O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə182/196
tarix24.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#191090
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   196
О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус-hozir.org

6. Avtoritar qobiliyati-bu o‘quvchilarga bevosita emotsional-irodaviy ta’sir etib, ularda obro‘ orttira bilishdan iborat qobiliyatidir.
Avtoritar qobiliyat o‘qituvchining rostgo‘yligi, irodaviy uddaburonligi, o‘zini tuta bilishi, farosatliligi, talabchanligi kabi irodaviy xislatlari hamda qator shaxsiy xislatlarga, shu bilan birga o‘quvchilarni TA’LIM-tarbiyasida javobgarlikni his etish, uning e’tiqodi, o‘quvchilarga ma’naviy va ma’rifiy e’tiqodni singdira olganligiga ishonchi kabi xislatlarga ham bog‘liqdir.
Kommunikativ qobiliyat-bu bolalar bilan muloqotda bo‘lishga, o‘quvchilarga yondoshish uchun to‘g‘ri yo‘l topa bilishga ular bilan pedagogik nuqtai-nazardan maqsadga muvofiq o‘zaro aloqa bog‘lashga pedagogik taktning mavjudligiga qaratilgan qobiliyatdir.


Ibtidoiy jamoa to‘zumi davrida jamiyat yosh jihatidan 3 guruhga bo‘linar edi:
1. Bolalar va o‘smirlar.
2. Hayot va mehnatning to‘la qimmatli va to‘la huquqli ishtirokchilari.
3. Keksalar.
Yangi, tug‘ilgan bolani jamoadagi keksa kishilar boqib, o‘stiradilar. Bola tegishli biologik yoshga to‘lib, ba’zi bir ijtimoiy tajriba mehnat qilishni o‘rganib, hayotiy bilim va malakalarni egallagandan so‘ng to‘la qimmatli mehnatchilar guruhiga o‘tardi. Ibtidoiy jamiyatda bola o‘zining hayot faoliyati jarayonida kattalarning ishlarida qatnashib ular bilan kundalik muomalada bo‘lib, tarbiyalanar va ta’lim olar edi. o‘g‘il bolalar katta yoshdagi erkaklar bilan ularning ishlarida qizlar esa ayollarning ishlarida qatnashardilar. Matriarxat oxirlarida o‘g‘il bolalar uchun alohida va qizlar uchun alohida tarbiya muassasalari - yoshlar uylari muassasalari paydo bo‘ldi. Bu erda yoshlar ypyg‘ oqsoqollari rahbarligida yashashga mehnatga o‘tkaziladigan sinovlarga tayyorlanar edilar.
Patriarxal urug‘chilik bosqichida chorvachilik, dehqonchilik, turli hunar kasblari paydo bo‘ldi. SHu bilan bog‘liq ravishda tarbiya ham murakkablashib, ko‘p tomonlama va rejali bo‘la bordi. Bolalar tarbiyasi tajribali kishilarga topshiriladigan bo‘ldi. Ular bolalarga mehnat ko‘nikma va malakalarini o‘rgatish bilan bir qatorda paydo bo‘lib kelayotgan diniy urf-odatlarning qoidalari, naqllar bilan bolalarni tanishtirar, yozishga o‘rgatar edilar. Ertaklar, o‘yin va raqslar, musiqa va ashula, butun xalq og‘zaki ijodi xulqni, hatti-harakatni, xarakterning muayyan belgilarini tarbiyalashda katta rol o‘ynaydi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin