Oʼpka havosining hajmi Nafas xavosi. Odam tinch turganda qariyb 500 ml (300 dan 600 gacha) xavoni nafasga oladi va chiqaradi: xavoning bu hajmi nafas xavosi deb ataladi. Odam 500 ml nafas xavosining ustiga yana qoʼshimcha 1500-3000 ml chamasi xavo olishi mumkin (nafas olish rezerv xavosi), shuningdek tinch nafas chiqarishdan soʼng yana qariyb 1000-1500 ml xavoni nafasdan chiqara oladi ( nafas chiqarish rezerv xavosi). Keltirilgan raqamlar oʼrta yoshdagi normal erkaklar uchun oʼrtacha sonlardir. Bu raqamlardardan koʼrinib turibdiki, tinch nafas olish va chiqarish paytida koʼkrak boʼshligʼi maksimumgacha kengaymaydi va bujmaymaydi. Zarur boʼlganda nafas harakatlarining hajmi nafas chiqarish tomoniga xam, nafas olish tomoniga xam oʼzgara oladi, shu tufayli oʼpkaga kiradigan xavo hajmi oshadi.
Oʼpkaning tiriklik sigʼimi. Maksimal nafas olingandan soʼng maxsus gazometr (spirometr) ga moʼndshtuk orqali maksimal nafas chiqarilsa, oʼnga nafas xavosi xam, rezerv xavo xam, qoʼshimcha xavo xam kiradi, yaʼni oʼrtacha, 500+1500+1500=3500 ml xavo kiradi. Shu xavoning hammasi oʼpkaning tiriklik sigʼimini tashkil qiladi. Yosh, jins, sogʼliqka va nafasni mashk qilishga qarab, tiriklik sigʼimi turlicha boʼladi. Oʼpkaning tiriklik sigʼimi yigitlarda 3,5-4,5 l; ayollarda shundan taxminan 1/3 kam 3-3,5 l dir.
Qoldiq xavo. Maksimal chuqur nafas chiqarilgandan soʼng oʼpka hajmi xavodan toʼla qoʼtilmaydi; unda qariyb 1000-1500 ml xavo qoladi, u qoldiq xavo deb ataladi.
Oʼpka xavosi xajmlarining nisbati koʼrsatilgan. Odatdagicha, tinch nafas olish va chiqarishda oʼpkada doimo qoldiq xavo bilan rezerv xavo boʼladi. Murda oʼpkasidagi xavoning koʼpchilik qismini ikki tomonlama ochiq pnevmotoraks yoʼli bilan chiqarib yuborish mumkin, choʼnki bunda oʼpka toʼqimasi butunlay bujmayadi. Аyni vaqtda oʼpkadan chiqqan xavo kollaps xavosi deb ataladi.
Ochiq pnevmotoraksdan keyin xam oʼpkada minimal miqdorda xavo qolgani uchun, katta yoshli odamning yoki nafas olgan gudakning qirqib olingan oʼpkasi suvda chukmaydi. Oʼlik tugʼilgan (nafas olmagan) bolaning oʼpkasi yozilmagani va ichida xavosi boʼlmagani uchun suvga tashlansa, choʼkib ketadi.
Zararli boʼshliq. Аl’veolalardan tashqari, xavo yoʼllari (xiqildoq, traxeya, bronxlar va bronxiolalar) da xam xavo bor. Bu xavo gaz almashinuvida katnashmaydi. Shuning uchun uni oʼlik (yoki zararli) boʼshliq xavosi deb atashadi. Zararli boʼshliq hajmi oʼncha katta boʼlmay, oʼrta hisobda qariyb 140 ml ni tashkil qilsa xam. al’veolyar xavo tarkibi nafasdan chiqqan xavodan nega farq qilishini toʼshoʼnmoq uchun zararli boʼshliqdagi xavo miqdorini hisobga olish lozim. Tinch nafas olishda 500 ml nafas xavosidan oʼpka al’veolalariga 500-140=360 ml kiradi. Tinch nafas olish va chiqarish vaqtida nafas chiqarilgandan keyin al’veolalarda 100 ml qoldiq xavo bilan 1500 ml rezerv xavo, yaʼni 2500 ml qolganligi uchun, har bir nafas olish paytida al’veolyar xavoning hammasi emas, balki taxminan 1/7 qismi yangilanadi.