O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universitetining pedagogika instituti


Tushuntiruv-ko‘rsatmalilik metodi-



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə167/196
tarix24.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#191090
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   196
О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус-hozir.org

1. Tushuntiruv-ko‘rsatmalilik metodi-bu metod reproduktiv metod bo‘lib, unda faoliyat o‘qituvchi tomonidan olib boriladi. O‘quvchilar ta’lim jarayonida bilim oladilar, tanishadilar.
Bu metod juda keng tarqalgan metodlardan biri bo‘lib, uni takomillashtirilgan usullari mavjud, bu programmalashtirilgan ta’limdir.
2. Reproduktiv metodi o‘quvchi faoliyat ko‘rsatib, unda o‘quvchiga berilayotgan bilimni qayta xotirada tiklab, olingan bilimni nusxa sifatida qabul qiladi.
3. Muammoli ta’lim metodi-o‘qituvchi tomonidan tashkil etilib, u produktiv xarakterga egadir. Ushbu metod orqali o‘quvchi bilim va malakalarini shakllantiradi. Ushbu metodning takomillashtirish yo‘llaridan biri ishchan o‘yinlarni tashkil etishdan iboratdir.
4. Qisman izlanish metodi-o‘qituvchi nazorati ostida tashkil etiladigan metod bo‘lib, u produktiv xaraterga ega, bunda o‘quvchi ijod qiladi.
5. Tadqiqot metodi-o‘qituvchi ilm yordamisiz tashkil etadigan ta’lim metodi bo‘lib, u o‘quvchining mustaqil izlanishi, fikrlashi va bilimlar transformatsiyasini talab etadi.
Ta’lim jarayoni tashkil etishning o‘ziga xos metodlaridan biri ishchan o‘yinlardir. Ishchan o‘yinlar munosabatlar sistemasini modellashtirish, faoliyat xarakteristikasini tashkil etishga yordam beradi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni kiritish ta’kidlanadi. Pedagogik-texnologiya-bu ta’lim jarayoniga sistemali yondoshuv bo‘lib, unda ta’lim jarayonining tashkil etishda texnika va inson imkoniyatlari hisobga olinadi va ularning o‘zaro munosabati ta’limning optimal formalari yaratilishiga zamin bo‘ladi.
Pedagogik texnologiyalarni quyidagi tarkibiy qismlarga bo‘lish mumkin;
-ta’lim-tarbiya ishtirokchilari shaxsiga qo‘yiladigan ijtimoiy talablar;
-Hamkorlik faoliyati a’zolarining kasbiy tayyorgarligi;
-ta’lim jarayonining maqsadi, mazmuni, mohiyati, amalga oshirish vositalari;
-ta’lim jarayonini differensiatsiyalashtirish;
-Ijodiylik.
Ta’lim jarayonida o‘quvchining mustaqil ta’lim olishini faollashtirish zarur va baholashning yo‘llarini o‘quvchi tomonidan tanlanishi va bajarilishi bilan xarakterlanadi.
O‘quvchilarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun fikrlash xususiyatlarini shakllantirish zarur. Fikrlash operatsiyalari asosida dars jarayoni faollashtiriladi. Bu o‘quvchining «Nima uchun?», «Qanday maqsada?», «Sabablari qanday?», «Natija nima uchun shunday bo‘ldi?» singari savollarning muhokamasi orqali amalga oshirilishi mumkin. O‘qituvchilarni evristik, muammoli vaziyatlarga tortish, tanqid, gumon holatarini muhokama qilish, ulardagi muammolarni mustaqil holda topish va ularni echish uchun o‘z loyihalarini tuzish va himoya qilish o‘quvchilar tafakkurining ma’nodor va unumdor bo‘lishiga xizmat qiladi.
Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi, agar bolalar erkin fikrlashni o‘rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo‘lishi muqarrar.
Ta’lim boshqariladigan jarayoni bo‘lib, bunda har bir bolaning harakati qadamba-qadam nazorat qilinadi, o‘qituvchi har bir bosqichda o‘quvchining bilimlarini malakalarini o‘zlashtirish haqida axborot olib iuradi, yangi material avvalgi materialni o‘zlashtirishga qarab taqdim etiladi.
Ta’limni va bilimlarni o‘zlashtirishni boshqarish muammolari hamda imkoniyatlari. Boshqarishning metodologik va nazariy asoslari. Aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich tarkib toptirish nazariyasi va uning mohiyati. O‘qish tiplari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari. Ta’limni boshqarishning boshqa imkoniyatlarini qidirish, programmalashtiririlgan ta’limning psixologik asoslarini ishlab chiqish. Aqliy faoliyatning assotsiativ tabiatini sistemalilik prinsipi asosida tekshirish. ta’limiy usullarning boshqaruvchanlik xususiyati. O‘quv faoliyati komponentlari. Muammoli ta’lim va muammoli vaziyat.
Ko‘pgina psixologlar ta’lim jarayonini tahlil qilar ekanlar, uni etarli darajada boshqarib bo‘lmaydigan jarayon deb ta’kidlaydilar. Lekin uni butunlay boshqarib bo‘lmaydigan stixiyali ravishda tartib topadigan jarayon deb atash noto‘g‘ri,-bu hol aniq maqsadni ko‘zlab ta’lim berish g‘oyasining o‘ziga zid bo‘lar edi. Biroq o‘qituvchi ta’limni tashkil etadi, unga rahbarlik qiladi, uni amalga oshiradi va yo‘naltiradi, degan fakt ta’lim etarli darajada boshqariladigan va tartibga solinadigan jarayondir degan ma’noni anglatmaydi, chunki biz boshqariladigan ta’lim deb, shunday, shunday ta’limni ayta olamizki, bunda har bir bolaning harakatidagi har bir qadam nazorat qilinadi, o‘qituvchi har bir o‘quvchining har bir bosqchida muayyan bilimlarni o‘zgartirishi yoki muayyan ko‘nikma va malakalar hosil qilishi haqida uzluksiz axborot olib turadi, yangi material avvalgi materialni o‘zlashtirish xarakteriga qarab taqdim qilinadi. Albatta, o‘qituvchi ta’lim jarayonida o‘quvchilarning bilimlarini o‘zlashtirish jarayonini va aqliy rivojlanishning borishi har bir paytda, har bir o‘quvchiga nisbatan hamma tafsilotni nazorat qilmaydi va nazorat qila olmaydi.
O‘qituvchi o‘quvchilar tomonidan material qanday o‘zlashtirilayotgani haqida juda umumiy tasavvurgagina ega bo‘ladi, o‘qitishda esa u odatda har kimning individual imkoniyatlarini emas, balki o‘rtacha o‘qiydigan o‘quvchi ko‘zda tutadi. Mumkin bo‘lgan yo‘llardan biri-o‘zlashtirish jarayonini berilgan topshiriqni o‘zlashtirish jarayoni sifatida maxsus tashkil etishdir. Bu jihatdan ancha ishlangan sistema P.YA.Galperinning aqliy harakatlarini etap bo‘yicha tarkib toptirish nazariyasiga asoslangan ta’lim toptirish nazariyasiga asoslangan ta’lim sistemasidir. Bu nazariya L.S.Vigotskiyning takliflari asosida vujudga kelgan bo‘lib, A.N.Leontevning aqliy harakatlarini tarkib toptirish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi tadqiqotlarida rivojlantirilgan mazkur nazariya odamning psixik faoliyatini tarkib toptirishga oid umumiy nazariyaning tarkibiy qismidir. Ana shu nazariyaga muvofiq, odamning anogenetik rivojlanishida harakatlar interiorizatsiyasi degan jarayonlar, ya’ni tashqi harakatlarning sekin-asta ichki, aqliy harakatlarga aylanish jarayonlari ro‘y beradi.
5. Ta’lim jarayonini boshqarishning boshqa imkoniyatlarini qidirish programmalashtirilgan (rejalashtirish) ta’limning psixologik asoslarini ishlab chiqish bilan bog‘langan. Psixologik nuqtai-nazardan qaraganda, programmalashtirilgan ta’lim nima u odatdagi ta’limdan nima bilan farq qiladi? Buni tushunish uchun o‘quv jarayonini uning qatnashchilari ta’lim beradigan, bilimlarni etkazadigan o‘quvchi tomonidan sxematik tarzda tasavvur qilib ko‘rmoq kerak. O‘qituvchi bilan o‘quvchi, ma’lumki o‘quv jarayonining ikki qismidir. O‘qituvchi tushuntiradi, isbotlaydi, dalil keltiradi, chizadi, rasm soladi, tajriba qilib ko‘rsatadi, o‘quvchi ko‘radi, tinglaydi, tushunishga, o‘zlashtirishga, esda olib qolishga harakat qiladi, fikr yuritadi, umumlashtiradi. Buning ma’nosi shuki, «to‘g‘ri aloqa kanali» orqali axborot sub’ektidan ob’ektga, o‘qituvchidan o‘quvchiga etkaziladi. O‘qituvchi o‘quvchining qanday ta’lim olayotgani haqida axborotga ega bo‘lmay turib, ko‘r-ko‘rona ta’lim bera olmaydi.
Programmalashtirilgan (rejalashtirish) ta’limda oddiy, an’anaviy ta’limning barcha ana shu salbiy tomonlariga barham beriladi, programmalashtirilgan ta’lim o‘quv jarayonini domiy nazorat qilib turish va boshqarishni ta’minlaydi.
Programmalashtirishgan ta’limning mohiyati uning mashinalashgan bo‘lishida (texnika vositalarini qo‘llash holda) ham, shuningdek mashinalashmagan bo‘lishida ham emas. Programmalashtirilgan ta’lim o‘qitishni shunday tashkil etishni nazarda tutadiki, bunda o‘rganayotgan o‘quvchi oldingi materialni egallab olmasdan turib o‘zlashtirishda navbatdagi qadamni qo‘ya olmaydi.
Buning uchun o‘quv materiali qat’iy mantiqiy izchillikda joylashtirilgan kichik qismlarga bo‘linadi.
Programmalashtirilgan (rejalashtirish) ta’lim bilish faoliyatining har bir qadamini haqiqatda nazorat qilishni ta’minlaydi va bu bilan o‘quv jaaryonini to‘la-to‘kis boshqarish imkonini beradi. Qaytarma aloqa hamma vaqt harakatda bo‘ladi va o‘zlashtirishning individual xususiyatlariga muvofiq ravishda o‘quv jarayonini tartibga solib turish imkonini beradi. Programmalashtirilgan ta’lim o‘qituvchini chetlashtirmaydi, uning o‘quv jarayoniga o‘tkazadigan ta’sirini pasaytirmaydi, balki uni qora, texnik ishlardan xolos qiladi. Bunday sharoitda o‘qituvchi o‘quv jarayonining borishiga aktivroq ta’sir ko‘rsata oladi, ta’limga individual yondoshishni muvaffaqiyatliroq amalga oshira oladi, tarbiya jarayoniga ko‘proq e’tibor bera oladi, ko‘rsata oladi, ta’limga individual yondoshishni muvaffaqiyatliroq amalga oshira oladi.
Boshqaruv bu shunday yo‘naltiruvchi kuchki, u insonlardagi ijodiy potensial imkoniyatlarini oladigan sharoitlarni yuzaga chiqarishni maqsad qilib qo‘yadi.
Ta’limdan kutiladigan natija psixologiyada maqsad deyiladi. Ulardan birinchisi, o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil eta olish, ikkinchisi esa o‘quvchilarning shaxsiy qiziqish va ehtiyojlarini qondirish. Ana shu maqsadlar boshqarishning vazifalarini belgilab beradi. Demak, ta’lim jarayoni boshqarishning;
-birinchi vazifasi tashkiliy bo‘lib, o‘quvchilarning ta’lim va tarbiyasi bo‘yicha ijtimoiy buyurtmalarni qondirish;
-ikkinchi vazifasi-bevosita o‘quvchining qiziqish va talablarin qondirishga yo‘naltirilgan holatdagi ijtimoiy vazifadir. SHuningdek, bu vazifa o‘quvchilarning ko‘tarinkilik, yaxshi kayfiyat va o‘quv jarayonidagi ishchanlikni yuzaga keltirishni ham o‘z ichiga oladi. Afsuski, ko‘p yillar davomida boshqarishning ana shu ijtimoiy vazifasiga juda kam e’tibor berilgan.
Boshqaruvning ikkinchi vazifasi bu ijtimoiy-psixologikdir. Bu vaziifa o‘quvchilarda samarali faoliyat uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy-psixologik holat va xususiyatlarni rivojlantirishga qaratilgandir.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin