11-Amaliy mashg’ulot Mavzu: «Yonuvchi havo va bug’lagnishining o’z-o’zidan alangananishini aniqlash»
Ishdan maqsad:Havodagi yonuvchi suyuqlik bug’larining o’z-o’zidan alangalanish haroratini va portlovchi aralashmaning gruppasini aniqlash.
Nazariy ma’lumotlar. Agar yonuvchi aralashmaning boshlang’ich harorati etarlicha yuqori bo’lsa va ajralayotgan issiqlik tashqi muxitga chiqib ulgurmasa harorat ko’tarilishining ko’chirish jarayoni sodir bo’lib, alangalanish bilan yakunlanadi. Bunday jarayon o’z-o’zidan alanganish yoki issiqlikdan portlash deyiladi. O’z-o’zidan alangalanish harorati bu yonuvchi aralashmalarning kichik harorati bo’lib, bunda alangalanib yonish bilan tugallanadigan ekzotermik reaksiya tezligi oshirilishi sodir bo’ladi. O’z-o’zidan alangalanish harorati aralashma turiga uning konsentratsiyasiga, reaksiyaga kirituvchi idish materialiga, idish xajmiga va satxiga bog’lik bo’ladi.
O’z-o’zidan alangalanish haroratini aniqlash. Havodagi yonuvchi suyuqlik bug’larining harorati o’lchashdan oldin kolba 3 ni o’z-o’zidan alangalanishining haroratidan bir oz ko’p haroratgacha qizdiriladi. O’rganish uchun kiritilayotgan suyuqlikning havodagi yonuvchi bug’lar konsentratsiyasi miqdorini (1) formuladan hisoblanadi.
Bu erda G suyuqlik miqdori (gr): M-suyuqlik molyar massasi (2mol)
Vk -Kolba xajmi (l) Vvozd - yonuvchi suyuqlik bitta molekulasining to’liq yonishi uchun kerak bo’lgan havo xajmi (l)