O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
(OTM rektori)
202yil “”
ONA TILI O‘QITISH METODIKASI
FANINING O’QUVDASTURI
Bilim sohasi: 100 000 Ta’lim
Ta’lim sohasi: 110 000 Ta’lim
Ta’lim yo‘nalish 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim
Fan/modul kodi OTO‘M20015
O’quv yili 2022-2023
Semestr 4
Kreditlar 5
Fan/ modul turi majburiy
Ta’lim tili o’zbek
Haftadagi dars soatlari 2
1.
Fanning nomi
Auditoriya mashgulotlari
Mustaqil ta’lim (soat)
Jami yuklama
Ona tili o‘qitish metodikasi
32
118
150
2.
I. Fanning mazmuni:
Fanning o‘qitishdan maqsad - talabalarni boshlang‘ich sinflarda ona tili fanining mazmuni va vazifalari, o‘qitish usullari, ta’limiy vositalar bilan tanishtirish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirish hamda amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi - talabalarning nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, boshlang‘ich sinflar ona tili ta’limi jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat. Shuningdek, davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturi, maktab darsliklarining mazmuni va metodik tuzilishi bilan tanishtirish; boshlang‘ich ta’limda o‘qitishning zamonaviy ilgor metod hamda usullarini o‘rgatish vazifalarini bajaradi.
ASOSIY NAZARIY QISM
(ma’ruza mashg‘ulotlari)
I.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
I.I. Ma’ruza mashg’ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya
1-Modul Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasining umumiy masalalari. 1-mavzu. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi fanining predmeti va vazifalari. Ona tili o‘qitish tamoyillari, ona tili o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
2-Modul. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitishning xususiy 2-mavzu. Savod o‘rgatish metodikasi. Savod o‘rgatish metodikasining maqsad va vazifalari. Savod o‘rgatishda xozirgi zamon analiz-sintez tovush metodi. Savod o‘rgatish jarayoni bosqichlari. Savod o‘rgatishda mashq turlari. Savod o‘rgatish davrida boshlangich yozuvga o‘rgatish.tavsiya etiladi.