʼstlogʼi, targʼil tana va koʼruv dumboqlarini olib tashlash issiqlik chiqarish va issiqlik hosil qilishga taʼsir etmasligi tajribalarda koʼrsatib berilgan. Gipotalamus olib tashlanganda esa xayvon gavda temperaturasini boshqarish qobiliyatidan maxrum boʼlib, poyqiloterm boʼlib qoladi.
Issiqlik hosil qilish markazi gipotalamus yon yadrolarining kaudal qismida boʼladi. Xayvonlar miyasining shu qismi shikastlansa, ular sovuqka chiday olmaydigan boʼlib qoladi, ularda ximiyaviy termoregulyatsiya mexanizmlari ishlamay qoʼyadi, jumladan sovuqda titramaydi. Fizikaviy termoregulyatsiya (terlash, nafasning kuchayishi) ni gipotalamusning comissura anterior bilan chiasma opticum orasidagi qismi, yaʼni issiqlik chiqarish markazi boshqaradi. Bu markaz zararlansa, xayvon sovuqka chidash qobiliyatidan maxrum boʼlmaydi, lekin operatsiyadan soʼng yuqori temperaturada xayvon tez kizib ketadi, choʼnki fizikaviy termoregulyatsiyani ishga soluvni mexanizm zararlangan.
Termoregulyatsiyaning gumoral mexanizmi. Gavda temperaturasini boshqarish (regulyatsiya)da ichki sekretsiya bezlari, ayniqsa kalqon simon va buyrak usti bezlari ishtirok etadi, choʼnki ularda gormon hosil boʼlishini nerv sistemasi boshqaradi.
Termoregulyatsiyada kalqon simon bezning ishtirok etishi, masalan, shu bilan isbot etiladiki, oʼzoq vaqt sovuqda turgan bir xayvonning qon zardobi ikkinchi xayvonning qoniga yuborilsa bu xayvonda moddalar almashinuvi kuchayadi. Qon bergan xayvonning kalqon simon bezi saqlanib qolgandagina shunday natija koʼriladi. Аftidan, xayvon sovuqda oʼzoq turganda kalqon simon bez qonga koʼp gormon chiqarib, moddalar almashinuvini kuchaytiradi.
Buyrak usti bezlari xam qonga adrenalin chiqarib termoregulyatsiyada bir qadar rol o’ynaydi. Аdrenalin toʼqimalarda, xususan muskullarda oqsidlanish protsesslarini kuchaytirib, issiqlik hosil boʼlishini oshiradi, teri tomirlarini toraytirib, issiqlik chiqib ketishini kamaytiradi. Shuning uchun adrenalin gavda temperaturasini oshira oladi (adrenalin gipertermiyasi).