4. O‘qituvchining kasbiga xos xislatlari Ota-onalar o‘qituvchidan uning ish staji va yoshi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, farzandlarini tarbiyalash va o‘qitish mahoratini kutadilar. O‘quvchilar esa o‘qituvchilarni uch xil xislatlari bo‘yicha xarakterlab beradilar. Jumladan, birinchidan, o‘qituvchining odamgarchiligi, adolatliligi, sof vijdonliligi, bolalarni yaxshi ko‘rish xislatlari; ikkinchidan, o‘qituvchining sezgirligi, talabchanligi bilan bog‘liq tashqi xislatlari va hulq-atvoriga qarab; uchinchidan, o‘qituvchining o‘z fanini bilishi, uni tushuntira bilishi kabi ta’lim jarayoni bilan bog‘liq xislatlariga qarab xarakterlab beradilar.
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga qo‘yiladigan talablar bilan birga, o‘qituvchi shaxsi va uning faoliyatiga nisbatan qo‘yiladigan ijtimoiy talablar ham o‘sib bormoqda.
O‘qituvchilar jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablar, turli xilda ijtimoiy kutishlar, pedagogning individualligi, uning shu tariqa talablarga javob berishga sub’ektiv tayyorligi muayyan o‘qituvchining pedagogik faoliyatiga naqadar tayyorligidan dalolat beradi.
Shunisini muhimki, zaonaviy o‘qituvchi uchun zarur bo‘lgan shaxsiy xislatlarni batafsil ko‘rib chiqish kerak. Bu qanday xislatlar ekan?
Ko‘pchilik psixologlar shu bilan birga O‘zbekistonlik psixolog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar zamonaviy o‘qituvchilar uchun eng zarur xislatlarni aniqlab olish imkoniyatini beradi.
Rossiya psixologlaridan N.V.Kuzmina, V.Slastenin, F.N.Gonobolin, O‘zbekistonlik psixologlardan R.Z.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, S.Jalilova, A.Jabborov, M.Qoplanova va boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar o‘qituvchilik kasbining professiogrammasini yaratilishiga asos bo‘lgan. Professiogramma psixologik nuqtai-nazardan ishlab chiqarish faoliyati xarakteristikasi (aniq birorta kasb-bo‘yicha kelgusi amaliy ishlar uchun zarur bo‘lgan mazmundagi barcha tomonlarini o‘z ichiga olishi kerak) ustida boradi.
O‘qituvchi prfessiogrammsi muayyan fan tomonidan o‘qituvchiga qo‘yiladigan maxsus talablarni o‘z ichiga qamrab olishi lozim.
Psixologik tadqiqot ishlarini olib borgan M.Abdullajonova, E.Gladkova, A.Mashkurov, T.Hamroqulov, E.Xidirov va boshqalarning ilmiy izlanishlari o‘zbek tili va adabiyoti, o‘zbek maktablarida rus tili va adabiyoti, matematika, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyachilari kabi qator mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qituvchi professiogrammasining taxminiy modelini (namunasini) aniqlab olish imkoniyatini berdi.
13.5. Har bir mutaxassislik bo‘yicha o‘qituvchining ixtisoslashgan xarakteristikasini nazarda tutgan professiogrammasi tuziladi. Jumladan, maktabning o‘qituvchi-murabbiysi professiogrammasini misol qilib keltiramiz. Professiogrammada muhim xislatlaridan borgan sari birmuncha ortib borishini hisobga olgan holda o‘qituvchining quyidagi xislatlari ko‘rsatib berishi lozim.
1. O‘qituvchining shaxsiy xislatlari: -bolalarni yaxshi ko‘rishi, ularni sevish;
-amaliy-psixologik aql-farosatlilik;
-mehnatsevarlik;
-jamoat ishlarida faollik;
-mehribonlik;
-kamtarlik;
-odamiylik, dilkashlik;
-uddaburonlik, mustahkam xaraterga ega bo‘lish;
-o‘z bilimini oshirishga intilish.
2). Kasbiy xos bilimi: - ta’lim va tarbiya jarayoni mohiyati bilan uning maqsad va vaziflalarini tushunishi;
-psixologiya asoslari, yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya asoslarini bilishi;
-etnopsixologik bilimlarn egallash;
-hozirgi zamon pedagogikasi asoslarini bilishi;
-hozirgi zamon pedagogikasining metodologik asoslarini egallaganligi;
-maktab yoshida bolalarning psixologik-pedagogik xususiyatlarini tushunishishi;
-o‘z fanini o‘qitish metodikasini bilishi;
-o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir etishning samaradorligini bilishi;
-ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning mazmunini bilishi.