O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakul’teti



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə88/270
tarix23.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#134573
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   270
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t

Tayanch iboralar: ilmiy-pedagogik tadqiqot, metod, pedagogik kuzatish, suhbat, test, eksperiment, matematik va statistik tahlil, ijtimoiy tadqiqot metodi, tarbiya jarayoni, mutaxassislik, so’rovnomalar, hujjatlarni tahlil qilish, statistik ma’lumotlar.
1. Pedagogik tadqiqotlar metodlarining mazmun mohiyati. o’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimovning «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li», «O’zbekiston - kelajagi buyuk davlat» asarlarida umuminsoniy qadriyatlarga qaytish haqidagi mulohazalarida ta’lim-tarbiya masalalarini faollikka asoslangan tamoyillarga o’tkazish, o’sib kelayotgan yosh avlodni yangiliklarni tez qabul qilishga undash, istiqlol yaratgan keng imkoniyatlardan foydalanib, xo’jalik va madaniyatning hamma sohalarida yuksak natijalarga erishish haqida gap boradi. Bu yangicha dunyoqarash xalq ta’limida ilgari surilgan uzluksiz ta’lim va shaxs xislatlarini ijodkorlik ta’limi orqali rivojlantirishda ta’lim nazariyasi oldiga yangi vazifalarni qo’yadi.
Xalq ta’limi tizimini tubdan o’zgartirish, uning rivoji uchun pedagogik, uslubiy, psihologik sharoitlarni yaratish talab etiladi. Amaliyotdan shu narsa aniq ravshanki, har qanday ilmiy xulosa tajriba va ilmiy tadqiqotlarga asoslanadi. Pedagogikada, xususan ta’lim va tarbiyada ilmiy tadqiqotlar hech qachon to’xtamaydi va uzluksiz davom etaveradi.
Pedagogik tadqiqotlarning fani sifatida maktab va boshqa o’quv yurtlarining faoliyati, uning maqsadi, dasturiy ma’nosi, o’qituvchi va o’quvchilar faoliyati, tashkiliy shakl hamda ijtimoiy sharoitlar xizmat qiladi.
Didaktik faoliyat o’qituvchi va o’quvchilarning hatti-harakatlaridan iborat. Bunday faoliyat natijasida o’quvchilar bilim, iqtidor va ko’nikmalarga ega bo’ladilar, o’z dunyoqarashini, shaxsiy kadriyatlar tizimini shakllantiradilar. Taxsil natijasida o’quvchi shaxsining turli xislatlari shakllantiriladi. Bunday o’zgarishlarni kuzatish, hisobga olish pedagogik tadqiqotlarninig asoslaridan hisoblanadi. Yuqoridagi o’zgarishlar, o’qituvchining didaktik faoliyati ta’siridagi va o’z shaxsiy hatti-harakatlari ta’siridagi o’zgarishlar orasidagi qonuniyatlarni ochishga, ularni taxlil qilishga imkon beradi. O’quvchilar va o’qituvchilarning o’quv ishlari sharoitlari, harakatlari, ta’lim mazmuni, metod va vositalari orasidagi bog’liqliklar, tabiat qonuniyatlari qanday ob’ektiv xarakterga ega bo’lsa, shunday ob’ektiv xarakterga egadir.
Ta’lim va tarbiyaga taalluqli hatti-harakatlarni tafakkurga asoslanib taxlil qilish pedagogika va didaktikada yagona usul hisoblanishini Yan Amos Komenskiyning «Buyuk didaktika», K.D.Ushinskiyning «Inson tarbiya fani sifatida» asarlarida ko’rish mumkin.
o’quv-tarbiya jarayoni haqida jiddiy xulosalar chiqarish uchun muntazam ravishda olib borilgan kuzatishlar, tajriba, faktlarga asoslangan yemperik tadqiqotlar natijalariga asoslanish zarur.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin