O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə72/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Nafas olish mexanizmi
Nafas olish akti (inspiratsiya) koʼkrak boʼshligʼining hajmi uchta – vertikal, sagittal va frontal yoʼnalishlarida kengayishi tufayli roʼy beradi. Qobirgʼalarning koʼtarilishi va diafragmaning pastga toʼshishi natijasida koʼkrak boʼshligʼi kengayadi.
Qovurgʼalar toʼsh suyagiga togʼaylar bilan birikkan, umurtqa pogʼonasiga esa ikki nuqtada: qobirgʼa boshi – umurtqa tanasiga, qobirgʼa boʼrtigi umurtqaning yonbosh oʼsimtasiga birikkan. Nafas chiqarish paytida qobirgʼalar pastga toʼshadi; nafas olish paytida esa yuqoriga koʼtarilib, gorizontal vaziyatni oladi. Bunda toʼsh suyagining pastki qismi oldinga yoʼnaladi, shuning uchun koʼkrak qafasining kundalang kesimi ikki yonga va oldindan orqaga qarab kengayadi.
Qovirgʼalararo tashqi muskullar (mm. intercostales externi) bilan togʼaylararo muskullar (mm. intercartilaginei)ning qisqarishi natijasida qobirgʼalar yuqoriga koʼtariladi. qobirgʼalararo tashqi muskullar bir qobirgʼadan ikkinchisiga orqadan va yuqoridan oldinga va pastga qarab qiyshiq yoʼnalishda boradi.
Qobirgʼalar aylanish nuktasi ularning umurtqa pogʼonasi bilan tuzgan bo’gʼimlarida joylashgan ikkinchi xil richaglardan iborat. Qobirgʼalararo tashqi muskullar qisqargan vaqtda qobirgʼalarni bir-biriga yakinlashtirish kerak edi, biroq muskullar yopishgan joyning pasti kuch momenti yuqoridagisiga nisbatan kattaroq boʼlgani uchun muskullar qisqarganda qobirgʼalar koʼtariladi.
Nafas olish paytida diafragmaning muskul tolalari qisqaradi, natijada diafragma yassilanib, pastga toʼshadi; qorin boʼshligʼidagi organlar pastga, ikki yonga va oldinga itariladi; koʼkrak boʼshligʼi ayniqsa vertikal yoʼnalishda kengayadi.
Turli nafas muskullarini elektrofiziologik usullar bilan tekshirish bioelektr tebranishlari (Harakat potentsiallari)ning avval diafragmada, keyin esa qobirgʼalararo muskulda paydo boʼlishini koʼrsatdi.
Tugʼilishdan keyingi dastlabki oylarda nafas harakatlari asosan diafragmaning qisqarishi hisobiga yuzaga chiqadi. Shuning uchun mushuk bolasining nn. phrenici-ni qirqish yoʼli bilan diafragmasi falaj qilinsa, u oʼlib qoladi.
Turli odamlarning yoshiga va jinsiga, kiyimiga va mexnat sharoitiga qarab nafas olish yo qovurgʼalararo muskullar hisobiga – qobirgʼa, yoki koʼkrak bilan nafas olish tipi – yo boʼlmasa diafragma hisobiga – diafragma, yoki qorin bilan nafas olish tipi – yuzaga chiqadi.
Nafas olish tipi moʼtlaq doimiy boʼlmay, shu paytdagi sharoitga moslanishi mumkin. Masalan, odam ancha yuk orqalab ketayotganda koʼkrak qafasi yuk uchun tayanch boʼlib xizmat qiladi, shuning uchun xam uni tana muskullari va qobirgʼalararo muskullar umurtqa pogʼonasi bilan birgalikda qimirlatmay ushlab turadi; faqat diafragma harakatlari tufayli nafas olinadi va chiqariladi. Xomilador ayollarda diafragmaning pastga siljishi qiyinlashadi, shuning uchun ularda qobirgʼalar bilan nafas olish tipi ustoʼn turadi.
Tez-tez nafas olishda, masalan xalloslashda bir qancha qoʼshimcha yoki yordamchi nafas muskullari: yuqoridagi qobirgʼalarni koʼtaruvchi muskullar (mm. sternocleidomastoidei, mm. scaleni), yelka kamarini va orqaga tortilgan yelkalarni qimirlatmay turuvchi muskullar (mm. trapecii, mm. rhomboidei, mm. levatores scapulae) nafas olish fazasida qatnashadi.
Yordamchi nafas muskullariga: mm.pectorales major et minor, mm. serati anter. kiradi, boʼlar xam qobirgʼalarni koʼtara oladi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin