O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə174/196
tarix24.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#191090
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   196
О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус-hozir.org

Birinchi guruh-ijtimoiy salbiy mustahkam qarashlari ega bolalar;
Ikkinchi guruh-qonunbuzarlarga taqlid qiluvchilar.
Uchinchi guruh-ijobiy va salbiy hulq-atvor steriotiplari o‘rtasida ikkilanuvchi, o‘z xatolarini tushunuvchi bolalardir.
To‘rtinchi guruh-irodali bolalarga bo‘ysunuvchilar
Beshinchi guruh-qonunbuzarlik yo‘ligan tasodifan kirib qolganlar.
SHuni aytish lozimki, tarbiyasi og‘ir bolalar uchun ular yashayotgan muhit, oila, ular o‘qiyotgan jamoa sinfning roli juda kattadir.
«Tarbiyasi qiyin» bolalar pedagogik qarovsizlik natijasidir. L.S.Vigotskiy fikriga «qiyin» o‘smir hayoti munosabatlar xarakterining natijasidir.
Bular avvalo qaysar, injiq bolalar, ularni qiziqarli faoliyat turiga tortish ularni tarbiyalashning asosiy usullaridan biridir.
5. Mustaqillik sharoitida tarbiyaning asosiy vazifalari
Konfutsiy; «Eskini o‘zlashtirish va yangini tushunishga qodir insongina tarbiyachi bo‘la oladi» degan edi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqiyosida ta’lim -tarbiya, ilm-fan, kasb-hunarga o‘rgatish sohalarini isloh qilishga nihoyatda katta zarurat sezila boshladi. Bugungi kunda tarbiya jarayonida ham qator o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. SHuni ta’kidlash lozimki, ma’rifat halqimiz, millatimiz qonidadir. Ana’anaviy sharqona qarashga ko‘ra, ma’rifatlilik faqat bilim va malaka emas, ayni paytda chuqur ma’naviyat va go‘zal ahloq degani hamdir.
Bir ijtimoiy jamiyatning ikkinchisiga almashinishi, shuningdek, milliy mustaqillik va uning ne’matlari respublikamiz fuqarolarida tub o‘zgarishlarni vujudga keltirmoqda. Milliy tuyg‘u, qiyofa, xarakter, ta’b, kuy, raqs, ma’anviyat, qadriyat hamda ruhiyat ta’siri ostida o‘zining tub mohiyatini aks ettira boshladi. O‘tmishning boy merosi, uning an’analari milliy istiqlol tufayli o‘z egalariga qaytarib berildi. Fuqarolarning ijtimoiy ongi asta-sekin o‘zgarib borishi natijasida etnopsixologik xususiyatlar tiklana boshladi, milliy, umumbashariylik xislatlari o‘rtasida adolatlilik, teng huqulilik aloqalari o‘rnatilmoqda.
XXI asrda shaxs shakllanishida, uning tarbiyalanganlik darajasini orttirishda dinning, xususan «Hadis» ilmining ahamiyati kattadir. SHaxslararo munosabatda tenglik, g‘amxo‘rlik, samimiylik, o‘zaro yordam, simpatiya, antipatiya, hamdardlik, sevgi-muhabbat singari milliy xususiyatlarini tarkib toptirishda hadislarning roli yanada ortmoqda.
O‘zbek oilasida tarbiya mohiyati, mazmuni tarbiyaning kundalik va istiqlol rejasi, bolalarga ta’sir o‘tkazish vositasini tanlash va undan unumli foydalanish o‘ziga xos xususiyatga ega, chunki uning asosida halq a’analari yotadi.
O‘zbek halqining etnopsixologik xususiyatlaridan unumli foydalanish har tomonlama taraqqiy etgan inson shaxsini tarkib toptirishda muhim rol o‘ynaydi. Abdulla Avloniy aytganidek: «Tarbiya biz uchun yo hayot, yomamot, yo najot, yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir».
Yosh avlod tarbiyasida milliy ruhiyat, umuminsoniy, halqchil milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an’analar etakchi o‘rin tutmog‘i lozim (tarbiya etnopsixologik va etnopedagogik munosabat). Bular orqali yoshlarda quyidagi fazilatlarni tarbiyalash lozim:
a) yoshlarda vatanparvarlik his-tuyg‘ularini shakllantirish;
b) xayrixoxlik, odamlarga hurmat, mehr-shafqat;
v) kattalarni hurmat qilish,
e’zozlash;
g) muloyimlik;
d) ishbilarmonlik, mohirlik, ishchanlik, iqtisodiy tafakkur;
e) kichik yoshdan mehnatsevarlik
j) jismoniy baquvvatlik;
z) ahloq-odoblilik;
i) oilaparvarlik;
k) ayollarga hurmat
l) o‘zaro hamkorlikka intiluvchanlik.



Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin