Ishning bajarish tartibi.
Qabul qiluvchi qurilma-asosan datchik deb yuritiladi. Datchik yoki nurlar detektori-unga ta’sir qiladigan radioaktiv nurlar energiyasini boshqa turdagi yorug’lik, ximiyaviy, elektr energiyasiga aylantirish uchun mo’ljallangan bo’lib, bu qurilma sifatida radiometrik va dozimetrik priborlarida ionlash kamerasi va gazorazryad schyotchiklari keng ko’lamda qo’llaniladi.
Ionlash kamerasining sxemasi 10-rasmda ko’rsatilgandek asosan, 1-oyna, 2-markaziy elektrod va 3-izolyatorlardan tashkil topgan bo’ladi.
6-Rasm. Ionlash kamerasining sxemasi.
Kuchaytiruvchi qurilma-o’lchov qurilmasi ishi uchun past signallarni qabul qilib oluvchi qurilma tomonidan etarli darajada kuchaytirishga mo’ljallangan bo’lib, ko’pincha kuchaytiruvchi qurilma sifatida elektrometrik chiroqdan foydalaniladi.
O’lchov qurilmasi-qabul qilib oluvchi qurilma tomonidan ishlab chiqilgan signallarni o’lchash uchun xizmat qiladi. Oziqlanish manbai-quruq elementlar yoki akkumulyatorlar.
Rentgan va gamma nurlanishlarni o’lchovchi qurilma-ionlash kamerasi asosan havo bilan to’ldirilgan germetik idish bo’lib, unga korpusdan ajratilgan markaziy elektrod o’rnatilgan. Kamera devorlari izolyator materiallardan tayyorlangan bo’lib, ichki tomoni esa tok o’tkazuvchi material bilan qoplangan. Tashqi manbadan kameraga elektr toki kuchlanishi berilib, potensiallar ayirmasi hosil qiladi. Radioaktiv nurlar bo’lmaganda, havo elektrodlar o’rtasida izolyator bo’lib xizmat qiladi va kamera zanjirida umuman tok bo’lmaydi.
Radioaktiv nurlar ta’sirida esa havo kamerasida ionlanish hodisasi sodir bo’lishi tufayli kamera zanjirida ionlash toki paydo bo’ladi. Zanjirda hosil bo’lgan tok kattaligi o’z navbatida kamera orqali o’tayotgan radioaktiv nurlar dozasi quvvatiga bog’liq bo’lib, tok juda oz bo’lgan taqdirda kuchaytiriladi va so’ngra mikroampermetr yordamida o’lchanadi.
7-Rasm. Radiometrik asbobning tuzilish sxemasi.
1.ionlash kamerasi (ik). 2.Elektrometrik lampa (el) 3.Nagruzkali qarshilik (R) 4.Milliampermetr (mA) 5. Oziqlanish manbai.
Dostları ilə paylaş: |