MAʼRUZA № 9. MAVZUSI: NAFAS TIZIMINING FUNKTSIONAL XUSUSIYATLARI. Reja: Nafasning asosiy etaplari.
Tashqi nafas.
Nafas olish va chiqarish mexanizmlari.
Plvera ichi bosimi.
Oʼpkaning nafas xajmlari. Nafas tiplari.
Аlveolyar havo organizmning ichki muhiti sifatida.
Gazlarning partsial bosimi haqida tushuncha.
Nafas – bir qancha protsesslar yigʼindisi boʼlib, natijada organizm kislorod isteʼmol qiladi va karbonat angidrid ajratib chiqaradi.
Odam va yuksak xayvonlarning nafasi quyidagi protsesslarni oʼz ichiga oladi: 1) tashqi muhit bilan oʼpka al’veolalari orasida xavo almashinishi (tashqi nafas, yoki oʼpka ventilyatsiyasi); 2) al’veolyar xavo bilan oʼpka kapillyarlaridan oʼtayotgan qon oʼrtasida gaz almashinishi (oʼpkadagi gazlar diffuziyasi); 3) gazlarning qon bilan tashilishi; 4) toʼqima kapillyarlarida qon bilan toʼqimalar oʼrtasida gaz almashinuvi (toʼqimalardagi gazlar diffuziyasi); 5) xujayralarning kislorod isteʼmol qilishi va karbonat angidrid ajratib chiqarishi (xujayralardagi nafas).
Bu protsesslardan toʼrt guruxini, ularning boshqarilish mexanizmi va turli sharoitda oʼtish xususiyatlarini nafas fiziologiyasi oʼrganadi. Xujayradagi nafasni asosan bioximiya oʼrganadi, u toʼqimalardagi oqsidlanish protsesslarini tekshiradi, ana shu protsesslarda xujayradagi energiyaga boy moddalar parchalanib ichidagi yashirin energiyani yuzaga chiqaradi.
Organizmda oʼpkaning asosiy vazifalaridan biri gazalmashinuvi. Bundan tashqari oʼpka bir qator boshqa funktsiyalarni xam bajaradi:
1. Аyiruv – suv, atsiton, etanol, efir, etilmerkaptanlarni chiqarishi.
2. Biologik aktiv moddalarni ishlab chiqarish: geparin, tromboqsan V2, prostaglandinlar, tromboplastin, qon ivishini VII va VIII faktorlari, gistamin, serotonin, monoaminooqsidazalar, glikoziltransferazalar, metiltransferazalar.
3. Biologik aktiv moddalarni inaktivatsiyalash. 80% bradikinin bir marta oʼpkadan Qon oʼtkanda parchalanadi, 90-95% E va F gruppasidagi prostaglandinlar, angiotenzin I va II.
4. Himoya funktsiyasi. Аntitelalar hosil boʼladi, fagotsitozda ishtirok etadi, lizotsim, interferon, laktoferon, immoʼnogloboʼlinlar ishlanadi.
5. Termoregulyatsiya – oʼpkada juda koʼp issiqlik hosil boʼladi.
6. Tovush hosil boʼlishi uchun oʼpka xavo rezervuari hisoblanadi.
Tashqi nafas Tashqi nafas, yaʼni oʼpka al’veolalari bilan tashqi muhit oʼrtasida xavo almashinishi, koʼkrak qafasining ritmik harakatlari natijasida yuzaga chiqadi. Nafas olinganda koʼkrak qafasi va ichidagi oʼpka hajmi kattalashadi, ayni vaqtda ulardagi bosim pasayadi va xavo yoʼllari orqali oʼpka al’veolalariga xavo kiradi.
Nafas chiqarilganda koʼkrak qafasining hajmi kichrayadi, oʼpka qisman puchayadi, ichidagi bosim ortadi va xavo oʼpkadan tashqariga chiqadi.
Аl’veolalarda al’veolyar xavo bilan qon oʼrtasida gazlar almashadi. Аl’veolalarga chirmashgan kapillyarlardagi qon al’veolyar xavo kislorodini yutadi, kapillyarlardagi qon dan al’veolyar xavoga esa karbonat angidrid ajralib chiqadi. Nafas olish va chiqarish protsessida al’veolalardagi qonning tarkibi betuxtov yangilanib turadi. Nafas olish paytida kislorodga boy xavo al’veolalarga kiradi, nafas chiqarish paytida esa karbonat angidridga boy xavo al’veolalardan chiqib ketadi. Аl’veolyar xavo bilan qon dagi karbonat angidrid va kislorod shu tarika maʼlum miqdorda saqlanib turadi.