O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə66/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Nazorat savollari.
1. Endokrin sistemasi organizm uchun qanday axamiyati bor?
2. Nima uchun endokrin bezlari yoki ichki sekresiya bezlari deyilishini tushuntiring.
3. Gormon deganda nimani tushuniladi?
4. Gormonlarning umumiy biologik xususiyatlarini ayting.
5. Organizmda qaysi bezlar ichki sekresiya bezlariga kiradi?
6. Gormonlarni guruxlarga ajrating.
7. Gormonlarning ta'sir ko`rsatish mexnizmini tushuntirib bering.
8. Gormonlarning asosiy vazifalari qanday?
9. Gipofiz bezini ichki sekresiya faoliyatini aytib bering.
10. Buyrak usti bezi po`stloq qavatining ichki sekresiya faoliyatini tushuntiring.
11. Buyrak usti bezi mag`z qavati gormonlarini ayting.
12. Qalqonsimon bez faoliyati xaqida gapiring.
Jinsiy bezlar faoliyati va gormonlari
Jinsiy bezlar gormonlari, ularning jinsiy faoliyatga va butun organizmni rivojlanishiga ta'siri. Jinsiy bezlar gormonlarining faolligihamadenogipofizga bog`liq bo`ladi. Bu bezlar gormonlardan tashqari, jinsiy hujayralar spermatozoidlar va tuxum hujayralarni xosil qiladi. Jinsiy gormonlar uch guruxga bo`lib o`rganiladi.:
1) Estrogenlar; 2) Gestagenlar; 3) Androgenlar.
Birinchi va ikkinchi gurux gormonlari ayollar jinsiy gormonlari bo`lib, ular ichida eng muxim estradiol, estron va progestrondir. Uchinchi gurux gormonlar erkaklar jinsiy gormonlari uchun xos bo`lib, ulardan eng muximi testosterondir.
Ayollar jinsiy gormonlari xomila jinsini aniqlaydi, jinsiy organlar va ikkilamchi jinsiy belgilar rivojlanishini ta'minlaydi. Bunday gormonlar ta'sirida organizm va ayniqsa jinsiy organlar rivojlanadi. Odamda jinsiy aloqa qilish va bola ko`rish qobiliyatlari shakllanadi. Bundan tashqari, jinsiy gormonlarning ekstragental samarasi (jinsiy a'zolardan tashqari boshqa faoliyatlarga ta'sir qilish qobiliyati)ham bor.
Xomila jinsi shaklllanishida jinsiy gormonlar alohida axamiyatga ega. Taxminan 3 oylik davlardan boshlab odam embrioni moyak testosteronini sintezlay boshlaydi va uning ta'sirida jinsiy a'zolar erkaklarga xos shaklga kiradi. Gipotalamusning erkakcha tipda rivojlanishi va balog`atga yetgandan keyin jinsiy xatti-xarakatlarning erkaklarga xos bo`lishi ham ishlab chiqariladigan testosteronga bog`liqdir. Erkak embrionning jinsi aniqlanganidan so`ng moyaklarda gormon ishlab chiqarilishi to`xtaydi.
Ayol jinsli embrionning tuxumdonlari gormonlar ishlab chiqarmaydi. Ularning gormonal faoliyati qiz bolaning balog`atga yetish davrida boshlanadi.
Balog`atga yetishda jinsiy gormonlar tez rivojlana boshlaydi. Balog`at yoshiga qadar ma'lum davr mobaynida o`g`il va qiz bolaning jinsiy bezlari gormonlar ishlab chiqarmaydi. Chunki bu davrda jinsiy hujayralarni vujudga keltiradigan tuzilmalar xali yetilmagan bo`lib, faollik ko`rsatmaydi. Bolalar o`rtasidagi jinsiy tafovut (gavda tuzilishi, tabiati) buyrak usti bezining jinsiy garmonlariga bog`liq.
O`smirlik boshlanishi bilan o`g`il bolalarning moyaklarda gormonlar sintezlanishi qayta tiklanadi, qiz bolaning tuxumdonlari ilk bor faollik ko`rsata boshlaydi. Natijada o`g`il bolaning qonida testosteron miqdori, iz bolalarda esa esterogenlar miqdori osha boshlaydi. Moyaklarda urug` xosil qiluvchi naychalarning tez rivojlanishi va epiteliyda spermasitlar xamda spermatazoidlar xosil bo`lishini testosteron ta'minlaydi. esterogenlar esa follikulalarning o`sib, rivojlanishi va ulardan Graf pufakchalari xosil bo`lishi uchun zarurdir.
O`spirinlik davrida o`g`il va qiz bolalarning tashqi qiyofasi o`zgarishi shuningdek ikkilamchi jinsiy belgilarning tez rivojlanishi kuzatiladi. Yigitlarning tanasi va jinsiy a'zolarining rivojlanishi jinsiy aloqa qilish, eyakulyasiya (urug` otish), urug`lantira olish darajasiga yetadi. qizlarda esterogenlarning qondagi miqdori ayollarning jinsiy sikliga yaqin muddatlarda siklik ravishda o`zgara boshlaydi. Bu gormonlar qonda va siydikda ko`payar ekan yaxshi etilgan Graf pufakchasidan biri yorilib, undan tuxum hujayra chiqadi, oradan bir necha kun o`tgach, qiz birinchi marta xayz ko`radi. Keyingi bir necha oy mobaynida jinsiy sikl muntazam takrorlanadigan va ko`pincha tuxum hujayra paydo bo`lishi (ovulyasiya) bilan o`tadigan bo`ladi.
Ayol jinsiy sikli murakkab fiziologik jarayon bo`lib, asosan qiz bola balog`at yoshiga yetgan davrda boshlanadi. Balog`atga yetgan qizlarda ovulyasiya xar 27-28 kunda takrorlanib turadi. To`rt xafta davom etadigan bu jinsiy sikl to`rt davrga bo`linadi: 1) ovulyasiyadan oldingi davr; 2) ovulyasiya; 3) ovulyasiyadan keyingi davr; 4) tinchlik davri.
Ovulyasiyadan oldingi davrda bachadon kattalashadi va qonga to`ladi. Bachadon shilliq pardasi va bezlari o`sadi, uning va vallniy naylar muskullarining peristaltikasi kuchayadi va tezlashadi. Qinning shilliq pardasi o`sadi va undan ajralish shilimshiqda epiteliy hujayralar soni kuchayadi.
Umuman olganda bu o`zgarishlarning sababi gipofizdan folikulalarni rag`batlantiruvchi gormonning qonga ko`proq o`tishi va tuxumdonlarda esterogenlar ajralishining ortishidan iborat. FSG qonda ko`payishi Graf pufakchasini etilishinihamta'minlaydi. Pufakchaning sirti yorilib, ichidan tuxum hujayra chiqadi, boshqacha aytganda ovulyasiya sodir bo`ladi. Ayollarning xomiladorlik davrida o`ziga xos gormonal o`zgarishlar kuzatiladi.
Urug`langan tuxum hujayra bachadonga tushgach, bir necha kun erkin xolatda bo`ladi. So`ngra uning shilliq pardasi yopishadi (implantatsiya ro`y beradi). Implantatsiya jarayoni progesteron va estrogenlarga muxtoj. Urug`langan tuxumdan rivojlangan blastosistaning bir qismidan va unga yondosh bo`lgan endometriydan yo`ldosh rivojlanadi, u orqali xomila ona qonidan kerakli moddalarni oladi. Rivojlanayotgan yo`ldoshning bir pardasi – xoroyonik gonadodtropin (XG) va plasentar laktogen gormon (PLG) sintezlanadi. Odam organizmidagi jinsiy gormonlar ekstragenital ta'sir ko`rsata oladi.
Jinsiy gormonlar jinsiy faoliyatdan tashqari organizmda ro`y beradigan boshqa jarayonlarga turlicha ta'sir ko`rsatadi. Masalan, androgenlar anbolik samaraga ega, ular oqsil sintezini tezlashtiradi. Ayniqsa erkaklarda muskullarning yaxshi rivojlanishi uchun juda muximdir. Aksincha, progesteron esa organizmdagi barcha jarayonlarga katabolik ta'sir ko`rsatadi. Uning ta'sirida asosiy modda almashinuvi ortadi, ertalab uyg`onganda tana harorati yuqori bo`ladi. Jinsiy gormonlar asosan boshqa gormonlar bilan xamkorlikda suyaklar o`sishini boshqaradi. Jinsiy bezlar faolligi oshib kesa, epifizar tog`aylar tezroq suyakka aylanib o`sish to`xtaydi. Aks xolda androgenlar etishmasa o`sish davri uzayib ko`salik novchaligi kelib chiqishi mumkin.
Endi navbatda organizm faoliyatiga gepofiz garmonlari bevosita ta'sir qilmaydigan ichki sekresiya bezlari to`g`risida to`xtalamiz. Ba'zi bir endokrin bezlar faoliyatining boshqarilishida gipofiz gormonlari bevosita ishtirok etmaydi. Bularga meda osti bezining Langergans orolchalari, buyrak usti bezining mag`iz qavati, epifiz, qalqonsimon bez oldi bezlari va boshqalar kiradi. Bunday bezlardan gormon ajralish tezligi ko`proq ular boshqaradigan ko`rsatkichlarning o`zgarishiga bog`liq.
Organizmdagi oshqozon osti bezi endokrin faoliyat ko`rsatadi. Oshqozon osti bezining asosiy qismi ovqat hazm qilish jarayonida ishtirok etuvchi shira ishlab chiqaradi. Bu ishni bajaruvchi ekzokrin to`qima orasida maxsus endokrin hujayralar orolchalari – langergans orolchalari joylashgan bo`ladi. Orolchalardan V-hujayralar insulin, A-hujayralar – glagon delta hujayralar – somatostatin degan gormonlarni sintezlaydi. Gipotalamik somatostatin gipofizdan o`sish gormoni ajralishini tormozlaydi. Bundan tashqari, u MNS da mediator rolini o`ynab, somatostatin insulin, glayuagon va gastrointestinal gormonlarning qonga o`tishini tormozlaydi. Insulin va glayuagon rganizmda uglevodlar almashinuvini boshqaruvchi asosiy gormonlardir. Insulin oqsil turlaridan biri bo`lib uning molekulyar massasi 6000 ga yaqin. Insulin bir-biriga parallel bo`lgan va ikkita disulfid ko`prikchalar yordamida bog`langan ikki polipentiddan iborat. Glayugogon esa molekulyar massasi 3500 bo`lgan polepentiddir.
Qonda glyukoza miqdorini kamaytiruvchi yagona gormon – insulindir. Glyukozaning qondagi miqdori taxminan 0,8-4,0 g.l (4,4-6,6 mmol.l) bo`ladi. Bu miqdorning muttasil va sezilarli darajada ko`tarilishi qandli diabetda uchraydi va insulin etishmovchiligining natijasi xisoblanadi. Agar glyukoza miqdori qonda 1,8 g.l dan oshsa, siydik bilan chiqa boshlaydi. Chunki glyukoza oxirgi siydik xajmini oshishiga olib keladi. Nefron naychalarida u to`liq reabsorbsiyaga uchramaydi. Tashqaridan organizmga insulin kiritilishi, ondagi glyukoza miqdorini kamayishiga olib keladi. Sababi: 1) insulin glyukozani skelet muskullari, yog` to`qimasi va miokard hujayralariga o`tishining engillashtiradi va hujayralarda glyukoza almashinuvini tezlashtiradi;
2) Insulin jigarda glikogen xosil bo`lishini stimmulaydi; 3) insulin aminokislotalardan glyukoza sintezlanishini (glyukoneogenezin) sustlashtiradi.
Insulin yot almashinuviga ta'sir qilib, undan erkin kislotalarni jigar va yog` to`qimasiga o`tishini ta'minlaydi. Ularni trigliserid shaklida jamg`arilishini amalga oshiradi.
Jigarda glikogenning glyukozaga parchalanishini glikogen tezlashtiradi. Shu bilan birga u glyukozani boshqa moddalardan (aminokislotalardan) sintezlanishini kuchaytiradi va natijada qonda glyukoza miqdorini oshirib yuboradi. Bu gormonhamorganizmdagi yog` almashinuvi jarayonlariga ta'sir ko`rsatadi. Glyukagon jigarda yog` kislotalarning oksidlanishini tezlashtiradi va ko`p miqdorda ketonlar xosil bo`lishiga olib keladi.
Qayd etish kerakki, nerv sistemasi, me'da osti bezi ichki sekresiyasiga bevosita ta'sir ko`rsatadi. Adashgan nerv insulin sekresiyasini kuchaytiradi, simpatik nerv esa uni tormozlaydi. qonda glyukogen miqdori simpatik nerv sistemasi ta'sirida ortadi.
Navbatda buyrak usti bezlarining mag`iz qavati faoliyatiga to`xtalamiz. Bezning mag`iz qavatini tashkil qiluvchi hujayralar kaliy baxromat bilan yaxshi bo`yalganidan xromofil hujayralar deyiladi. Xromofil hujayralar ikki xil bo`lib, biri andrenalin, ikkinchisi noadrenalin ishlab chiqaradi. Gormon sintezlovich hujayralar simpatik sistemaning o`zgarib ketgan nostangonlionar neyronlardir. Ularni simpatik nerv sistemasining pregangonlar tolalari bevosita nervlaydi. Gavdaning boshqa qismlaridahamxromfon hujayralar uchraydi. Ular simpatik nervlar singari adrenalina yaqin fiziologik faol modda ishlab chiqargani uchun simpatik adrenalin sistemasiga kiritiladi.
Buyrak usti bezining mag`iz qavatida ishlab chiqariladigan katexolaminlarnig asosiy qismi noradrenalinindir. Bu gormon mediator rolini bajarib bosh miyaning turli qismlaridahamsintezlanadi. Katexolamin gormonlar birinchidan silliq va targ`il muskullarning tonusi va qisqargishiga ta'sir qilsa, ikkinchidan uglevodlar va yog`lar almashuvida ishtirok etadi.
Qondagi glyukozani miqdorini adrenalin oshiradi. Bu jigarda glikogen parchalanishini natijasidir. Noradrenalin qondan glyukoza miqdoriga kam ta'sir qiladi. Adrenalin eng kuchli kontrinsulyar (insulinga qarshi) gormon bo`lib qondan glyukoza miqdorini boshqarishda muxim axamiyatga ega.
Adrenalin va noradrenalin yog` to`qimasida yog`ning parchalanishini tezlashtirib qonda erkin yog` kislotlari miqdorini oshiradi. Organizm faoliyati natijasida yog` kislotalar miqdorini oshiradi. Organizm faoliyati natijasida yog` kislotalar energiya manbai sifatida sarflanadi. Katta yoshli odamda asosiy modda almashinuvi adrenalin ta'sirida 30% chamasi ortsa, chaqaloqlarda bunday jarayon 300% gacha ortishi mumkin. Bunday termogen samara noradrenalindahambor.
Adrenalin ba'zi qon tomirlarini, masalan, teri qon tomirlarini toraytirib, boshqa qon tomirlarini, masalan, teri qon tomirlarini toraytirib, boshqa qon tomirlarini xususan, skelet muskullar tomirlarini kengaytiradi. Adrenalin va noradrenalin organizmdan ajratilgan yurakka musbat xronotron va inotron ta'sir ko`rsatadi.
Qonda noradrenalinning ko`payishi sistolik va diasistolik arterial qon bosimini oshiradi. Adrenlin ta'sirida faqat sistolik bosim oshib, diasistolik bosim o`zgarmaydi yoki aksincha, pasayadi.
Noradrenalin va adrenalin nafas olishni chuqurlashtirib, bronxlarni kengaytiradi. Odatda, adrenalin va noradrenalin ovqat hazm qilish sistemasi tarkibidagi organlarining silliq muskullarini bo`shashtiradi, ammo boshqa a'zolardagi silliq muskullarga (taloq qobig`i, teri tuklarini ko`taruvchi muskullar, qorachiqni kengaytiruvchi muskullarga) qo`zg`atuvchan ta'sir ko`rsatadi.
Bundan tashqari buyrak usti bezi po`stloq qavatining gormonlari suv va tuz almashinuvini boshqarishda ishtirok etishligin aytib o`tamiz.
Organizmda suv va tuz almashinuvini boshqaruvchi gormonlarni asosan ikki guruxga bo`lish mumkin. Birinchi guruxga natriy, kaliy va vodorod ionlari miqdorini boshqaruvchi aldesteron, angiotenzin va repin kabi gormonlar kirsa, ikkinchi guruxga kalsiy va fosfatlar muvozanatini ta'minlovchi paratgormon va kalsitoninlar kiradi.
Aldosteran buyrak usti bezining po`stloq qismida sintezlanadigan mineralokortiqoid gormon bo`lib, hujayra membranalari orqali natriyning tashilishini tezlashtiradi. Aldesteron ta'sirida buyrak kanalchalarida natriyning qayta surilishi ortadi, kaliy chiqarib tashlanishihamortadi. Bu gormon so`lak, ter, ichak shirasi tarkibida ajraladigan natriy miqdorini kamaytiradi. qon va to`qimalarda natriyning ko`payishi osmotik bosimni ko`taradi. Natijada suv organizmda to`planib qoladi, qonning xajmi o`payadi, arterial qon bosimi ortadi.
Mineralokortrikoidlar etishmovchiligida organizm natriyni yo`qotish tufayli xalok bo`lish mumkin. Ilmiy asosda aytish mumkinki, agar buyrak usti bezi olib tashlangandan keyin xayvon organizmiga aldosteron va natriy kiritilmasa, u tez kunda xalok bo`ladi. Demak, mineralokortiqoidlarning bezdan qonga o`tishi organizmda natriy va kaliy miqdoriga bog`liq. Natriy miqdorining oshishi mineralokortiqoidlar chiqarilishini tormozlaydi. Natriy oz bo`lsa, gormonning qondagi miqdori ko`payadi. Kaliy ionlarining ta'siri qarama-qarshi bo`ladi. Mineralokortiqoidlar, xususan aldostiron sekresiyasi renin-angiotenzin orqali boshqariladi.
Kalsiy va fosfor muvozanatini ta'minlovchi gormonlarhampo`stloq qavat gormonlaridir. Gomeostatik ko`rsatkichlar ichida doimiyligi jixatidan ta'minlanishi zarur bo`lganlaridan biri – kalsiyning qondagi miqdori. Kalsiy ionlari fosfor, fosfat, fosfolipidlar, fermentlar, nuklein kislotalar tarkibiga kirib, hujayra membranalarining o`tkazuvchanligiga, ba'zi fermentlar faolligiga, nerv va muskullar qo`zg`aluvchanligiga va boshqa jarayonlarga ta'sir qiladi.
Kalsiy va fosfor muvozanatini saqlashda vitamin D bilan bir qatorda ikki gormon – paratgormon va kalsitonin qatnashadi. Paratgormon qalqonsimonbezning maxsus S – hujayrasida sintezlanadi. Paratgarmon molekulyar massasi 8500 teng bo`lgan oqsil xisoblanadi. Paratgormon birinchidan osteoklastlarning faolligini oshirib, suyakdan va fosfor ajralib hiqishini tezlashtiradi. Ikkinchidan u buyraklarda  reabsurbsiyasini kuchaytiradi. Vitamin D ning miqdori etarli bo`lganda paratgormon ichakda surilishinihamtezlashtiradi. Natijada qonda doimiy (0,1 gG'l yoki 3 mol.l) bo`lgan kalsiy miqdori ko`payadi. Paratgormonning ta'sirida fosforning qondagi miqdori uncha o`zgarmaydi. Paratgormon etishmovchiligi qondagi miqdorini kamaytiradi. Bu ko`rsatkich 0,8 gG'l ga tushsa, tetaniya ro`y beradi. Skelet muskullarining qo`zg`aluvchanligi oshib, ular kuchsiz ta'sirotga topik qisqarish bilan javob beradi. Nafas muskullari kuchli topik qisqarish xolatiga o`tganda, odam xalok bo`lishi mumkin.
Kalsitoninhamoqsil turlaridan bo`lib, uning molekulyar massasi 3600 chamasida. Kalsitonin paratgarmonni antogonisti sifatida, qonda kalsiy miqdorini kamaytiradi. Bu esa suyaklarda kalsiy ajralishini susayishiga olib keladi. Kalsiy tonin me'daning pilorik qisimda sinetlanadigan va me'da sekresiyasining juda kuchli stimulyatori bo`lmish gastrin gormonining qonga o`tishini tormozlaydi.
Giperparatireozda kalsiyning qondagi miqdori ortadi. Agar u 0,17 gG'l dan oshsa, odamning yuragi to`xtab to`satdan o`lib qolishi mumkin.
Epifiz. Odam bosh miyasi markazida, uchinchi qorincha tubida epifiz joylashgan bo`lib, uning diametri 3-4 mm. Dir odamzod bunday bez borligini 4 ming yildan beri bilsahamuning faoliyati to`g`risidagi fikrlar oxirgi 20-30 yillar davomida aniqlangan. O`rta asrlarda odamning ruxi epifizda saqlanadi deb xisoblanardi. Asrimizning boshlarida o`tkazilgan tajribada ovqatga maydalangan epifiz qo`shilib berilganda itbaliqlarning rangi oqargani aniqlangan edi. Shunga asoslanib, 50 yillarda amerikalik olim A.Linner epifizda pigment almashinuviga ta'sir qiladigan modda bo`lsa kerak, deb taxmin qildi. U taxminan 10 ming qora molning epifiz bezidan 1-2 g modda ajratib oldi. Bu moddaning juda oz miqdori baqa organizmiga kiritilganda teri oqarishiga olib keladi. Shunday qilib yangi gormon melatonin kashf etildi.
Ko`p marotaba o`tkazilgan tajribalardan ma'lum bo`ldiki, melatonin garmoni ko`p qirrali samaraga ega ekan. U boshqa bir biogen amin-serotopinindan xosil bo`lib, pigment almashinuvini, jinsiy faoliyatini kecha-kunduzlik va fasllik ritmlarni, hujayralar bo`linishi va rivojlanishini boshqarishda ishtirok etadi. Melatonin epifizdan tashqari, hazm sistemasidagi anudositlarda, tomirlar eudoteliyda, buyrak usti bezi po`stloq qismida, miyachaning Purkins hujayralarida, simpatik tugunlarda sintezlanadi.
Melatonin ko`z to`r pardasidahamtopilgan. Gormonning to`r pardadan miqdori kamayib kesa, odamning ranglarni ajratish qobiliyati buziladi. Bundan tashqari melatonin uyqu keltirish qobiliyatigahamega. Tajriba tariqasida bir necha tomchi gormon eritmasi mushuk burniga tomizilganda 70-100 daqiqa davom etuvchi chuqur uyqu kuzatilgan.
Oxirgi vaqtda melatoninning yana bir juda muxim xossasi aniqlandi. U hujayralar bo`linishini sekinlashtirib, o`smaga qarshi ta'sir ko`rsatar ekan. Melatonin gipofizdan gonadotrop gormonlarning qonga o`tishini kamaytiradi. Demak, uning qondagi miqdori ko`payib kesa balog`atga etish cho`zilib ketadi. Gormonning etishmovchiligida esa jinsiy rivojlanish tezlashadi.
Ayrisimon bez (timus) immun tizimining markaziy a'zosi bo`lgan, ayrisimon bez, endokrin faoliyathamko`rsatadi. Ta'sir ko`rsatishi va ajralishi jixatidan farqlanadigan talay peptid va oqsil tabiatli fiziologik faol moddalar bez to`qimasidan olinadi. Ular qatoriga limfositlarni rag`batlantiruvchi garmon, timozin, timin, timotoksin va boshqalar kiradi. Bu moddalar imunitetning turli omillariga, limfopoyezga, nerv – muskul o`tkazilishiga ta'sir qiladi. Ammo ular chin garmon xisoblanmaydi.
Timusning fizilogik faol moddalar va tiroksin; jinsiy garmonlar, AKTG lar o`rtasida qarama-qarshi munosabatlar bor. O`sish garmoniga esa bu moddalar ko`makdosh.
Mavjud ma'lumotlar ayrisimon bezni immun tizimi va ichki sekresiya bezlari faoliyatini monandlashtirib turuvchi a'zo deyishga asos bo`ladi.
To`qima (ichak)garmonlari. Hozirga qadar to`qima va organlarda 50 xilga yaqin garmonni sintezlash qobiliyatiga ega bo`lgan hujayralar topilgan. Bu hujayralarni ko`p qismi hazm sistemasida, o`pka, buyrak, yurak va boshqa endokrin sistemaga kirmaydigan a'zolarda uchraydi. Bugungi kunda maxsus immunigisti ximiyaviy usullar yordamida garmon sintezlovich hujayralarni aniqlash mumkin. Bu hujayralarni aniqlash mumkin.
Bu hujayralarningg modda almashinuvi o`ziga xos bo`lib, biogen aminlarning o`tmishdoshlarini karboksilsizlshtirish va ular qoldig`idan peptid garmonlarni sintezlash qobiliyatiga ega. Bu hujayralar APUD – sistemsini tashkil qiladi. Apudositlar sintezlaydigan garmonlar juda ko`p. Ular serotonin va melotonin, katexolaminlar va gistamin. Gastrin, sekretin, motilin va boshqa moddalarni ishlab chiqaradi.
Demak organizmda gormonlar faqat maxsus endokrin bezlarda emas, balki to`qima va a'zolardahamsintezlanadi. Bu borada hazm sistemasini faolligi yuqori, chunki undagi anudosislar 20 turdagi garmonni ishlab chiqaradi. Bunday garmonlar hazm a'zolari faoliyatini boshqarishda muxim rol o`ynaydi. Bundan tashqari, hazm sistemasi gamonlari umumiy modda almashinuvini nazorat qilishda ishtirok etadi. Bu gormonlarning axamiyati katta. Ularni asosan ingichka ichak shilliq pardasidan hujayralardan sintezlaydi. Shu tufayli ularni maxsus guruxga – enterin sistema garmonlari guruxiga birlashtiradilar. Ularni yana gastrointestinal garmonlar, debhamatashadi.
Yentirin gormonlar sistemasi. Sekretin – birinchi kashf etilgan gastrointestinal grmon bo`lib, 1902 yilda ingliz olimlar Beyliss va starling tomonidan topilgan. Gormon atamasi ilk bor Sekretinga nisbatan ishlatilgan. Sekretin o`n ikki barmoqli ichakni shilliq pardasidagi maxsus hujayralar seiyezlaydi. Molekulasi 27 aminokislota qoldig`idan tashkil togan. Molekulyar massasi 3035. Gormonning qonga o`tishi uchun o`n ikki barmoqli ichakka me'dadan xlorid kislota o`tib, undagi ni 4,5 dan pastga tushirish kerak.
Sekretin ta'sirida oshqozon osti bezidan shira ajralishi keskin ko`payadi, shira tarkibidagi bikarboniatlar miqdori ortadi. Bundan tashqari, bu gormon o`t-safro va ingichka ichak shirasi bilan suv xamda tuzlar ajralishini ko`paytiradi. Sekretin ta'sirida me'da bezlarida fermentlar ajralishi ko`paysa, ayni vaqtda xlorid kislota sekresiyasi to`xtaydi. U hazm sistemasidagi a'zolarning silliq muskullarinihamtormozlaydi. Ingichka ichakning shilliq pardasidagi entorisitlarning bo`linishi va ularda invertaza va mal taza fermentlari sintezlanishi sekretin ta'sirida tezlashadi. Sekretin hazm sistemasida bo`lmagan a'zolar faoliyatinihamo`zgartiradi: yurakdan tomirlarga chiqadigan qon miqdorini, siydik xajmini va undagi natriy, kaliy bikarbonatlar miqdorini oshiradi.
Xolesistokinin (ikkinchi nomi pankreozimin)hamasosan hazm sistemasi a'zoalarining sekretor va motor faoliyatini boshaqrishda ishtirok etadigan gastrointestinal gormon xisoblanadi. Bu gormon birinchi galda o`t pufagini qisqartiradi, undagi o`tni o`n ikki barmoqli ichakka chiqaradi va me'da xarakatlarini tormozlab, ichak xarakatlarini yaxshilaydi. Uning ta'sirida Langergans orolchalaridan insulin va glikagon ajralishini tezlashadi.
Xolisistokinin faqat o`n ikki barmoqli ichakda emas, balki markaziy va perferik neyronlardahamsintezlanadi. Xolesistokeninni sintezlovchi neyronlar katta yarim sharlar po`stlog`ida, limbik tizim va gipofizning orqa bo`lagida ko`proq uchraydi. Markaziy nerv sistemasidagi xolesistokenin ishtaxani boshqarishda ishtirok esa kerak. Xayvonlar miyasi korinchalariga kiritilgan garmon tuyish xissini yuzaga chiqaradi. Ba'zi ma'lumotlar (xolesistokinin neyronlar ichida bo`lishi, membrana depolyarizasiyalangandan keyin tashqariga chiqishi, membranalarda unga moyil bo`lgan reseptorlar mavjudligi va xokazo) gormonning mediator vazifasini bajarishi mumkinligidan dalolat beradi.
Gastirin – oshqozonning pilorik qismida sintezlanib, qon orqali me'da bezlari faoliyatini rag`batlantiradigan gormon. Pilorus shilliq pardasiga ximiyaviy va mexanik ta'sirotlar uning qonga o`tishini ta'minlaydi. Ximiyaviy moddalardan oqsilning parchalanish maxsulotlari va ovqatning ekstraktiv moddalari gastirinni erkin xolga o`tishini ancha tezlashtiradi. Gastirin odam qonidagi uch xil gormondan 17 aminokislotadan tashkil topgan va molekulyar massa 7000 bo`lgan asosiy gormon xisoblanadi. Oshqozon bezlarini tashkil qiluvchi hujayralardan qoplovchi hujayralarga sekretin eng kuchli asosiy hujayralarga o`rtacha va qo`shimcha hujayralarga kuchsiz ta'sir ko`rsatadi. Demak, gormon kiritilgandan so`ng yig`ilgan me'da shirasida xlorid kislota miqdori ancha ko`p bo`ladi, fermentlar uncha ko`p bo`lmay, shilimshiq oz bo`ladi. Gormon oshqozon xarakatlarini kuchaytiradi.
Gastrin oshqozon osti bezidan fermentlar ajralishini tezlashtiradi. Uning ta'sirida o`t-safro miqdorihamko`payadi. Gastrin ingichka ichakda glyukoza, natriy va suv surilishini tormozlaydi.
Boshqa to`qimalarning gormonlari (fiziologik faol aminlar va peptidlar)ham qisqa to`xtalamiz. Serotonin va gistamin tanada keng tarqalgan apudositlar sintezlovchi peptid va aminlar orasida ko`proq o`rganilgandir. Serotonin bosh miyaning ba'zi qismlaridagi nerv oxirlarida ajraladigan modda. Uni ichakdagi enteroxromafin hujayralarhamsintezlaydi. Trombositlar tarkibida uchraydigan serotonin qon oqishi xolatlarida uni to`xtashini tezlashtiradi. Xulq atvor shaklanishiga bu moddaning daxli bor. Serotonin miqdori miya tuzilmalarida kamayib kesa, depressiyaga olib keladi.
Gistamin bu gistidindan kelib chiqib, allergik reaksiyalarni paydo qiladi. Uning ta'sirida xao yo`llaridagi silliq muskullar qisqaradi, bronx va bronxiolalar torayib, nafas olish qiyinlashadi. Teri qon tomirlarini kengaytiradi va kapilyarlar devorining o`tkazuvchanligini oshiradi. Gistamin gipofiz va gipotalamusdahamuchraydi, bu erda u mediator vazifasini bajaradi. Uning ta'sirida oshqozon bezlari xlorid kislota ajratishni keskin tezlashtiradi.
Kininlar. 9-11 minokislotalar koldig`idan tashkil topgan va tuzilish bir biriga yaqin peptidlardan tuzilgan. Ular umumiy o`tmishdosh keninogendan kelib chiqadi. Keninogenni keninga aylanishi uchun kallikrein fermenti zarur. Bu fermentni hazm bazlari, xususan so`lak bezlari ajratadi. Kallikrein qon plazmasining ?2-globulin bo`lgan keninogenni parchalab, polipeptid kallidin xosil qiladi. Kalledin tezda bradekiniga aylanish qobilyatiga ega. Kallidin va bradikenin qon tomirlarni sezilarli darajada kengaytiradi va kapilyarlar o`tkazuvchanligini oshiradi. Bu peptidlarni to`qima kinazalari tez parchalaydi. Shu sababdan, ularning ta'siri faqat bir necha daqiqa davom etadi, xolos. Bradikenin issiq sharoitda teri tomirlarini kengaytirib, ter ajralishini ko`paytirib, tana harorati barqarorligini saqlashda ishtirok esahamkerak.
Prostaglandinlar (PG) turli jarayonlarga ta'sir qiladigan moddalardan iborat. Ular xamma hujayralarning membranasida uchraydigan araxidon kislotadan sintezlanadi. Prostaglandinlar ilk bor urug` suqligida topilgan. Ammo ularni organizmdagi deyarli xamma hujayralar ishlab chiqarishi mumkin. Prostaglandinlarning bir necha turlari farqlnadi (PGA, PGE, PGG) bulardan kelib chiqqan trombaksan va prostasiklinlarhamfiziologik faollikka ega. Prostaglandinlar sog` odamlarda va gipertoniklarda tomirlarni kengaytirib, arterial qon bosimini pasaytiradi. Bundan tashqari, ajralayotgan siydik xajmini va siydikdagi natriy miqdorini ko`paytiradi. Xavo yo`llaridagi silliq muskullarhamprotaglandinlar ta'sirida bo`shashadi, bronxlar kengayadi. Ammo bachadon va me'da ichak sistemasi a'zolaridagi silliq muskullar bu moddalar ta'sirida qisqaradi. Me'da bezlari prostaglandinlar ta'sirida shira tarkibida xlorid kislota ajratishni kamaytiradi. Buning natijasida oshqozon petik yaralar paydo bo`lishi xavfi kamayadi.
Ba'zi bir endokrin bezlarda (buyrak usti bezlarining po`stloq qismi qavatida va qalqonsimon bezda) prostaglandinlar gormonlarning sintezlanishini tezlashtiradi.
P substasiya, enkefalin va endorfinlar. Bu moddalar umuman hissiyotlarni shakllanishida masalan, og`riqni sezishda katta axamiyatga ega.
P substasiya, og`riqni kuchaytiradigan va o`zgartiradigan modda xisoblanadi. Agar P modda tashqaridan organizmga kiritilsa. qon tomirlarni kengaytiradi va ular orqali boshqa a'zolardagi silliq muskullarning qisqarishiga olib keladi. Bulardan tashqari, so`lak, meda osti bezi shirasi va o`t safro ajralishini tezlashtiradi.
Yenkafalin va endorfinlar esa organizmning o`zi sintezlaydigan narkotiklardir. Tashqaridan kiritilgan morfinga (ko`knoridan olinadigan dori) o`xshab, bu moddalar og`riq sezgisini kamaytiradi. Bundan tashqari, bu endogen opiatlar qora dori yuzaga keltiradigan hissiyot kayf shakllanishinihamta'minlaydi. Ammo odam ularga o`rganib qolmaydi. Sog`lom organizmning og`riqni sezmasligi og`riqni paydo qiluvchi va og`riqni yo`qotib turuvchi sistemalarning muvozanatda bo`lishiga bog`liq. endorfinlar ishlab chiqarilishi ba'zi ta'sirlar, masalan, igna sanchish ko`paytiradi.
Buyrakda xosil bo`ladigan eritropoyetinlarni, timusning gumeral omillarni va boshqa moddalarnihamto`qima gormonlariga kiritiladi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin