Nazorat savollar.
1).Ionlashtiruvchi nurlarni aniqlashning usullarini ayting.
2).Radimetrik asbobning tuzilishini va ishlash prinsipini tushuntiring.
13-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Shovqin va vibratsiya kuchini aniqlash.
Ishdan maqsad. Shovqin va vibratsiya parametrlarini o’lchashni o’rganish.
Nazariy ma’lumot.
Ma’lumki, biror jism tebranganda havoning unga tegib turgan qatlamlarida bir tomondan atmosfera bosimiga nisbatan ortiqcha bosim, 2-chi tomondan esa siyraklanish hosil bo’ladi. Havoning bu tebranishlari uning qo’shni qatlamlariga tovush to’lqinlari tarzida tarqaladi.
Tovush bosimi-tovush to’lqinlari ta’sirida havo natijaviy bosimining atmosfera bosimiga nisbatan o’zgarishidir. Tovush bosimi Paskal hisobida o’lchanadi.(Pa*N|m2). Odamning quloqlari taxminan atrofdagi tovush bosimlarini qabul qilish qobiliyatiga ega.
Pastki qiymat eshituvchanlik, yuqorigi qiymat og’riq bo’sag’asidir. Bu chegaradan yuqorida quloqlarda og’riq seziladi, bosh aylana boshlaydi, quloqlardan qon keladi. Ba’zan «tovush intensivligi»-tushunchasidan foydalaniladi. Tovush intensivligi tovush to’lqinining 1sekund vaqt ichida tovushning tarqalish yo’nalishiga perpendikulyar bo’lgan 1m2 maydoncha orqali olib o’tadigan tovush energiyasining Joul hisobidagi miqdoridir:
(11)
Tovush intensivligining o’lchov birligi Tovush intensivligi bevosita o’lchanmaydi, balki tovush bosimi orqali hisoblanadi:
;(12)
bu erda tovush bosimning effektiv qiymatining kvadrati; d-muhitning zichligi kg|m3 ; S-tovushning muhitdagi tezligi. Odam taxminan 20 Gs dan 20 KGs gacha bo’lgan chastotadagi tovush tebranishi eshitadi. Bundan past diapazondagi tovush infratovush, yuqori diapazonli tovush ultra tovush bo’lib odam ularni eshitmaydi. Ammo ular odam organizmiga zararli ta’sir ko’rsatishi mumkin. Tovush bosimi birligi DB ifodalanadi.
(13)
bu erda Pa ga teng
Dostları ilə paylaş: |