O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə75/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Xavo yoʼllarining ahamiyati
Havo yoʼllaridan oʼtayotgan atmosfera xavosi changdan tozalanadi, iliydi va namlanadi.
Burundan nafas olishda xavo changdan yaxshi tozalanadi. Xavo anchagina tor buroʼn yoʼllaridan oʼtayotganida uyurma harakatlar vujudga keladi va changning yirik zarralari buroʼn yoʼllari, buroʼn-xalqum va xikqldoq shilliq pardalariga urilib, ularni qoplab turuvchi shilimshiqka yopishib qoladi. Xavo tozalanishining bu mexanizmi shu qadar samaraliki, diametri 4-6 mk dan oshmaydigan chang zarralarigina ichki nafas yoʼllariga oʼta oladi. Bronxlar bilan traxeyadagi kiprikli epiteliy faoliyati xam chang zarralarinnng chiqib ketishiga yordam beradi.
Changning yirik zarralari traxeya bilan bronxlarga kirib qolganda refleks yoʼli bilan yoʼtal toʼtadi, buroʼnga kirganda esa refleks yoʼli bilan aksa toʼtadi. Yoʼtal va aksirish nafasni qiyinlashtiruvchi yot zarralar va shilimshiqdan nafas yoʼllarini tozalovchi himoyaviy nafas reflekslaridir.
Bronxlar devorida, ayniqsa ularning mayda tarmoqlari – bronxiolalarda ularning teshigini toraytiruvchi xalkasimon muskullar bor. Oxirgi bronxiolalarning muskul tolalari qisqarganda ularning teshigi shu qadar torayadiki, bronxiolalarga toʼtushgan al’veolalar nafasda katnasha olmaydi, choʼnki al’veolalarga xavo kirmay qoʼyadi.
Bronxiolalarning silliq muskullari adashgan va simpatik nervlardan innervatsiya oladi. Аdashgan nerv taʼsirlanganda bronxlarning muskullari qisqaradi, teshiga torayadi, simpatik nervlar taʼsirlanganda esa shu muskullar boʼshashadi va bronxlar kengayadi. Nn.vagi taʼsirlanganda bronxlarning muskullari shu qadar qisqaradiki, nafas olish va chiqarish qiyinlashib qoladi.
Qon dagi gazlar miqdori
Qon da fizikaviy erish holatida boʼlgan gazlarning hajmini formulaga muvofiq hisoblab chiqish mumkin (g = a • v • p ), g - suyuq likda erigan gazni mik-
A dori, a – absorbtsiya koeffitsient mazkoʼr temperatura uchun, V – suyuq lik hajmi, P – mazkoʼr gaz bosimi, A – atmosfera bosimi.
100 ml arterial qon da erigan kislorod miqdori 0,3 xajm %, karbonat angidrid – 2,5 xajm % va azot 0,95 xajm % ga teng boʼlishi keragligi hisoblardan maʼlum. Biroq qoʼyida tasvir etilgan usullardan foydalanib, qon dan koʼproq kislorod va karbonat angidrid ajratib olish mumkin. Bu, qon dagi kislorod va karbonat angidrid fizikaviy erish holatidagina emas, balki ximiyaviy bogʼlanish holatida xam ekanligidan guvoxlik beradi. Qon dagi kislorod gemoglobin bilan bogʼlangan. Karbonat angidrid esa gemoglobin bilan qisman bogʼlangan, koʼpchilik qismi esa qon da bikarbonat shaklida boʼladi.
Аrterial va venoz qondagi gazlar miqdori. Sogʼlom odamning arterial qon ida 18-20 xajm % kislorod, 50-52 xajm % karbonat angidrid va qariyb 1 xajm % azot bor. Venoz qonda 12 xajm % kislorod, 55-57 xajm % karbonat angidrid va qariyb 1 xajm % azot boʼladi. Bu sonlardan koʼrinib turibdiki, venoz qon oʼpka kapillyarlaridan oʼta turib, kislorod bilan boyiydi va oʼzidagi karbonat angidridning bir qismini ajratib chiqaradi. Аrterial qon katta doira kapillyarlariga kelgach oʼzidagi bir qism kislorodni toʼqimalarga beradi va karbonat angidrid bilan tuyinadi. Аrterial va venoz qondagi azot miqdorining bir xil ekanligi uning gazlar almashinuvida qatnashmasligini koʼrsatadi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin