O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakul’teti


-Mavzu: Texnologiya fani dars jarayonida tarbiya



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə83/270
tarix23.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#134573
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   270
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t

26-Mavzu: Texnologiya fani dars jarayonida tarbiya
Reja:
1. Tarbiya haqida umumiy ma’lumot
2. Tarbiya to’g’risida mutafakkirlarning qarashlari
3. Barkamol avlodni tarbiyalashda mehnat va mehnat tarbiyasining o’rni
4. Mehnat ta’limi va kasb tanlashga yo’llash darslarida tarbiyalash usullari
Tayanch iboralar: tarbiya, shaxs kamoli, xulq normalari, axloqiy sifatlar, mehnatsevarlik, intizomlilik, shijoatkorlik vatanparvarlik, mas’uliyat, faollik, ma’naviy kamol topish, aqliy mehnat, jismoniy mehnat, ijtimoiy mehnat, maishiy mehnat, badiiy did, sifatli va sifatsiz tayyorlangan buyumni taqqoslash
1.Tarbiya haqida umumiy ma’lumot. Mustaqil o’zbekistonimizda ta’lim tizimini isloh qilish, kadrlar tayyorlash milliy dasturini qabul qilinishi barkamol avlodni yaratishdagi dastlabki qadamlardir. Shaxs rivojlanishiga erishish har bir jamiyatda amalga oshirilayotgan tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Faqat tarbiya orqali insondagi rivojlanish imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish mumkin. Tarbiya jarayonida aniq maqsad va reja asosida shaxsga ta’sir etiladi. Buning natijasida muhitdagi voqealarning to’g’ri ijobiy ta’sirini amalga oshirish imkoni tug’iladi. Muhit beraolmagan narsalar tarbiya orqali hosil qilinadi, xatto tarbiya tufayli shaxsda tug’ma kamchiliklarni ham o’zgartirib shaxsni kamolga yetkazish mumkin. Bundan tashqari muhitning salbiy ta’siri tufayli tarbiyasi izdan chiqqanlarni ham qayta tarbiyalaydi. Rivojlanish shaxs faoliyatidan tashqarida bo’lmaydi. Shu sababli odam faoliyati uning rivojlanishi uchun asos bo’ladi. Pedagogik jihatdan to’g’ri uyushtirilgan har qanday faoliyat xoh o’yin, mehnat, o’qish, sport va boshqalar shaxsning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Shaxs ulg’aya borgan sari uning faoliyati ham mazmunan, ham shaklan o’zgarib boradi, turli yosh davrlarida esa faoliyat turlari ham o’zgarib boradi. Shu sababli bola hayotida o’yin, o’quvchi hayotida o’qish, kattalar hayotida mehnat faoliyatlari katta ahamiyatga egadir.
O’quvchilarning rivojlanishida o’quv jarayonlarining ahamiyati va ta’siri beqiyos kattadir. Bilimlarni o’zlashtirish ularning tafakkurini o’stiradi, ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishning asosiy vositasi bo’lib qoladi. Bu jarayonda ularda ijtimoiy xulq normalari shakllanadi. Shaxs qaysi yoshda bo’lishidan qat’iy nazar, ularning rivojlanishida mehnat faoliyatining ahamiyati kattadir. Ayniqsa, mehnat insonning ham jismoniy, ham ma’naviy kamol topishida muhim manba hisoblanadi. Mehnat jarayonida uning ishtirokchilari bir-birlari bilan aloqada bo’ladilar, o’zlarining nimaga qodir ekanliklarini ko’ratishga harakat qiladilar. Mehnat orqali shaxsning axloqiy sifatlari tarkib topadi, ularda vatanparvarlik, mas’uliyat, intizomlilik, faollik ortadi. Ular o’z-o’zini tarbiyalashga astoydil kirishadilar. o’z-o’zini tarbiyalashga ota-ona, o’qituvchining tarbiyaviy ta’siri yanada samarali bo’ladi.
Kishi tug’ilgan kunidan boshlab sotsial mavjudot bo’lib qoladi. Uning xarakteri, xulq-atvori, shaxsi barcha ijtimoiy omillar yig’indisi ya’ni tevarak-atrofdagi odamlarning unga munosabati, namuna ko’rsatishlari, mafko’ralari, o’z faoliyatida hosil qilgan tajribasi ta’sirida shakllanadi. Albatta, ijtimoiy omillar inson shaxsining har tomonlama shakllanishi samarali ta’sir ko’rsatadi. Pedagog bolaning muayyan rivojlanish davridagi xususiyatlari, xarakteri va fe’l-atvorini belgilovchi omillarning hammasi birgalikda ta’sir ko’rsatishini bilishi lozim.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin