O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakul’teti


Mehnat ta’limida qo’llaniladigan ilmiy tadqiqot metodlari



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə89/270
tarix23.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#134573
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   270
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t

2. Mehnat ta’limida qo’llaniladigan ilmiy tadqiqot metodlari. Mehnat ta’limi muammolariga qaratilgan ilmiy izlanishlar o’tkazishdan maqsad talim va tarbiya xususiyatlari, samarali metodlarni ishlab chiqish va amaliy qo’llash, texnik vositalarini qo’llashga doir masalalarni yechishdan iboratdir.
Ilmiy pedagogik izlanishlar jarayonini shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo’lish mumkin:
1. O’qituvchining adabiyotlarni o’rganishi va amaliy ishlari asosida muammoni aniqlashi.
2. Gipoteza qurish, ya’ni o’qitishni bosqichma-bosqich tashkil etish. o’qituvchining faktlar va ularni taqqoslash orqali izlanuvchi asoslangan taklifni berishi.
3. Izlanish natijalarini rasmiylashtirishi va o’quv jarayoniga qo’llashi.
Mehnat ta’limi o’qitish metodikasida ilmiy izlanishlarning umumilmiy va maxsus metodlari qo’llaniladi.
Umumilmiy metodlarga: nazariy izlanish, kuzatish, suhbat va eksperimentlar kiradi.
Nazariy metod - adabiyotlardan o’rganish va tahlil qilish,hamda pedagogik tajribalar asosida olib boriladigan izlanishlar kiradi. Adabiyotlar ustida ishlashda kitob va jurnallar, maqolalar va patentlar, ilmiy ishlanmalar to’plamlar va kataloglar, internet tizimidan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi.
Kuzatish - odatda tabiiy kuzatish orqali o’quvchilarning fanlarni o’zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muomalalaridagi o’zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta’limiy-tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish yo’llarini belgilash uchun qo’llaniladi. Bu metod o’qituvchining pedagogik tajribaning muayyan bir tomoni va hodisalarini biror maqsadni ko’zda tutib idrok etish tashkil etadi. Bunda kuzatishlar tezligi va soni, kuzatish ob’ekti, vaqti, pedagogik vaziyatlarni kuzatish uchun ajratiladigan xarakteristika va hokazolar hisobga olinadi. Shuningdek, kuzatish metodi ta’lim-tarbiyaning mazkur vaktdagi holatini aniqlash imkonini beradi. Kuzatish metodining maqsadi bor faktlarni yoritishdangina iborat bo’lmay, oldindan qo’yilgan maqsad bo’yicha aniqlanishi lozim bo’lgan faktlarni qidirish va aniqlashdan iboratdir.
Kuzatish jarayonida o’qituvchini qiziqtiruvchi muammo va vazifalar kuzatishni tanlab o’tkazishni taqozo etadi. O’qituvchi muayyan tanlangan muammoni hisobga olib, nimani kuzatish kerakligini tanlab oladi. Shuning uchun ham u kuzatish natijasida yechilishi kerak bo’lgan muammoni hali kuzatishni boshlamasdan oldinroq biladi. Natijada o’qituvchining kuzatish natijalarini umumlashtirishi birmuncha osonlashadi.
Kuzatishga asoslangan tasniflash ishlari uch ko’rinishga ega:
1) obzor tadqiqotlari;
2) ta’lim-tarbiya unsurlari orasidagi bog’liqlikni aniqlash;
3) izlanish tadqiqotlari.
Bunday sharoitda kuzatish to’g’ridan-to’g’ri yoki bevosita amalga oshiriladi. To’g’ridan-to’g’ri yoki bevosita kuzatish faktlarni qabul qilib olish, tushunib etish va o’lchashdan iborat, ya’ni:
- qabul qilib olish - sezish organlari yordamida tekshiruvchi ob’ekt aniq joyda turganligini qayd qilish;
- tushunib yetish tanlab olingan, qayd qilingan ob’ekt oldindan aniq yoki noaniqligini aniqlash;
- o’lchash - shu ob’ektning sonini aniklash.
Bilvosita kuzatish ob’ektni bevosita kuzatish imkoniyati bo’lmaganda amalga oshiriladi. Shunday ob’ektdagi shaxsning tug’ma qobiliyati, imkoniyatlari, intizomlilik, rostlik, kamtarlik, kamsuqumlik kabi xislatlari kirishi mumkin. Bunday xislatlarni bevosita kuzatish natijasida aniqlash qiyin. Shuning uchun ham o’qituvchi o’ziga qulay ko’rsatkichlardan foydalanadi.
Bevosita va bilvosita kuzatish bilan bir qatorda faol kuzatish ham qo’llaniladi. Faol kuzatishda didaktik jarayonda bevosita o’qituvchining o’zi ham qatnashadi va jarayonning borishiga ta’sir etadi. Bunda ishtirok etishning ijobiy tomoni shundan iboratki, o’qituvchi bo’lib o’tayotgan jarayonning ikir-chikirlarini tushunib etadi, bu esa o’quv jarayonini tadqiqot talablariga yo’naltirish imkonini beradi. Bunday usul ayrim kamchiliklariga qaramasdan, ijodkor-o’qituvchilar tomonidan o’quvchilar faoliyatini faollashtirishda keng qo’llaniladi.
Bilvosita kuzatish o’qituvchini hodisalarni o’rganishga ko’proq jalb etishga imkoniyat yaratadi. Mashg’ulotlar stenogrammalari, uchinchi odam tomonidai tayyorlangan kuzatish bayonlari, foto-kinolavhalar, rasmlar, diagrammalar, statistik mashg’ulotlar shular jumlasidandir. Bu hujjatlar pedagogik faoliyatningnatijalarini hamda ijtimoiy muhit, xususan o’qituvchi faoliyatining o’quvchi shaxsida uyg’otadigan o’zgarishlarni kuzatish imkonini beradi.
Ilmiy-tekshirish maqsadlarini aniqlash o’qituvchini qiziqtirib qolgan muammoliholatni taxlil qilishehtiyojidan kelib chiqadi. Bunday holatni tahlil qilish va unda ma’lum va noma’lumlarni aniqlash, qo’shimcha adabiyotlarni o’rganish, tajribali shaxslarning bu masalaga bergan bahosio’qituvchiiing asosiy va ko’shimcha muammolarni aniqlash imkonini beradi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin