O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakul’teti



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə96/270
tarix23.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#134573
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   270
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t

Ekskursiyani o’tkazish. Odatda ekskursiya qisqacha kirish so’zi bilan boshlanib, unda o’quvchilarga korxonaning mazkur iqtisodiy rayon va umuman xalq xo’jaligi uchun ahamiyati yoritiladi. O’quvchilar korxonaning mahsulotlari bilan ham tanishadilar, suhbatni tehnika kabinetida yoki korxonaning tarixi, yutuq va an’analarini ifodalovchi stendlar bilan jihozlangan qizil burchakda o’tkazish eng qulaydir. O’qituvchi suhbat oxirida o’quvchilarga korxona territoriyasidagi xatti - harakat qoidalarini tushuntiradi va individual topshiriqlar berib, ularning qanday bajarilgani tekshirilishini aytadi.
Ekskursiya ta’limiy vazifalarga bog’liq holda o’tadi. Masalan, o’quvchilar korxonaga texnologik jarayon bilan tanishish uchun kelsalar, tayyorlash sexlaridan boshlab to yig’ish sexlarigacha, biror xarakterli detalni ishlashning hamma jarayonini kuzatadilar. Shu tariqa ular asta sekin bir sexdan ikkinchi sexga o’tib, umuman korxonaning ishini bilib oladilar. Bunda o’qituvchi har xil texnologik jarayonlarning tipik tomonlarini alohida ta’kidlaydi. Natijada o’quvchilar faqat mazkur korxonaga xos texnologik jarayon haqida emas, balki boshqa korxonalardagi shunga o’xshash jarayonlar haqidagi tushunchaga ega bo’ladilar.
Ikkinchi misol.O’quvchilar muayyan ishlab chiqarish jihozining tuzilishi va ishi bilan tanishishlari kerak. Bunday hollarda kuzatish uchun obektlar shunday tanlanadiki, o’quvchilar jihozlar atrofida ishchiga xalaqt bermaydigan, o’zlariga hamma narsa ko’rinib turadigan holda joylashadilar.
O’quvchilar kuzatishni ma’lum miqdorda malga oshirish uchun ularga og’zaki yoki yozma javob qaytariladigan konkret topshiriqlar beriladi. O’qituvchi o’quvchilar orasida aylanib yurib, ular topshiriqni to’g’ri tushungan – tushunmaganini va uni qanday bajarayotganliklarini tekshiradi.
Ekskursiya natijalarini yakunlash. Ekskursiya uning natijalarini yakunlash bilan tugaydi. Ko’pincha mehnat o’qituvchisi ekskursiya tugagach o’quvchilar bilan birga texnika kabineti yoki qizil burchakka qaytadi va ular topshiriqni qay tarzda bajara olganini, buning uchun kerakli material to’plagan – to’plamaganini aniqlaydi. Shundan so’ng yozma hisobotlarni topshirish yoki ustaxonalardigi mashg’ulotlarda yakunlovchi suhbat o’tkazish vaqtini belgilaydi.
O’quvchilarning ekskursiyada olgan bilimlaridan o’qituvchi keyinroq, masalan, maktab ustaxonalaridagi va hozirgi sanoat korxonalaridagi ish sharoitlarini taqqoslashda foydalanishi mumkin. Ma’lumki, bunday taqqoslash o’quvchilarda materiallarni qayta ishlashning progressiv, yuqori unumli usullari haqida to’g’ri tasavvur hosil qilishlari uchun o’tkaziladi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin