O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə184/196
tarix24.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#191090
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   196
О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус-hozir.org

Az-Zamaxshariy (1075-1143) "Nozik iboralar" risolasida ilmu fan ahllari, o‘qituvchilarga nisbatan hurmat e’tiborning pasayib ketganidan kuyinib yozadi: "o‘ttan zamonlarda ilmu- fazilat sohiblari podshoxlardan o‘z og‘irliklariga barobar oltin hadya olardilar, asta-sekin zamonlar o‘tishi bilan ularning qiymatlari kamayib, itlaru-olmaxonlar ulardn afzal bo‘lib qoldi, ya’ni nodonlar oltinlardan ortiq ko‘riladigan bo‘lib qoldi".
Muslihiddin Sa’diy Sheroziy (Shayx Sa’diy) (1184-1204) ta’lim-tarbiyada muallimlarning talabchanligi bilim va tarbiya berishda qatiqqo‘l bo‘lishning tarafdori bo‘ladi.
"Gulistonda" yana ustoz-shogird munosabatiga oid hikoyat keltiriladi: "Bir odam kurash san’atiga zo‘r mahorat qozondi, u 360 xiylani bilar va har kuni bir xiylani ishlatib kurashar edi. SHogirdlaridan biriga 359 xiylani o‘rgatdi. Ammo bir xiylani o‘rgatmadi: Ustozining hurmatini bilmagan shogird, ustozidan ham ustunligini aytib maqtanadi. Bu so‘z podshoga yoqmaydi. Ularni kurash tushmoqlarini buyuradi. Ustoz oxirgi xiylasini ishlatib shogirdini engadi. Ustoz hurmatini bilmagan shogird esa xaloyiq va podshoning nafratiga o‘chraydi.
Burxoniddin Zarnudjiy (1150 - ) "o‘qituvchiga ta’lim yo‘lida qo‘llanma" kitobining bir bo‘limi "o‘qituvchi, o‘rtoq, fanlarni tanlash haqida" deb nomlanadi. Unda o‘quvchiga quyidagicha maslahat beradi:
"O‘qituvchi tanlaganingizda eng avvalo bilimliligiga, eng oliyjanobiga va yana keksasiga to‘xtamoq kerak ... Muallim, ustozga nisbatan hurmatda bo‘lish ifodasi shUki shogird muallimdan oldin yurmasligi, uning o‘rniga borib o‘tirmasligi lozim".
Sohibkiron Amir Temur (1336-1405) ham o‘z hUkmronligi davrida ilm ahllari, muallim, mudarisslarga hurmat bilan qaraydi. Kishilarga mansab berishda ham ularning ilmlarini hisobga oladi. Jamiyatning rivojida ularning o‘rnini muhim deb biladi. Ko‘plab maktab, madrasalar ochadi, ularga muallim va mudarislar tayin etadi. o‘zining ustozlarini ham juda qadrlaydi.
Alisher Navoiy (1441-1501) ijodida ham muallimlar ishi ularga munosabat masalalariga keng o‘rin beriladi. U yoshlarga chuqur bilim berish uchun muallimlar mudarrislar hamda ustoz murabbiylarning o‘zlari ham bilimli va tarbiyali bo‘lishi zarurligini uqtiradi. Nodon, mutaassib, johil domlalarni tanqid etadi va o‘qituvchi ma’lumotli o‘qitish yo‘llarini biladigan muallim bo‘lishi zarur deydi. Masalan: "Mahbub-ul-qulub" asarida maktabdorlar haqida fikr yuritar ekan, ularning o‘ta qattiqqul, johil va ta’magirlarini: "Maktab tutuvchi gunohsiz yosh bolalarni jafo qiluvchidir", - deb yozadi. SHu bilan birga o‘qituvchining mehnatining og‘irligini holisona baholaydi:
"Uning ishi odam tugul, hatto devning ham qo‘lidan kelmaydi. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashga ojizlik qilar edi, u esa bir to‘da bolaga ilm va adab o‘rgatadi. Lekin shunisi ham borki, bolalar orasida fahmi idroki ozlari bo‘ladi. Muallim bu kabi hollarda yuzlab mashaqqat chekadi. SHu jihatdan olganda bolalarda uning haqi ko‘p, agar shogird ulg‘aygach, podshohlik martabasiga erishsa ham o‘z muallimiga qulluq qilsa arziydi.
Haq yo‘lida kim senga bir xarf o‘qitmish rand ila,
Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Navoiy o‘qituvchining hurmatini qanchalik joyiga qo‘ysa, unga bo‘lgan talabni ham shunchalik oshiradi. Ayniqsa, madrasa mudarrislarining bilimli, fozil va dono, kamtar, ma’naviy pok bo‘lishlarini talab etadi. "Mudarris kerakki g‘arazi mansab bo‘lmasa va bilmas ilmni aytishga urinmasa manmanlik uchun dars berishga havas ko‘rgazmasa, yaramasliklardan qo‘rqsa va nopoklikdan qochsa".

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin