Nazorat savollari. 1. Nafas olishning fiziologik axamiyatini tushuntiring.
2. Nafas olish qanday boskichlarda amalga oshiriladi?
3. Tashqi nafas olish deb nimaga aytiladi?
4. Nafas olish va chikarish mexanizmini tushuntiring.
5. Donders modelini ta'riflang.
6. Kichik bolalar va kattalarda nafas chastotasi qanday?
7. Plevral bo’shliqdagi manfiy bosim nima?
8. O`pka ventilyasiyasi deganda nimani tushuniladiq qanday nafas olishda o`pka vintilyasiyasi samarali bo`ladi?
9. O`pkaning umumiy va tiriklik sig’imini tushuntiring?
10. O`pkaning tirklik sig’imi qanday asbob yog`damida o’lchanadi?
III SEMESTR Maʼruza № 1. GAZLARNI QON BILAN TASHILISHI. NAFASNING BOSHQARILISHI. Reja: Nafas olish va chiqarishning fiziologik ahamiyati. Nafas olish boskichlari.
Nafasni olish va chikarish mexanizmi. Donders modeli,
O’pka ventilyatsiyasi, xavo hajmlari va sig’imlari
Gazlar almashinishi va qon orqali gazlarning tashilishi.
Nafas markazi. Nafas faoliyati boshqarilishining nerv va gumoral mexanizmlari
.1 Nafas olish va chiqarishning fiziologik axamiyati Tirik organizm uz faoliyati jarayonida muttasil enegiya sarflab turadi. energiyaga boy moddalar, birinchi navbatda ATF fermsntlar yordamida parchalanganda ajraladi. Ammo sarflangan energiya o`rnini to`ldirib turish zarur. Buning uchun organik moddalar oksidlnadi. Natijada ulardan, masalan glyukozadan suv va karbonat angidrid xosil bo`ladi xamda ma'lum miqdorda energiya ajraladi. Bu energiya makroyergik moddalarning (ATF) qayta sintezlanishida ishlatiladi. Tabiiy sharoitida organizm hujayralariga uzluksiz ravishda kislarod etkazib berilishi, ularda xosil bo`lgan karbonat angidridni esa chiqarib turilishi kerak. Organizmni kislarod bilan ta'minlash va karbonat angidridni ajratib chiqarish nafasning moxiyati xisoblanadi. Yuqori darajada tashkil topgan xayvonlar hujayralari atmosfera xavosidan bevosita kislarod, olib, karbonat angidridni ajrata olmaydi. Bu jarayon nafas a'zolari va qon faoliyati tufayli yuzaga chiqadi. Shu bois organizmda kislarodni to`qimaga etkazilishi jarayonini shartli ravishda bir necha bosqichga bo`lish mumkin.
1. Atmofera xavosining o`pka al'veolalariga nafas yo`llari orqali etkazilishi.
2. Kislarodning al'veoladagi xavodan o`pka kapillyaridagi qonga diffo`ziyalanib o`tishi.
3. Kislarodning qon tarkibida to`qima kapllyariga etkazilishi.
4. Kislarodning bu kapilyarlardan to`qimaga diffo`ziya yo`li bilan o`tishi.
Hujayralardan karbonat angidridni chiqarib tashlashhamshu to`rt bosqichda kechadi. Ammo bosqichlar tartibi teskari yunalishda boradi.
Bu bosqichlar uzluksiz ravishda va ayni bir vaqtda sodir bo`ladi, ularni bir-biridan sun'iy ajratib urganish rasim bo`lib krlgan.
O`pka al'veolalari bilan tashqi muxit o`rtasidagi xavo almashinishi tashqi nafas deyiladi. Uni ko`krak nafasining bir me'yoridagi xarakatlari yuzaga chiqaradi. Nafas xarakatlari ikki bosqichdan nafas:olish--inispirasiya va nafaschiqarish-yekspirasiyadan iborat, Nafas olinganida kislorodga al'veolalarga kiradi , nafas chiqarilg`anda esa karbonat angidridga boyigan xavo tashqariga chiqadi.
Nafas olib, nafas chiqarishda xavo xarakatlari ko`krak nafasi xajmini oldin kattalashib, keyin kichiklashishiga bog`liq.
Nafas olish va chiqarish mexanizmi. Nafsas olishni inspirasiyani qourg`alarni ko`tarilishi va diafragmaning yassilanish ta'minlaydi.
Umurtkalarniing tanasi va enbosh usimtasiga qourg`alarni boshi, tush suyakka esa uchi togay va paylar yog`damida birikkan. qourg`a umurtqaga birikkan ikkita nuqtadan uning nafas vaqtidagi xarakatlarshshpg o`zi o`tadi. qourg`a nafas olganda shu nuqta atrofida aylanib, ko`tariladi, nafas chiqarilganda esa pastga tushadi. Inspirasia vaqtida kovirgalarning ko`tarilishi ko`krak nafasining sagittal va frontal yunalishlarda kattalashishini ta'minlaydi. Ayni vaqtda diafragma yassilashib, pastga tushadi va ko`krak qafasi vertikal yo`nalishdahamkattalashadi. Ko`krak nafasi xarakatlari nafas muskullari faoliyatiga bog`liq .
Osoyishta nafas chiqarish uchun muskullar faol qisqarishi shart emas. Ko`krak qafasi nafs olish vaqtida tuplangan elastik energiaya xisobiga torayadi. Inspirasiya vaqtida nafas muskullari bir qancha kuchlarni. ko`krak nafasining og`irligini, kovirga togaylarni elastik qarshiligi diafragma jigar, me'da ichaklarni pastga surganda bu azolar va qorin devori qarshiligi engadi . Nafas olish muskullari bushashi bilanoq bu kuchlar kengaygan kurak nafasi nipasiv xolda kichraytirada.
Bordiyu nafas kuch bilan chiqariladigan bo`lsa, bu kuchlarga asosiy nafas chiqarish muskuli-ichkiqourg`alaro muskullar va yog`damchi nafas chiqarish muskullari orqadagi ichki tishli muskullar va qorin muskullarining qisqarishi qo`shiladi. Ko`krak bo`shlig`i xajmi odatdagidan ko`prok kichrayadi. qourg`alararo muskullarni qourg`alararo nervla, diafragmani orqa miyaning 3-5 bo`yin syormentlaridan chiqadigan diafragma nervi nervilaydi. Navbatda nafas olish va chiqarish vaqtida o`pka xajmining, plevra bo`shlig`idagi va alveolalardagi bosim o`zgarishlarini ko`rib o`tadi
O`pkada muskullar bo`lmaganidan (faqat bronxlarda bir oz silliq muskul tolalari bor) , u mustakil xarakat kila o`lmaydi, Ammo nafas olib, nafas chiqarganda o`pka ko`krak nafasi bilan bir vaqtda kengayib-torayib turadi. Atmosfera bosimi o`pkaga faqat ichkaridan nafas yo`llari orqali tasir ko`rsatadi. Uning kuchi o`pkani kengaytirib, ko`krak nafasining ichki yuzasiga epishtiradi. Bisseral va pariyetal plevra orligida maxsus suyuqlik bo`lgani uchun, ular bir-birining yuzasida sirg`alib, erkin xarakat qiladi.
Ronders modeli tajribasida o`pkaning ko`krak nafasi ketidan pasiv xolda xarakat qilishini yaqqol ko`rish mumkin. Bu model - tubiga rezina parda qoplangan shisha idishdan iborat . Idishning uchidagi orziga tiqilgan pukak o`rtasidan shisha naycha o`tkazilgan. Bu naychaning shisha ichidagi uchiga kalamush yoki quyoning ajratilgan o`pkasi traxeyasi ulangan. Shisha bo`shlig`i bilan tutashgan monemetr bosim o`zgarishini ko`rsatadi. Idishning rezina tubi pastga tortilsa, idish xajmi kattalashadi , ichidagi bosim atmosfera bosimidan pasayadi, o`pka cho`zilib, kengayadi, ichiga atmosfera xavosi kyradi, Rezina qo`yib yuborilsa, asli xoliga keladi, idishning xajmi kamayadi, o`pka elastik kuchlar ta'sirida torayadi, xavo tashqariga chiqadi. Tirik organizmdahamnafas olish plevra bo`shlig`ida manfiy bosim bo`lishiga bog`liq. Uyelastik kuchlar natijasida kelib chiqadi. O`pkaning elastik tortish kuchi o`pka to`yinmas elastik tolalarining taranglashishi va alveolalarni ichidan qoplagan moddaning-surfaktantning yuza tarangligiga bog`liq. O`pkaning elastik tortish kuchi o`pka xajmini kamaytirishga qaratilgan. Shuning uchun ko`krak nafasiochilishi bilan o`pka bujmayib, Bo`shlikning faqat 1gZ xajmini egalaydi.
Maxsus yo`l bilan o`pkaning elastik tortish kuchi xosil qiladigan manfiy bosimni bevosita aniqlash mumkin. Buning uchun plevra bo`shlig`iga kiritilgan igna yoki naychani monimetrga ulash kerak, Tinch xolatda nafsas olganda plevra bo`shlig`iga kiritilgan igna yoki naychani monimetrga ulash kerak.
Bunda tinch xolatda nafas olganda plevra bo`shlig`ida manfiy bosim 5mm s. U nafas chiqarganda Zmm s. u. teng bo`ladi. Juda chuqur nafas olganda bu bosim 20mm s. u. ga etish mumkin.
Nafas organlari sistemasida xavo yo`llarini burun bo`shlig`i burun yo`llari, xiqildok, kekirdak, bronxlar va bronxiolalar tashkil qiladi. Bu to`zilmalarda gazlar almashinuvi sodir bo`lmasaham(shu sababdan, ularni zararli bushlik deyishadi), ular nafas olib-chiqarish muxim vazifani bajaradi. Avvalo atmasfera xavosi nafas yo`llari orqali alveolalarga etib boradi va shu yuddan chikib ketadi. Bundan tashqari, xavo u erdan o`tayotgan changdan tozalanadi, iliydi, namlanadi. Parasimpatik nevrlar qo`zg`alganda bronxlar muskulllari kisqarib, teshigi torayadi. Simpatik nevrlar ta'sirlanganda bu muskullar bushashadi, bronxlar kengayadi.
O`pka ventilyasiyasi, xajm va sig`imlari. Vaqt birligida bir minutda o`pkadan o`tadigan xavo miqdori-o`pka vintilyasiyasi deb tushiniladi, u nafas olishning chuqirligiga va tezligiga bog`liq. Tashqi nafasning bu ikki ko`rsatkichi ancha keng doiraga o`zgarib turadi.
Odatda tinch xolatda katta yoshli odam 500 ml ga yaqin xavoni nafasga oladi va chiqaradi. Xavoning bu xajm nafas xavosi deb ataladi. Nafas xavosi olingandan keyin yana qo`shimcha ravishda aichagina xavo olinishi mumkin. Bu xajm nafas olishning qo`shimcha xajmi deyiladi va 2000 - 2500 ml ni tashkil qiladi.
Tinch nafas chiqarilgandan keyin yana kariyb 1500 ml xavona navasda chiqarish mukin. Bu xajm nafas chiqarishning qo`shimcha xajmini tashkil qiladi. Nafas xavosi, nafas olishning qo`shimcha xajmi va nafas chiqarishning qo`shimcha xajmlarining yig`indisi o`pka qonningtiriklik sig`imini (US)tashkil qiladi. Uning xajmi taxminan 4000-4500 ml. Buning uchun odam atmosferadan iloji boricha chuqur nafas olib, xavoni o`pkasidan oxirigacha spirometrga chiqarish kerak. O`pkaning tiriklik sig`imi o`pka va ko`krak nafasining kengayish kobilyati ko`rsatkichi xisoblanadi. Ko`rsatkich miqdori o`zgaruvchan va yosh, jins, tananing katta-kichik va fazodagi xolati xamda jismoniy ish bajarishga moslashishga bog`liq . US yosh 40dan oshgandan keyin sezilarli darajada kamayadi. Ayollar US erkaklarnikidan 25% kam. Odam tik turgani US yotgandagiga qaraganda ko`prok bo`ladi. Mashq qilgan odamlada. US jismoniy ish bilan shug`illanmaganlarnikidan ko`proq bo`ladi. Nafas oxirigacha chiqarilgandan keyinhamo`pkada 1000-1500 ml xavo qoladi u xavo krldik, xavo deb ataladi. Shu bilan birga funksional qoldiq sig`imhamtafovut kilanadi. Bu sig`im odatdagicha nafas chiqargandan keyin o`pkada qolgan xavo xajmini ko`rsatadi.
Funksional qoldiq, sig`imining fiziologik axamiyati alvoveolyar xavoning gaz tarkibida nafas olib, nafas chiqarishga bog`liq bo`lgan o`zgarishlarni maromlab turishdan iborat. Atmosfera xavosi alveolalarga bevosita kirib- chiqqanda , alveolyar xavo tarkibidagi 02 va SO 2 miqdori nafas bosqichlariga bog`liq xolda keskin o`zgarib turadi. Tinch xolatda nafas xajmi (500ml ) funksional qoldiq sig`imdan (2500ml) bir necha kam. Kislorodga boy, karbonat angidridi kam bo`lgan oz miqdordagi nafas xavosi anchagina katta bo`lgan funksional qoldiq, sig`im bilan aralashganda alveolyar xavo tarkibi uncha o`zgarmaydi. Alveolyar xavo bilan qon o`rtasida gazlar almashinuvi mu'tasil bo`lishi uchun buning axamiyati katta. Tiriklik sig`imi va qoldiq, yig`indisi o`pkaning umimiy sig`imini tashkil qiladi . U 5500 - 6000 ml ga turri keladi.
Bu ko`rsatkichlarni o`lchash, tekshirish mumkin. Shulardan o`pkaning tiriklik sig`imi, uni tashkil kiluvchi nafas xavosini va nafas olish xamda nafas chiqarishning qo`shimcha xajmlarini spirometr yog`damida bevosita aniqlash , spirograf yog`damida kagozga yozib olish mumkin, Birok qoldiq xavoni, o`pkaning funksional koldik, sig`imini bevosita ulchab bo`lmaydi. U odatda inert gazlar yog`damida vositali yo`l bilan aniqlanadi.
Odatda katta yoshdagi odam tinch xolatda bir daqiqada 16-20 marta nafas oladi. Nafas xajmi ~~500 ml ga teng deb xisoblasak, o`pkadan shu vaqt ichida 8-10l xavo o`tadi yoki o`pka ventilyasiyasi 8-10l bo`ladi. Ammo o`pkada o`pka ventilyasiyasining xajmi nafas olishning qanchalik samarali ekanligi to`g`risida axborot bermaydi. Buni qo`yidagi misol bilan ko`rsatish mumkin. Kimdir nafas xajmi 300 ml bo`lgan xolda 1 daqiqada 20 marta nafas oladi. O`pkasining ventilyasiyasi 6000 ml bo`ladi . Boshqa bir odam bir dakkikada Yumarta nafas oladi, uninshg nafas xajmi 600ml. Bu odamning xajmi ventilyasiyasiham6000ml. Ammo ikkinchi shaxsning nafas o`pkada gazlari aplmashinuvini e'tiboriga olganda samaralirok.
Gap shundaki, nafasga olingan xavoning bir qismi alveololarga etib bormay, zararli bo`shliqda qoladi xajmi taxminan 140 ml . Demak birinchi shaxe nafasga olgan 300ml xavodan alveolalarga 460 ml (600ml - 1yo40ml) xavo etib boradi. Ularning alveolyar ventilyasiyasi (bir daqiqada alveolalardan utgan xavoning xajmi) qo`yidagicha bo`ladi.