O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t
4. Mehnat ta’limi va kasb tanlashga yo’llash darslarida tarbiyalash usullari. O’quvchilarni tarbiyalashning bir qator qonun-qoidasi bor:
1. Jamoa bo’lib mehnat qilish, topshirilgan ishga javobgarlik xissini tarbiyalash.
2. o’z-o’zini tanqidiy baholash va tanqidiy nazorat qilish, kamchiliklarga nisbatan murosasiz bo’lish xislarini tarbiyalash.
3. Ongli intizomni tarbiyalash.
4. Jamiyat va shaxs mulkiga g’amxo’rlik munosabatlarini tarbiyalash.
5. To’garak mashg’ulotlari jarayonida tarbiya usullaridan; iqtisodiy, kasbiy, axloqiy, badiiy, milliy, jismoniy mehnat, mehnat madaniyatini shakllantirish va hokazo.
Mashg’ulotlar jarayonida tarbiyalash usullarini qanday yo’llar bilan olib borilishini quyida bayon qilingan.
1. Mehnat tarbiyasi fan asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarning olgan bilimlarining aniq maqsadga yo’nalganligini, ishlab chiqarish jarayonining ilmiy asoslarini, bilim va kasbiy qiziqishlarini ko’zda tutadi. O’quvchi butun o’quv davrida mehnat bilan yaralgan boyliklar bilan tanishadi, bular faqat erkin mehnat qila olganlaridagina yuzaga kelishini tushunadi, o’quvchi mehnatini ilmiy tashkil qilishning birinchi darsini o’quv jarayonida oladi.
Mehnat ta’limi va kasb tanlashga yo’llash darslaridajamoa bo’lib ishlashda o’quvchilar bir-biriga yordam beradi. O’quvchilar ba’zi ishlarni birgalikda, bir-biriga yordam berib, ish o’rinlarini almashib, maslahatlashib bajarishlariga to’g’ri keladi. Bu imkoniyatlardan o’qituvchio’quvchilarni tarbiyalashda keng foydalanishi kerak. Mashg’ulot jarayonida o’quvchilar o’zaro do’stlik, bir-biriga yordam berish, rahbarlik, bo’ysunish, javobgarlik, talabchanlik va ish yuzasidan olib boriladigan tanqidiy munosabatlarga kirishadilar. O’qituvchi bu munosabatlarni kamol topishini diqqat bilan kuzatishi va ularni to’g’ri yo’naltirib turishi kerak.
2. Mehnat ta’limi va kasb tanlashga yo’llash darslaridaayrim hollarda o’qituvchi o’quvchilarga o’z ishini baholashni taklif etadi. Bu esao’quvchiga tayyorlangan buyumni sinchiklab tekshirishga, sifat ko’rsatgichiga amal qilishga, o’z-o’zini tanqidiy baholash xissining shakllanishiga yordam beradi.
3. o’qituvchining talablarini bajarish natijasida o’quvchilar qabul qilingan qoidalar, ish usullarini aniq, ongli bajarishga asta-sekin ko’nikadilar. Ular berilgan ish maromini saqlashga , ish o’rnini namunali tutishga, asboblarni yehtiyot qilishga odatlanadilar. O’quvchilarga mehnat ta’limi berish, turmushga tayyorlashning muhim sharti-intizomni yo’lga qo’yish orqali erishiladi. O’quvchilarga ishonish, ularni hurmat qilish bilan birga talabchanlikni qo’shib olib boorish - ongli intizomni tarbiyalashning muhim shartlaridan biridir.
4. O’quvchilarda ijtimoiy mulkka nisbatan g’amxo’rlik munosabatini tarbiyalashning ta’sirchan usullaridan biri ularni unumli mehnatga, maktab ustaxonasini jihozlash ishiga, asboblarni ta’mirlashga jalb qilishdan iboratdir. O’quvchilarni buyumlarni bichish vaqtida materallarni tejamkorlik bilan sarflashga, asbob-uskuna, korjomalarni yehtiyot qilishga o’rgatish, o’z ishini sidqidildan bajarishga, mehnatni sevishga o’rgatish orqali mehnat tarbiyasi shakllanadi.
5. Mehnat madaniyatini tarbiyalashda har bir o’quvchi o’zidan keyin shu ish joyida boshqa o’quvchi o’tirib ishlashi, unga ham toza, ozoda ish joyi zarurligini tushuntirilishi orqali shu joyni yig’ishtirishga odatlantirish kerak. Shunig uchun, mashg’ulot rejasini yozishda albatta ish joyini yig’ishtirish bosqichi rejalashtirilishi va bajarilishini nazorat qilinishi kerak.
6. O’qituvchi yaxshi tayyorlangan buyumning chiroyliligini, tozaligini, bezagini hamda o’quvchining mehnat harakatlarining aniqligini doimo ta’kidlab turishi orqali o’quvchilarda badiiy did rivojlanadi. Sifatli va sifatsiz tayyorlangan buyumni taqqoslab, chiroyli va xunukni ajratishni, ranglarni bir-biriga mosligini o’rgatib borilsa, o’quvchilarda badiiy did tarbiyalanib boradi.
7. Mehnat ta’limi va kasb tanlashga yo’llash darslari jarayonida eng muhim bo’lgan kasbiy tarbiyani shakllanishiga alohida e’tibor berilishi kerak. Buning uchun har mashg’ulotda o’quvchi bajarayotgan ishi ommaviy kasb egalari bajaradigan ish ekanligini yeslatib turiladi, korxonalarga borib ishchi kasblari bilan yaqindan tanishtiriladi.
Kasb tanlash jiddiy va mas’uliyatli ishdir, o’z hayot yo’llarini jiddiy sur’atda belgilab borish jiddiy masala. Buning uchun maktablardagi politexnika tizimida to’garaklar muhim o’rin tutadi, fan to’garaklarida bolalar politexnik saviya, bilimlarini kengaytiradi, kasb tanlashga tayyorlanishadi. Maktabda yuqori sinf o’quvchilari uchun “ishlab chiqarish asoslari: kasb tanlash” kursi o’qitiladi. Kasbga yo’naltirish umumiy o’quv tarbiya jarayonida amalga oshirilishi kerak, o’quvchilarni kasbga yo’naltirishda ota-onalar ham manfaatdor. Shuning uchun ham o’quvchilarning ota-onalari bilan aloqa bo’lishi lozim.
8. Iqtisodga rioya qilgan kishilar hamma vaqt tinch va rohatda yashaydilar, arilar qish kunida yemak uchun bol yig’ganidek, insonlar boshlariga kelado’rgan qora kunlarni o’ylab, oq pul yig’adilar, “Toma-toma ko’l bo’lur” maqolining mazmunini o’quvchilarga tushuntiriladi. Mehnat ta’limi mashg’ulotlari jarayonida o’quvchilar bilan biror buyumni bichish vaqtida andozani to’g’ri joylashtirishni, gazlamani tejab ishlatishni talab qilish, qolgan qiytimlardan biron kichik uy bezaklarni tikishni o’rgatish orqali iqtisodiy tarbiya shakllanib boradi.
Iqtisodiy tarbiya o’quvchilarda tejamkorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, iqtisoiy hisob-kitob va ayni shu kabilar haqida fikrlay olish kabi qobiliyatni kamol toptirishdir.
9. Mashg’ulotlarda mavzuni tushuntirishda mavzuga oid tarixiy ma’lumotlardan foydalanish, udumlar, an’analar, urf-odatlar asosida bilim berish orqali o’quvchilarda milliy tarbiyani shakllantirishga imkon yaratiladi. O’quvchilarni nutqini o’stirishga alohida e’tibor berish kerak. Buning uchun bajargan ishlarni ketma-ketlik tarzida aytib berish,buyum haqida ma’lumotlar, qo’llaniladigan gazlama, fasonlari haqida o’quvchilarni gapirib berishga o’rgatiladi. Shu tariqa o’quvchilarning nutqi ravonlashib, til boyligi o’shadi. Abdulla Avloniy ham til masalasiga katta e’tibor beradi. Tilni ahloq bilan bog’lab talqin qiladi. U o’z asarida har bir kishi o’z ona tilini mukammal bilishi, har bir so’zni o’z o’rnida ishlatishi, milliy-adabiy tilning taraqqiysi uchun jonkuyarlik qilishi zarurligini qayd qiladi.
10. Mehnat ta’limi va kasb tanlashga yo’llash darslaridamilliy hunarmandchilik asoslarini o’rgatishda: kashtachilik, zardo’zlik, popopchilik va boshqa usullar yordamida buyumlarni tikishda, ularga bezaklar tanlash yo’llarini o’rgatish orqali ham o’quvchilarga kasbiy tarbiya beriladi. Mashg’ulotlarda olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida muzeylarga olib boriladi, noyob asarlar bilan tanishtiriladi, buyumlar tikishda milliy hunarmandchilikning ayrim elementlaridan foydalanishga o’rgatib boriladi.
11. Mehnat ta’limi va kasb tanlashga yo’llash darslaridao’quvchilarni jismoniy tarbiyasiga e’tibor beriladi. Mashinada o’tirishda, qo’l ishlarini bajarishda ish bilan ko’zning orasidagi masofani to’g’ri saqlash, o’tirishda gavdani to’g’ri bo’lishiga ahamiyat berish, xonada sog’lom mehnat sharoitini yaratish orqali erishiladi. O’qituvchi o’quvchilarda bilim, ko’nikma va malakani shakllantirishda ish sharoiti uning sog’lig’iga zarar yetkazmasligini yodida saqlashi lozim.
Jismoniy tarbiya kishilarga katta ta’sir ko’rsatib, salomatligini mustahkamlaydi, ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr ko’rishga yordam beradi.