10-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Shovqin va uni o’lchaydigan asboblarini o’rganish.
Ishdan maqsad: Talabalarga har xil joylardagi (manbalar) chiqaradigan shovqin kuchini aniqlashni o’rgatish.
Ish uchun kerakli jihozlar: Shovqin o’lchagich (shumomer) VZV-003 m2, SH-1m30, SH-71 yoki ISHV-1 shovqin va titrashni o’lchash asbobi.
Ishning borishi: Fan-texnika taraqqiyoti tufayli sodir bo’lgan shovqin va uning ta’siridan aholini muhofaza qilish hozirgi zamonning dolzarb masalalaridan biri bo’lib qoldi.
Shovqinning paydo bo’lishi biror qattiq jismning tebranma harakati oqibatida ovozli to’lqinlarni keltirib chiqaradi. Odamning eshitish a’zolari 26 dan 20000 Gts gacha tebranish to’lqinini hosil qiladi. Yosh o’tishi bilan odamning tovushni eshitish qobiliyati kamayib boradi.
Shaharlarda shovqinni kuchayib borishi insonlar orasida asab tizimini buzilishiga keyinchalik yurak-qon tomir, oshqozon-ichak va boshqa a’zolarini ishini buzilishiga olib keladi. Shuning uchun har xil joylardagi shovqin kuchini aniqlash va undan kishilarni muhofaza qilish kerak.
Ishning natijasi:Olingan ma’lumotlar to’planib, jadvalga yoziladi va geografik holatida tasvirlanadi.
Xulosa: Amaliy ishining natijasi asosida xulosa qilinadi, me’yoriy ko’rsatkichlar bilan solishtiriladi.
Ma’lumot uchun: Shovqinlarni kishi qulog’iga ta’siri bo’yicha 3 guruhga bo’linadi.
I-30-60 DB- orombaxsh, kishini tinchlantiradigan
II-65-90 DB- normal gaplashishiga xalaqit beruvchi tovushlar
III-90-120 DB- shovqinlarda kishi o’zini noxush sezadi.
Shovqinning ruxsat etilgan darajasi.
Shovqin kuchini ishlatish tartibi: Shovqin ulagich ish tartibini boshqaradigan ikki asosiy buragich, (1,2) volt-ampermetr shkalasi (3), turbo (tezkor) usulda ishlash uchun knopka(4) va ampermetr yoritgichini qo’shadigan knopkalar(15) va tovush qabul qiladigan moslamadan iborat.
1. Shovqin ulagichni ishlatish oldidan, uni tashqi muhit sharoitida (haroratida)10-15 minut saqlanadi.
2. (2) buragich yordamida kolibrovka holatiga o’rnatiladi, (1) buragichi esa “0” ga o’rnatiladi. Ampermetr shkalasidagi strelka “0” ga kelishi kerak. Strelka oldin siljigan bo’lsa, unda strelkani buragich yordamida “0” ga keltiramiz.
3. Kolibrovka qilib bo’lgach, shovqin ulagich ishga tayyor. So’ng 2-buragich yordamida ish holatiga o’tkaziladi. (A,V,S)
A-holat past tovushlarni o’lchaydi.
V-holat normal tovushni o’lchaydi.
S-holat shovqin tovushni o’lchaydi.
2-buragichni A holatga qo’yib, 30-200 Gts gacha bo’lgan 1-buragich yordamida o’lchashni boshlash lozim. Ko’rsatkichi 50 Gts qo’yilgan bo’lsa, ampermetr ko’rsatkichi 10 ni ko’rsatsa unda tovush kuchi 60 Gts ni tashkil etgan bo’ladi. Amaliy ish davomida auditoriya, koridor, tashqaridagi dars va tanaffus paytida shaharda mashinalar serqatnov bo’lishi ko’chalarni shovqin kuchini o’lchab, jadvalga yozib boriladi.